Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Diniy ekstremizm ,terrorizm , shovinizm va g’arazli niyatdagi qora guruhchi kuchlarga qarshi o’rni va munosabati


Download 350.66 Kb.
bet10/17
Sana17.06.2023
Hajmi350.66 Kb.
#1519909
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tari

2.3. Diniy ekstremizm ,terrorizm , shovinizm va g’arazli niyatdagi qora guruhchi kuchlarga qarshi o’rni va munosabati
Mamlakat va jamiyat xavfsizligi azaldan davlatning asosiy masalalaridan biri bo’lib kelgan. Ayniqsa , yurtimiz mustaqillikka erishgach xavfsizlikni taminlash masalasi dolzarb ahamiyat kasb eta boshladi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq insonparvarlik va tinchliksevar tamoyillariga, qadriyatlariga asoslangan tinchlik va yaratuvchanlik yo’lini tanladi. Mustaqillikdan keying olib borgan siyosati zamirida Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlar va xalqlar manfaatlari va taqdiri bir ekanligi , tinchlik va barqaror rivojlanishni taminlash masalalari ustuvor yo’nalishga ega edi.
Dunyo maydonida terrorizm va diniy aqidaparastlik oqimi, buyuk davlat shovinizmi kabi yovuz niyatni ko’zlovchi oqimlar o’zga davlatning rivojlanishiga tahdid solish va shu orqali dunyoga hukmronlik qilishga intilmoqda edilar. Hozirgi kunda jahon miqyosida inson ongi va qalbi uchun kurash shiddat bilan davom etmqda. Bizning ozod va obod vatanimizning tinchligi va osoyishtaligini ko’rolmayotgan bazi kuchlar mamlakatimiz ravnaqiga rahna solishga intilmoqdalar. Birinchi Prezidentimizning “ O’zbekiston XXIasr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari ” asarida mamlakatimiz tinchligi va suverenitetiga tajovuz etuvchi turli tahdidlarni va ularni bartaraf etish vazifalarini aniq va izchil yoritib berganlar. Birinchi Prezdentimiz jahonning nufuzli tashkilotlari minbarlarida turib diniy mutaasiblik , aqidaparastlik ,ekstremizm va terrorchilikning mintaqaviy va umumbashariy miqyosdagi katta xavf ekannini va jahon hamjamiyati unga qrshi birgalikda harakat qilib kurashi lozimligi haqidagi g’oyani ilgari surdi.
Mamlakatimizning ichki va tashqi tinch osuda hayotiga tahdid soluvchi asosiy omillar sifatiga diniy ekstrremizm, fundamentalizm va shovinizm kuchlarini ko’rsatishimiz mumkin. Diniy ekstremizm bazi diniy tashkilotlar yoki ayrim dindorlarning jamiyat qonun qoidalariga mos kelmaydigan mafkurasi va faoliyatidir.Bularga qisqacha to’xtalib ketsak.Diniy ekstremizm ko’pchilik dinlarda bo’lib, ularning tarafdorlari o’z oldiga siyosiy maqsadlarni qo’yadilar. Ayniqsa, islom ekstremizmining nozik tomoni uning dina asoslanganligida edi. Diniy ekstremizm yoki ashaddiy aqidaparastlik turli ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Diniy ekstremizm ham muayyan ko’rinishda O’zbekistonda ham paydo bo’ldi.Islom ekstremistik guruhi faoliyati natijasida 1997 yilda Namangan shahrida bir necha qotilliklar yuz berdi.Avvalo , shuni takidlab o’tish kerakki , O’zbekistonda shakllanayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqorolik jamiyati o’ta og’ir siyosiy vaziyatga asoslangan edi .O’zbekistonga sobiq SSSR dan qolgan salbiy meros demokratik o’zgarishlaga salbiy tasir etib ,ikkinchi tomondan davlatimiz hududidagi ayrim siyosiy kuchlar xalqimiz tanlagan dunyoviy taraqqiyot yo’liga qarshi chiqib harakat qilayotgan edi .Bu ayrim kuchlar o’z maqsadlariga erishish uchun nopok siyosiy yo’lda dindan foydalanishga harakat qilmoqda.
Ayniqsa , 1999 yil 16 fevralda Toshkent sahrida terroistlar tomonidan uyushtirilgan portlashlardan keyin terrorizm muammosi davlatimiz ijtimoiy siyosiy hayotiga tahdid soluvchi asosiy xavf xatarlardan biriga aylandi .
Diniy ekstremizmning O’zbekistonga tahdidini aqidaparastlikni yoyish orqali mavjud davlatga ishonchni yo’qqa chiqarishga urinishda kuzatishimiz mumkin. O’zbekistonni g’arbga islomlashtirilgan, sharqqa esa aksincha dinsiz dahriy shaklda ko’rsatib respublikamizning xakqaro obrusiga putir yetkazishni niyat qilganlar. 2000 yilning kuzida ekstremistlarning O’zbekistonga qurolli hujum uyushtirilganligini ularning Afg’onistonga in qurib olgan xalqaro terrorchilar va narkobeznis bilan uyushib ketganligidan dalolat beradi.
Fundamentalizm – keng manoda muayyan talimot aqidalarini o’zgarmasligini elon qiladigan, etiqodni aql Dalillaridan ustun qo’yadigan, ilohiy kitoblardagi vahiy qaysi manoda bayon etilgan bo’lsa, shu manoda qabul qilinishini talab etadi, ayni vaqtda ularning majoziy manoda talqin etishga har qanday urinishlarini rad etadigan , din asoslarini og’ishmay bajarishini qattiq talab qiladigan , ijtimoiy, mafkuraviy, diniy yo’nalishdir. XX asrning 70- yillaridan fundamentalizm so’zi islomga nisbatan qo’llanila boshlandi .
Birinchi Prezidentimiz I. Karimov “ Diniy ekstremizm va fundamentalizm bizning mintaqamiz uchun tug’dirishi mumkin bo’lgan xavf- xatarlarni bevosita tahlil qilishga kirishishdan oldin , etiborni odamlarning diniy etiqodlari bilan bog’liq har qanday muammo g’oyat nozik ekanligiga ularning diniy manaviy qadriyatlaari bilan shiorlardan, xususan ,islomni qayta tiklash shioridan foydalanayotgan muayyan kuchlar ko’zlayotgan dinga aloqasi bo’lmagan, siyosiy va boshqa tajovuzkor maqsadlar o’rtasidagi farqni tushunib olishlariga erishish zarurligiga qaratishni istardim ”.39
O’zbekistonda fundamentalizm – aqidaparastlikning tahdidi quyudagilarda namoyon bo’lmoqda.
Birinchidan, aqidaparastlikni yoyish orqali dindor musulmonlarning islohotchi davlatga ishonchini yo’qqa chiqarishga urinmoqda. Yaxshilik yo’lidagi o’zgarishlarning ustuvor shartlari bo’lgan barqarorlikni, milliy, fuqarolararo va millatlararo totuvlikni buzish yo’idagi urinishlarda namoyon bo’lmoqda.
Ikkinchidan, fundamentalistlarning adolat haqidagi olomonbop “jozibador” ammo, baqiroq va asossiz davatlariga ko’r-ko’rona ergashuvchilar o’zgalar irodasining qo’li bolib qolishini anglashimiz lozim.Bu davatlar oxir oqibatda bunday odamlarning aqligagina emas, balki taqdiriga ham hukmron bo’lib olishini yaqqol tasavvur qilish lozim.
Uchinchidan, mintaqalar aholisi va ijtimoiy qatlamlar o’rtasida haqiqiy va soxta dindorlik belgilari bo’yicha qarama- qarshilik keltirib chiqarishga harakat qilmoqdalar. Bunday holler Jazoirda, Afg’onistonda millatlarning parchalanishiga olib keldi.
To’rtinchidan O’zbekistonga qo’shni bo’lgan Afg’oniston mamlakatida siyosiy beqarorlik holatining to’xtamay , davom etib kelayotganligida namoyon bo’lmoqda.
Beshinchidan, musulmon va nomusulmon mamlakatlar , ularning jamoatchiligi orasida O’bekiston haqida ko’ngilni sovitadigan fikr tug’dirishga urinishlarda namoyon bo’lmoqda.
Yettinchidan, ommaning ongida din barcha iqtisodiy, siyosiy va xalqaro muammolar hamda ziddiyatlarni hal qilishning universal vositasi, degan fikrni qaror toptirishda ko’rinmoqda.
Mazkur tahdidlarning oldini olish, yani milliy xavfsizligimizni taminlashning quyudagi asosiy omillar orqali qarshi turishimiz mumkin. Bularga: manaviy qadriyatlar va milliy o’zlikni anglashning tiklanishi;, davlatchilikni shakllantirish va mudofa qobiliyatini shakllantirish;, demokratik institutlarni va fuqorolik jamiyati asoslarini shakllantirish;, bozor munosabatlarining qaror topishi va mulkdorlar sinfining shakllanishi;, kuchli ijtimoiy siyosat va aholi ijtimoiy faoliyatining ortishi;,keng ko’lamli o’zgarishlar va hamkorlik kafolatlari:
Shovinizm – Napoleon I bosqinchilik siyosatining muxlisi fransuz askari N. SHoven nomidan kelib chiqqan bo’lib, millatchilikning o’ta agressiv shakli,o’zga millatlarni kamsitish, tahqirlash, o’z millatini boshqa millatdan ustun qo’yish, milliy kalandimog’lik, milliy xudbinlik illatlarini o’zida mujassam etadi.Shovinistlar g’oyaviy nazariy jihatdan milliy manfaat va ustuvorlikka xizmat qilib o’z g’oyalariga tazyiq va zo’ravonlik orqali amalga oshiradi. Shovinizm termini 19 asrning 30- yillari Fransiyada paydo bo’ldi.Keyinchalik bu so’z milliy ekstremizmning turli ko’rinishlarini ifodalashda qo’llanila boshladi. Shovinizm biror boshqa millatning tarixiy taraqqiyot yutuqlari , insoniyat sivilizatsiyasiga qo’shgan hissasi , jahon taraqqiyotiga o’rni, milliy, manaviy va madaniy qadriyatlarni poymol qilishga harakat qiladi.
Birinchi Pezidentimiz I.Kaimov “ Shovinizm bazi ko’p sonli millatlarning nafaqat ko’p millatli imperiya doirasida balki, uni o’rab turgan jug’rofiy –siyosiy makonda ham o’zining mutlaq hukmronligini o’rnatish uchun kurashda namoyon qiladi” deb tarif berganlar.40
Mustaqil O’zbekiston uchun bugungi kunda shovinizm tug’dirayotgan tahdidlarning real xavfi quyudagilardan iborat:
1.Xalqaro , davlatlararo va elatlararo qarama-qarshilikni keltirib chiqarish;
2.Xalqaro – huquqiy va ichki davlat suverenitetimizni ro’yobga chiqarishga qarshilik ko’rsatish;
3.O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini chegaralashga ,ularni teng huquqli bo’lmagan sharoitga solib qo’yishga urinish;
4.Mamlakatimizning aholisiga electron, radio-axborot vositalari orqali mafkuraviy yo’l bilan tazyiq o’tkazish, jahon afkor ommasida O’zbekiston haqida noto’g’ri tasavvur tug’dirishga intilish;
5.Millatlar o’rtasida o’zaro ishonchsizlikni keltirib chiqarish, millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish;
6.Yangi mustamlakachilik va yangi imperiyachilik yondashuvlarini zo’rlab qabul qildirish, hamma sohalardagi o’zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni sekinlashtirish xavfi:
”Birinchi Prezdentimiz I. Karimov Oliy Majlisning 1999 yil 14 apreldagi sessiyasi “ O’zbekiston XXIasrga intilmoqda ” deb nomlangan maruzasida quyudagilarni alohida takidladilar: “ 16 fevral kuni Toshkentda ro’y bergan fojiali voqealar ko’p narsalarga ko’zimizni ochib berdi dmak, o’ylaymizki sizlar mening fikrimga qo’shilasiz . Biz o’zimizning achchiq tajribamizdan O’zbekiston mustaqilligi haqiqiy xavf-hatarllar borligiga qayta-qayta amin bo’lmoqdamiz .Bunday kirdikorlardan maqsad,mamlakatimizdagi ijtimoiy –siyosiy barqarorlikni, fuqarolar va millatlararo totuvlikni izdan chiqarishga urinishdir. Boshqacha aytganda, bundan maqsad xalqimizning faravon hayot qurishga bo’lgan intilishlarini izchil rivojlantirishimiz va jahon hamjamiyatiga qo’shilish yo’lidagi ezgu niyatlarimiz poydeorini barpo etishdan iboratdir. Ana shu fojiali voqealarning asosiy sabablari haqida to’xtalar ekanman , men shularni etiboringiznii ochiqdan –ochiq turgan ikkita xavf-hatarga qaaratmoqchi edim: Birinchidan ,mamlakat tashqaridagi tajovuzkor aqidapaarast kuchlar islom dini xalqimiz uchun muqaddas qadriyat ekanligidan foydalanib, O’zbekistonni demokratik , marifiy taraqqiyot yo’lidan og’dirishga intilmoqdalar. Ikkinchidan , biz uni hech qachon unutmasligimiz kerakki, hali hanuz bizning mustaqil yo’limizni k’ra olmaydigan turli bahonalar bilan O’zbekistonga o’z siyosatini , tasirini o’tkazish va hukmronlik qilishga urinayotgan kuchlar mavjud “41
O’zbekistonda faoliyat ko’rsatishga urinayotgan ekstremizm 1970 yillardan boshlanib, hozirgacha 5 ta asosiy bosqichn bosib o’tgan.
1-bosqich. 1970-1985 yillar bo’lib,1956 yilda sobiq sho’rolar hukuati ayrim arab davlatlari bilan aloqa qiladi va shu doirada Livan davlati muftiysi Moskvaga keladi va Buxoriy qabrini ziyorat qilishni so’raydi , shuu yo’l bilan sovet davrida islom dunyosia bo’lgan munosabatini aniqlab ketadi.
2-bosqich. 1985- 1989 yillarda O’zbekistonga tashqaridan diniy mavzudagi adabiyotlar kirib kela boshladi. Uni chetdan o’qish uchun kelgan talabalar yoki ‘qituvchilar orqali amalga oshirilib, shu sababli islomga etiqod qiluvchilar orasida ayrim ixtiloflar , har xil oqimlar kelib chiqadi va ular machitlarda ham turli mazmundagi g’oyalarni targ’ib qila boshlaydi.
3-bosqich. 1989-1993 yillarda mustaqillik munosabatlar bilan O’zbekistonda dinga katta erkinlik berib yuborildi. O’zbekistondagi machitlar 5000 ta dan oshib ketdi va bundan foydalanib Farg’ona vodiysida “ Adolat ”, “ Islom uyg’onish partiyasi “, “ Nurchilar ” kabi guruhlar kelib chiqib, davlatga qarshi ochiqchasiga siyosiy talablar qo’ya boshladi .
4- bosqich. 1993-1999 yillada diniy ekstremistlar mahfiy faoliyatgaa o’tdi va ular ko’proq yoshlarni jalb qila boshlashdi .Asosan diniy va dunyoviy bilimga ega bo’lmagan yoshlarni ko’proq qamrab oldi . 1996 yilda Juma Namongoniy rahbarligida “ O’zbekiston islomiy harakat ” ni tashkil qiladi .Ular oldin Tojikiston va Afg’onistonga o’tib, Usoma bin Lodin bilan birlashdi .
5- bosqich. 1999- yillardan keyin ekstremizm bir muncha ayollar faoliyatiga etiborini kuchaytirib , shu yo’l orqali ayollar o’zlarini portlatish darajasigacha olib kelgan “ Hizbut tahrir” ning Ong degan jurnalida shu jamoa azolarini shahid darajasigacha chiqaradi , yani o’zini o’zi o’ldirishgacha olib boradi .Islom olimlari esa “ Hizbut tahrir ” ni islomga zid bo’lgan g’oyadir deb tan olishgan .
Mustaqil davlatimiz qonunchiligida ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash to’g’risida bir qancha asosiy tamoyillar (qonuniylik, inson huquqlari , erkinliklari va qonuniy manfaatlar ustuvorligi , jazoning muqarrarligi ) bir qator normative huquqiy hujjatlarda o’z ifodasini topgan.Ularning asosiylari quyudagilar :

  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini (1992-yil 8-dekabr )

2. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (1994 yil 22 sentabr )
3. O’zbekiston Respublikasining “ Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida” gi Qonuni (2000-yil 15-dekabr ).
4. O’zbekiston Respublikasining Mamuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi (1994 yil 22 sentabr)
5. “Ekstremizmga qarshi kurash to’g’risida “ gi (2018 )
5. O’zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksi (2001-yil 18-oktabrdagi o’zgartirish va qo’shimchalar bilan ).
6. O’zbekiston Respublikasining “ Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to’g’risida ” gi Qonuni (2004 yil 26 avgust )
7. “ Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida ” gi (1991 yil 14 iyun, yangi tahrirdagisi 1998 yil 1 may )
8. Tezkor-qidiruv faoliyati to’g’risidagi (2012 yil 25 dekabr )
4. O’zbekiston Respublikasining “ Jinoyat , jinoyat-protsessual kodeksi va mamuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida ” gi Qonuni (2001 yil 29 avgust). Va boshqa qonunlar .
Ushbu hujjatlar orasida O’zbekiston Respublikasining “ Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida ” gi va “ Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to’g’risida “gi Qonunlar alohida ahamiyatga ega. CHunki bu qonunlar sababli O’zbekistonda terrorizmga qarshi kurashning normativ, tashkiliy va moddiy-texnik asoslari yaratildi. Unga ko’ra terrorizmni targ’ibot qilish , terroristic guruh va tashkilotlarning amalga oshirayotgan terroristic jinoyatlarini yashirish taqiqlanadi. O’zbekistonning terrorizmga fikri albatta salbiy. Yuqoridagi qonunlar bilan birga davlatimiz ham terrorchilikka qarshi kurash bilan bog’liq quyudagi xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilgan ;

  1. “ Havo kemasi bortida sodir etilgan jinoyatlar va boshqalar to’g’risida” gi 1963 yilgi Tokio konvensiyasi ;

  2. “ Havo kemalarini g’ayriqonuniy tarzda egallab olishga qarshi kurash to’grisida ” gi 1970 yilgi Gaaga konvensiyasi ;

  3. “ Fuqora aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi yo’naltirilgan noqonuniy aktlarga qarshi kurashish to’g’risida ” gi 1971 yilgi Monreal konvetseyasi;

  4. “ Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi yo’naltirilgan noqonuniy aktlarga qarshi kurashish to’g’risida” gi konvensiyani to’ldiruvchi ” Aeroportlarda xalqaro fuqaro aviatsiyasiga xizmat qilish , g’ayriqonuniy harakatlarga qarshi kurashish to’g’risida ”gi konvensiyasi ;

  5. “ Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslarga , shu jumladan, diplomatiya agentlariga qarshi jinoyatlarning oldini olish va bunday jinoyatlar uchun jazolash to’g’risida” gi konvensiyasi ;

  6. “ Odamlarni garovga olishga qarshi kurashish to’g’risida ” gi 1979 yilgi xalqaro konvensiyasi ;

  7. “ Yadroviy materialni jisman himoya qilish to’g’risida ” gi 1997 yilgi konvensiyasi ;

  8. “ Plastik portlovchi moddalarni topa olish maqsadida markirovka qilish to’g’risida ” konvensiyasi ;

  9. “ Bombali terrorizmga qarshi kurash to’g’risida ” gi xalqaro konvensiya;

  10. “ Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to’g’risida ”gi xalqaro konvensiyalar kabilar .

Terrorizmga qarshi kurashda uni moddiy jihatdan taminlab oziqlantirib turuvchi kuch moliyaviy manbalarini yo’q qilish kerak . Shu munosabat bilan 2006 yil 1-yanvaridan kuchga kirgan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to’g’risida “ gi Qonun jinoiy faoliyatdan olingan daromadni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solidi .Ushbu qonunga ko’ra pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulkka oid operatsiyalar ustidan nazoratni amalga oshirish vakolati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklatilgan.42
Xalqaro valyuta fondining 2006 yildagi malumotlariga ko’ra, dunyoning turli mintaqalaridagi narkokartellar uyushgan jinoyatchilik va xalqaro terrorizmni moliyalashtirishga har yili 500 milliondan to 1,5 milliard dollargacha mablag/ sarflanmoqda .43
Mintaqada barqarorlikka xavf solishda hamon Afg’oniston muammosi asosiy omil bo’lib kelmoqda. Bu yerda YaIM ning 50 foizini giyohvand moddalardan olinayotgan daromad tashkil etmoqda.
Birinchi Prezdentimiz Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi “ Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va farovon bo’lishiga erishish –bizning bosh maqsadimizdir “ nomli maruzasida bugungi globallashuv sharoitida AYSEF deb atalmish kaolitsion qo’shinlarning 2014 yilgacha va undan keyin qo’shni Afg’oniston hududidan olib chiqib ketilishi bilan bog’liq ravishda ushbu mamlakat va uning atrofdagi vaziyatning yanada keskinlashib ekstremizm terrorizm va narkotrefikning kuchayish xavfi borligini , Afg’onistonda yuz berishi mumkin bo’lgan keskin holat qo’shni davlatlarda jiddiy xavotir uyg’otishi muqarrarligini takidlab o’tdilar .Afg’onistonda tinchlikni qaror toptirish eng munosib yo’l ekanligi qayd etildi .
2012-yilning sentabr oyida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tsdiqlash to’g’risida” gi Qonun O’zbekiston tashqi siyosatida o’zining uzoq muddatli milliy manfaatlarini ko’zlagan asosiy tamoyillarni namoyon qiladi .Ushbu konsepsiyasi davlatimizning xalqaro maydondagi asosiy tamoyillari, strategic ustuvor yo’nalishlarini belgilab beradi va bu o’zbekiston tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining birinchi yillaridan boshlab amalga oshirilayotgan strategiyaning mantiqiy davomidir .Bu holat O’zbekistonning qo’shni Afg’oniston bilan munosabatlarida o’z ifodasini topgan.
O’zbekiston bevosita terrorizm xavfi davlatimizni ham chetlab o’tmasligini yaxshi bilardi .Shu o’rinda aytish kerakki , Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1993 yil sentabrda BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib O’zbekiston Respubliksa xalqaro terrorchilik va unii keltirib chiqaruvchi sabab va ildizlarga qarshi kurash izchil olib borishini hamda bunga turli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tayyor ekanligini baralla aytdi. “ Demokratik islohotlar uchun jamiyatning barqarorligi va davlatning xavfsizligi hayotiy zarurdir. Bularsiz boshqa masalalarni amalda hal qilish mumkin emas .O’zbekiston barcha mintaqalarda avvalo , Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni taminlash uchun qatiyat va izchillik bilan harakat qilib kelmoqda.”44
Har qanday vaziyatda ham “ O’zbekiston ekstremizmni , terrorchilikni , har qanday ko’rinishdagi diniy fanatizm va aqidaparastlikni qatiyan qorqalaydi ” 45
O’zbekistonning xalqaro terrorchilikka qarshi kurashdagi muhim o’rni va rolini yorqin ifodalovchi dalillardan biri mamlakatimizdagi bu kurashning huquqiy asosga qo’yilishidir. O’zbekistonda bu masalani hal etishga qaratilgan jinoiy huquqiy meyorlarni ishlab chiqildi .
1999 yil 16 fevralda Toshkentda amalga oshirilgan terrorchilikning obyekti, asosan O’zbekiston Respublikasi Prezdentimizning hayoti edi . Bu holat yuzasidan quyudagi Fikrlarni keltirib o’tishimiz lozim. “ …. Bu terrorchilik harakati , eng avvalo, garchi bu iborani ishlatishni istamasam ham , aytishim kerakki , Prezdenti yo’q qilishga qaratilgan edi ” 46
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezdenti Islom Karimov II chaqiriq Oliy Majlisning 3 sessiyasida so’zlagan nutqida “ Bizning yurtimiz bugungu kunda yon atrofimizda vujudga kelgan vaziyatlardanfoydalanib , o’zining uzoqqa mo’ljallangan yovuz maqsadlarini amalga oshirishga urinayotgan turli ekstremis aqidaparastik markazlarning g’arazli intilishlari qaratilgan hududga aylanib qolmoqda ” deb takidlagan edilar .
Yuqorida keltirilgan terrorchilik harakati va yuqoridagi fikrlar “ Terrorizmga qarshi kurash” loyihasi ishlab chiqishga turtki bo’ldi. Bu loyiha butun jahon hamjamiyati etiborini o’ziga tortdi .Asosan ushbu qonun loyihasining mazmun-mohiyati terrorizmga oid hisoblanadi .Qonun loyihasidaterrorizmga qarshi kurashning tamoyillarni belgilashda BMT VIII kongresi ning jinoyatchilikni ogohlantirish va huquqbuzarliklar bilan munosabatda bo’lish bo’yicha materiallardagi davlatlarning jinoyat qonunchiligida tegishli qonunlarning o’xshashligini taminlashga ko’maklashish, garchi shu bilan birga davlatlar o’rtasida nizolar kelib chiqishi mumkinligini ogohlantirish uchun milliy qonunchilikning haddan ortiq kengayib ketishini oldini olishga amal qilish mazmunidagi tavsuyalar inobatga olindi. Qonunning bosh maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo’lib asosiy vazifalar etib shaxs , jamiyat va davlatning terrorizmdan xavfsizligini taminlash, davlat suverinetiti va hududiy yaxlitligini himoya qilish , fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat. Qonun “ Umumiy qoidalar ”, “ Davlat organlarining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari ”, “ Terrorchilikka qarshi operatsiyalarning o’tkazilishi”, “Terrorchilik oqibatida yetkazilgan zarar va jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi ”, hamda “ Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan shaxslarning huquqiy va ijtimoiy himoyasi ” deb nomlangan 5 ta bo’lim va 31 ta moddadan iborat.
“ Bizning qonun loyihamizda BMTning tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar Kodeksi loyihasiga solishtirganimizda, keying hujjatda terrorchilar faoliyati haqida shunday deyilgan : “ Amalga oshirish, tashkillashtirish, amalga oshirishga ko’maklashish , moliyalashtirish yoki rag’batlantirish ”.Bunday ko’rinish turdagi har ikkala qonun loyihasining bayon etilishi va izohlanishida keskin farqlar yo’q” 47.
Umuman olganda , “ Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida ” gi Qonun, eng avvalo , xalqimizning erkin xohish irodasi bilan, ikinchi tomondan, oliy darajadagi xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan xalqaro huquqiy meyorlariga mos keladigan tamoyillarni inobatga olgan holda qabul qilingan .
O’zbekistonda xalqaro terrorchilikka qarshi kurashning huquqiy asoslarini yaratish nafaqat terrorchilikka qarshi kurashning huquqiy asoslarini , balki uning manaviy asoslarini ham mustahkamlashda katta ahamiyatga ega . Ekstremistlar o’z maqsadlariga erishish uchun hech qanday g’ayriinsoniy yo’ldan qaytmatdilar va o’zlarini “ ezgu maqsadlar ” sohiblari deyishadi .
O’zbekiston davlatimiz va hukumatimiz mamlakatimiz hamda jahon hamjamiyati osoyishtaligiga va barqaror rivojlanishiga qaratilgan xalqaro terrorchilik bugun har qachongidan ham xavfli tus kasb etganini etiborga olgan holda , shunchaki siyosiy bayonotlar berish , hamdardlik bildirish , balandparvoz vadalar berish bilan cheklanib qolmasdan , muhim taklif va chora tadbirlar tizimini ishlab chiqdi hamda bu borada barcha xayrixoh kuchlar , siyosiy bloklar va davlatlar bilan hamkorlikka alohida etibor qaratilayotgani o’z –o’zidan ravshan.Tinchlik va barqarorlikka , millatlararo totuvlik va mintaqamiz xalqlari hamda davlatlarining ananaviy do’stligiga hamjihatligiga tahdid soluvchi bu jiddiy xavfni bartaraf etish bo’yicha qo’shni mamlakatlar bilan hamkolikda zarur chora tadbirlar ko’rish bugungi kundagi eng dolzarb vazifadi.Terrorchilik dahshatli qurol ekanligi dablatimiz Birinchi Prezdenti tomonidan jud ko’p marotaba takidlangan .
Inson ongi va qalbi uchun kurash kkeskin tus olayotgan davrda , xalqaro terrorchilikka qarshi kurashda quyudagi muhim vazifalarga etibor qaratmoq lozim .
- Bu terrorizmning butun fojiasini keng xalq ommasiga yetkazish .O’zbekiston fuqarolari , o’zlari xalqaro terrorchilikka qarshi kurashga mafkuraviy va manaviy –marifiy jihatdan tayyor bo’lmasa , unga qarshi mamuriy-huquqiy vositalar bilan kurash ko’zlangan samarani bermasligini anglab olishlari kerak.
- Diniy ekstremizm, aqidaparastlik va dunyoning turli mamlakatlarida sodir bo’layotgan terrorchilik harakatlari dinham , millat ham tinglamasliklarini , butun insoniyatning dushmani ekanini va unga qarshi kurashish nafaqat jahon hamjamiyatining , balki bevosita O’zbekiston davlati va xalqining ham muhim vazifasi ekanliginifuqarolarimiz ongiga singdirmoq lozim
-Xalqaro terrorchilik tom manoda milliy mustaqilligimiz, davlat suverinetitimiz hamda davlatimizning demokraatik taraqqiyoti yo’lidagi strategic maqsadlarga zid bo’lgan davrning eng salbiy fenomenlaridan biri ekanligini har bir fuqaromiz ong shuuriga yetkazmoq lozim.
- O’zbekiston xalqaro terrorchilikka qarshi kurashning mafkuraviy va manaviy vazifalaridan biri – uning uyushgan jinoyatchilik bilan uzviy va chambarchas bog’liqligini fosh qilish hamda keng xalq ommasi ongiga yetkazishdir.
- Ushbu vazifalarni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari hamda targ’ibot va tashviqotning keng tarmoqlaridan samarali foydalangan holda , uning siyosiy ,g’oyaviy shiorlarini mafkuraviy jihatdan fosh qilish ,bu mudhish harakat qanday moliyaviy asoslarga tayanishi , qanday taktik usullarni qo’llashini ham manaviy jihatdan fosh qilish darkor .
XULOSA
Insoniyat hamisha tinch hayotni eng oliy nemat sifatida etirof etadi.Tinchlik va xavfsizlik , barqarorlikni ta’minlash, mana shu tinchlikka rahna soluvchi turli xil radikal kuchlarga qarshi kurashmoq har bir davlatning asosiy vazifasi hisoblanadi.Osuda va faravon hayotimizga tahdid soluvchi kuchlar bu diniy ekstremizm va terrorizmdir.
Diniy ekstremizm va terrorizm mohiyatidan ham uning millat, davlat va jamiyat taraqqiyotiga faqat salbiy tasir etishini, tajovuzkora faoliyatiga asoslanganligi hammaaga kundek ravshan.
Bugungi kunda shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda bunday radikal kuchlarga qarshi kurashmoq lozim. Har bir diniy ekstremizm va terrorizm faqat zo’ravonlik va tahdidlarga asoslangan bo’lib, ular hech qachon jamiyat rivojiga ijobiy tasir ko’rsatmaydi. Ularga qarshi ayovsiz, tizimli va birgalikda faoliyat urush olib borish lozim.
Hozirgi davrda XXI asr vabosi deb tilga olinayotgan diniy ekstremizm va terrorizm davlat, jamiyat , insoniyat va millatlar uchun juda xavfli kuch , ularga qarshi kurashish esa dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ayni vaqtda butun insoniyat boshiga juda katta talofat yog’dirmoqda.
Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda BMT va boshqa xalqaro va malum davlat hududida ishlab chiqilgan siyosiy, huquqiy hujjatlar va konvensiyalar bilan to’liq tanishish lozim.
Mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka millatlararo totuvlik va mintaqamiz xalqlari hamda davlatlarining ananaviy do’stligiga, hamkorligiga xavf soluvchi bu tahdidni bartaraf etish bo’yicha qo’shni mamlakatlar bilan hamkorlik qilish bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir. Hozirgi kunda diniy mutaasiblik kuchayib bormoqda. Bu holat juda katta tasir kuchiga ega.
Terrorchilik dahshatli ijtimoiy kuch. U o’z domiga hammani tortadi, u yosh bo’lsin qari bo’lsin farqi yo’q. Malumotlarga ko’ra bu yo’ga kirayotganlarning deyarli barchasi moddiy jihatdan qiynalib , shu yo’lga kirmoqda ekan. Ba’zi vaqtda bu nazariya o’zini oqlamaydi. Chunki buning sababi Yevropa davlatlarning ko’pgina boy shaxslar o’zlari yaratgan g’oyalarga boshqalarni ishontirish va yo’ldan urishni maqsad qilib olgan.
Yuqorida takidlanganidek mamlakatimiz kelajagi hisoblangan navqiron yoshlarni terrorizm o’z tomoniga og’dirishga harakat qilyapti. Ertangi kunimiz hisoblangan yoshlarni bu yo’llarga kirib qolishlariga yo’l qo’ymaslik lozim . Buning uchun aniq qarshi kurashish yo’llarini ishlab chiqish lozim. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda faoliyat samarali bo’lishi uchun turli usullardan foydalanish lozim.
Shuni takidlashimiz mumkinki, qachonki bu yo’lni oxiri tanazzul va fojia bilan tugashini anglata olsakkina moddiylik o’z ahamiyati va qiymatini yo’qotadi.Har doim biz turli xil xavf-xatarlardan ogoh bo’lib , unga qarshi kurashib yashash kerak.
Mamlakatimiz kelajagi va ravnaqi uchun jamiyatimizning har bir azosi sidqidildan tinchlik va barqarorligimizga rahna soluvchi kuchlarga qarshi befarq va loqayd bo’lmasdan hammamiz birgalikda kurashmog’imiz lozim.


Download 350.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling