Abdulla oripovning adabiy tanqidiy qarashlari bitiruv malakaviy ishi
Download 209.5 Kb.
|
Abdulla oripovning adabiy tanqidiy qarashlari.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGISAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI ZOKIROVA XADICHA NE’MATULLA QIZI ABDULLA ORIPOVNING ADABIY – TANQIDIY QARASHLARI BITIRUV MALAKAVIY ISHI Ilmiy rahbar: f.f.d.,prof. H.Umurov SAMARQAND – 2017 Reja: Kirish. II. Asosiy qism: 1-bob. Abdulla Oripovning adabiy-tanqidiy qarashlarida ilhom va badiiy mahorat tahlili. 2-bob. Abdulla Oripov talqinida ustozlari ijodi. 3-bob. Abdulla Oripovning talqinida ustoz va shogirdlik munosabatlari. Xulosa. Adabiyotlar ro’yxati. K I R I SH Mavzuning dolzarbligi. Adabiy-tanqidiy fikrlar taraqqiyoti va tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Har qanday davr ijodkori o’zigacha va zamondoshlari yaratgan badiiy asarlarga murojaat etadi. Ular haqida u yoki bu darajadagi qarashlarni bayon etadi. Bu esa adabiy-tanqidiy fikrlar taraqqiyotini belgilaydi. Shu jihatdan O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov ham badiiy adabiyotning taraqqiyoti, ijod va ijodiy jarayon, shoirlik qismati, talant va ilhom kabi tushunchalar haqida o’z mulohazalarini bildirib o`tadi. Jamiyatshunoslarning uqtirishicha, axloq axloqiy ong va axloqiy munosabatlarni o’z ichiga oladi. Odatda insonning olamga va o’z-o’ziga bo’lgan munosabati axloqiy ong doirasida yuz ko’rsatadi. Bu munosabat kishilarning xulq-atvori, urf-odatlari, xarakteri, imon-e’tiqodiga yaxshilik va yomonlik nuqtai nazaridan baho berishda ko’rinadi. Zotan, axloqda tiriklik mazmuni, insonning nazaridan yorug’ dunyodagi burchi va or-nomusi o’z ifodasini topgan bo’ladi. Xalqimizning azaliy orzusi bo’lgan Mustaqillik juda ko’p jabhalarda bo’lganidek, ma’naviyat sohasida ham katta o’zgarishlarni vujudga keltirdi. Millatimiz hayotida mavjud bo’lgan ma’naviy-axloqiy muammolarga har qachongidan ko’ra ham diqqat-e’tibor kuchaydi. Istiqlol mafkurasi xalq va jamiyat hayotiga chuqur singib borayotganligining o’ziyoq bu fikrni isbotlaydi. Birinchi Prezidentimiz alohida ta’kidlaganidek: «Barchamizga ayon bo’lishi kerakki, qayerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o’zboshimchalikka tashlab qo’yilsa, o’sha yerda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha, qayerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo’lsa, o’sha yerda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi»1 O‘zligini chuqur anglab yetgan jamiyatning turmush tarzida ma’naviyat markaziy o’rinni ishg’ol etishi muqarrar. Negaki, buni yaqin tarix, balki ko’hna tarix ham o’z isbotini berib turibdi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov alohida ta’kidlaganidek, «Biron bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi»2. Bugungi kunda globallashuv jarayonida ma’naviy qadriyatlarning hayotiy zarurati oshmoqda. Shu jihatdan, adabiy-estetik tafakkur taraqqiyoti davr badiiyatining turli mezonlarida tahlil etadi. Iste’dodli shoir Abdulla Oripovning adabiy – tanqidiy qarashlarini o’rganish jarayonida ma’lum bir davr adabiyoti haqidagi tushunchalarimizni kengaytirish bilan bir qatorda, ijod va ijodiy jarayoning o‘ziga xosliklari haqidagi tushunchalarga ham e’tibor qaratiladi. Bu esa Abdulla Oripovning faqat shoir emas, balki badiiyatni ham chuqur anglagan shaxs sifatida ko‘z o‘ngimizda jonlantiradi. Uning “Ehtiyoj farzandi”, “Adolat ko‘zgusi” asarlarida yuqorida qayd qilingan tushunchalarni asoslovchi fikr mavjudligini ko’ramiz. Bu asarlar tarkibidagi bunday qarashlarni tahlil qilish va munosabat bildirish mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Download 209.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling