Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


II. BOB . Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashdaO’zbekistonning tutgan o’rni


Download 350.66 Kb.
bet8/17
Sana17.06.2023
Hajmi350.66 Kb.
#1519909
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tari

II. BOB . Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashdaO’zbekistonning tutgan o’rni
2.1. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik.
Bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizm uzoq vaqt davom etgan jarayonlarning hosilasi hisoblanadi. Bu kuchlarga qarshi yakdil harakat qilish samara bermaydi. SHuning uchun ham bu kuchlarga qarshi kurashdda davlatlararo hamkorlikning yo’lga qo’yilishi o’tgan asrning 30- yillaridan boshlangan. Butun insoniyat hayotiga tahdid solayotgan diniy ekstremizm va terrorizm qarshi jahon hamjamiyatida boshlangan kurash tobora keskin tus olmoqda .
Terrorchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik zarur ekanligi haqidagi birinchi xalqaro hujjat “ Terrorizmning oldini olish va uning uchun jazolash to’g’risidagi konvensiya deb nomlangan va 1937 yilda Millatlar ittifoqi tomonidan o’tkazilgan xalqaro konferebsiyada II-jahon urushi arafasida o’tkazillganligi bilan tarixda o’chmas iz qoldirgan .Mazkur konferensiyada terrorchilikning oldini olish va bartaraf etish choralarini ko’rish masalasining muhokama qilinishiga o’sha davrda Yevropa davlatlaridagi ayrim rahbarlar va siyosiy arboblarga nisbatan terrorchilik harakatlarini sodir etish hollarining ko’payganligi turtki bo’lgan .”30
1934 yilda Madridda bo’lib o’tgan jinoyatchilikka oid qonunlarni unifikatsiyalashtirish muammolariga bag’ishlangan konferensiyada terrorizmning “Aholini dahshatga solish va har qanday ijtimoiy tashkillashuvni y’q qilish maqsadida biror bir vositani qo’llash ” degan manodagi tarifini qabul qilishga erishilgan edi.
1937 yilda 20 dan ortiq davlat terrorizmning oldini olish va sodir etilgan harakatlar uchun jazolash Konvensuyasini imzoladi.Unda terrorizm “davlatga qarshi qaratilgan , muayyan shaxslar yoki aholi o’rtasida qo’rquvni keltirib chiqarish maqsadini ko’zlangan jinoiy faoliyat ” deya tariflangan. Davlat boshliqlari ,ularning huquqidan foydalanuvchi, ular tayinlagan yoki merosxo’r bo’lgan kishilar, qayd etilgan shaxslarning ayollari hayoti , sog’lig’i , ozodligiga tajovuz qilish , jamoat mulki yoki boshqa davlatning mulkiga zarar yetkazish holatlari takidlab o’tilgan.
Jinoyatchilarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun 13 davlat tenglikni chegaralovchi “Xalqaro jinoiy sudni tashkil etish ” haqidagi Konvensiyani imzoladi.Bu hujjatlarda xalqaro terrorchilarni tutib berish masalasi umuman qo’yilmagan , terrorizmning tarifi haddan ziyod kengayib ketgan . Avvalo, asosiy etiborni xalqaro jinoyatchilarni tutish , asosiy ildizlarini topib yo’q qilish masalalariga qaratish kerak. Mana shu kamchiliklar sababli yuqorida imzolangan konvensiyalar kerakli miqdordagi ratifikatsiyalarni to’play olmadi va kuchga kirmay qoldi.Lekin , shunga qaramasdan bu shartbomalar o’zining ijobiy tasirlarini ko’rsatgan.CHunki ularning asosiy qoidalaridan terrorizmga qarshi kurash to’g’risidagi milliy qonunlar tashkil qiladi.
1972 yilning may va sentabr oylarida sodir bo’lgan voqealardan xalqaro jamiyat bu dolzarb va xavfli hodisaga yaba o’z etiborini qaratdi.Terrorizmga qarshi aktlar ishlab chiqildi. O’nlab davlatlarda terrorizmga qarshi ko’plab qonunlar ishlab chiqildi, ikki tomonlama va ko’p tomonlama shartnomalar ituzildi .Qurolli to’qnashuvlar vaqtida terrorchilik harakatlarini qo’llash xalqaaro gumanitar huquq meyorlariga , 1949 yilda imzolangan Jeneva Konvensiyasiga , 1977 yilda imzolangan Qo’shimcha protokollar qoidalariga ko’ra man etilgan.
Yana ko’plab xalqaro hujjatlar mavjud . Ulardan eng ahamiyatlilaridan terrorchilikka qarshi kurash masalalarini o’zida aks ettirgan uch qit’a davlatlarining o’zaro hamkorligi ifodalovchi quyudagi xalqaro hujjat amalda ekanini qayd etish lozim.
1.Amerika davlatlari tashkilotlarining xalqaro xususiyatlariga ega bo’lgan shaxsga qarshi jinoyat shaklidagi terrorchilikning oldini olish va jazolash to’g’risida” gi konvensiya (1971) ;
2. Yevropa ittifoqi tomonidan tayyorlangan va qabul qilingan “ Terrorchilikka qarshi kurashish to’g’risida ” gi konvensiya (1976 );
3. Janubiy Osiyo mintaqasi hamkorligi assotsiatsiyasiga azo mamlakatlar tomonidan qabul qilingan “ Terrorchilikning oldini olish bo’yicha ” konvensiya (1978) ;
Urushdan keying davr terrochilik guruhlarining soni tobora oshib borishi va sifat jihatidan yanada takomillashi bilan xarakterlidir. Ularning ichida “ SHtern”, ”Irgun”, (Isroil), “ Yahudiylarni himoya qolish ligase ” ( AQSH ), “ Tamil Ilam”ni ozod qiluvchi yo’lbarslari “ , “ Qora internatsional ” , “ Butun dunyo national- sotsialistik ittifoqi ”, “ Armanistonni ozod qilish maxfiy arman armiyasi ” kabi uyushmalar ko’p edi .Hozirgi kunda dunyoning 60 ga yaqin mamlakatlarida shunday guruhlar mavjud. Xususan Yevropada ham “ Qizil brigadalar ” (Italiya ), “ Qizil armiya fraksiyasi ”, “ Jangari kommunistik guruhlar ” (Belgiya), “Akson derikt” (Fransiya ), “ ETA”(Ispaniya) kabi ko’p sonli terroristic uyushmalar faoliyat olib bormoqda .
Jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik aloqalari kuchaayib bormoqda . Terrrorchilik nafaqat siyosiy , balki katta miqdorda pul talab qilish va boshqa oddiy jinoyatlar ko’rinishida ham bo’lishi mumkin.Bundan nafaqat xalqaro muhofazadan foydalanuvchilar balki oddiy aholi ham jabr ko’rmoqda. Ular asosan aholi zich yashaydigan joylar, aeroportlar, metro bekatlari,restoran va ibodatxonalarda o’zining qarazli niyatlarini amalga oshiradi. Xalqaro miqyosda keng imkoniyatlar yaratilmoda . Bunga birgina misol qilib BMT huzuridaxalqaro terrorizm bo’yicha tashkil etilgan Maxsus qo’mita terrorizm sabablarini o’rganish, bartaraf qilish, va unga qarshi kurash borasida davlatlar faoliyatini tashkil qilish ishlari bilan shug’ullanmoqdalar.
1973 yilning dekabrida BMT Bosh Assambleyasi xalqaro muhofazadan foydalanadigan shaxslar, jumladan diplomatic agentliklarga qarshi qaratilgan jinoyatlarni oldini olish va jazolash bo’yicha Konvensiyani qabul qildi. Uning 1-moddasiga ko’ra , xorijiy mamlakatlarda bo’lib turgan davlat va hukumat boshliqlari, tashqi ishlar vaziri, ularga hamrohlik qilayotgan oila azolari, maxsus muhofaza huquqi bo'lgan davlat vakili yoki mansabdor shaxs, hukumatlararo xalqaro tashkilotning maxsus agenti yoki mansabdor shaxs va ular bilan birga yashovchi oila azolari xalqaro muhofazada bo’ladigan shaxslar qatoriga kiritilgan31.
Xalqaro jinoyat sifatida quyudagi jinoiy harakatlar etirof etiladi. Bularga: odam o’ldirish, o’g’irlash yoki shaxs va uning erkinliklariga boshqa bir shaklda tajovuz qilish ; erkinligi yoki shaxsiyatiga xavf tug’dirgan holda rasmiy idoralarga yoki shunday shaxslarning transport vositalariga zo’ravonlik bilan bostirib kirish , egallab olish, tahdid , qasd qilish va shunga o’xshash bosqinchilikda ishtirok etishdek qasddan qilingan harakatlar xalqaro jinoyat sifatida etirof etiladi.
Terrorchini o’z hududida qo’lga olgan davlat amaldagi qonunlariga ko’ra uni jinoiy javobgarlikka tortish yoki boshqa davlatga shu maqsadda tutib berish uchun zarur chora –tadbirlarni ko’radi . Ayni paytda ‘ko’rilgan choralar haqida manfaatdor davlatlar yoki xalqaro tashkilotlarga malum qiladi.Bunday jinoyatlar :
-jinoyat shu davlat hududida yoki shu davlatda ro’yxatga olingan transport vositasi (kema , samolyot , va bosqa .) bortida amalga oshirilganda ;
-gumon qilinayotgan jinoyatchi shu davlat fuqarosi bo’lganda;
- jinoyat shu davlat nomidan rasmiy vazifani bajarayotgan va xalqaro muhofazadan foydalanadigan shaxsga qarshi sodir etilganda davlatning yuridiksiyasi amalga oshiriladi 32
Ushbu harakatlarga qarshi kurash bo’yicha siyosiy kelishuvlar Yevropa xavfsizlik va hamkorlik kengashining Xelsinki , Madrid , Vena, Parijda qabul qilingan yakunlovchi aktlarda o’z ifodasini topgan.33
SHuningdek terrorchilik xurujlarining oldini olish va uni sodir etganlik uchun jazolash to’g’risidagi Amerika davlatlari tashkiloti (1971) , Yevropa davlatlari (1976) , va Janubiy Osiyo mintaqaviy hamkorligi assosatsiyasi tomonidan qabul qilingan uchta mintaqaviy Konvensiya ham mavjudligini qayd etib o’tish kerak.Ko’plab arab musulmon davlatlari Ichki ishlar va Adliya vazirlari tomonidan 1998 yilda imzolangan terrorizmga qarshi Arab bitimini olish mumkin. Boshqa davlatlar ham shunday bitimni yaratishga harakat qilmoqdalar. Ushbu mamlakatlar tomonidanterrorzm bilan kurashni tashkil qilish , noqonuniy yo’llar bilan topilgan pullarni legallashtirish , shubhali tadbirlarga pul yig’ishning oldini olishga qarshi bir qator choralar ko’rilgan. Bu bitimlar ekstremizm va terrorizmga qarshi , shuningdek jinoyatchilrni tutib berishga oid qoidalarni ishlab chiqqan.
Bundan tashqari , Jazoirda terrorchilik harakatlaridan aziyat chekkan fuqarolarga moddiy yordam ko’rsatish ,terrorizm va ekstrmizmga qarshi kurash qurboni bo’lgan shaxslarga tovon puli to’lash orqali yordam berishga bag’ishlangan hujjatlar qabul qilingan. Xalqaro terrorizm tushunchasinining mohiyati, huquqiy tabiati va uni sodir etganlikda jinoiy javobgarlikka tortilishini belgilovchi yagona universal kelishuv ham , bironta xalqaro terrorchilik xurujlarini xarakterlovchi ro’yxat ham yo’q.
Xalqaro bitimlarni tahlil qilish ;

  • Elchixonalar , xalqaro tashkilotlarning missiyalari yoki vakolatxonalari shtab kvartiralarini portlatish ;

  • Mulkka zarar yetkazish yoki yo’q qilish ,odamlarni jarohatlash va o’ldirish maqsadida ko’chalar , aeraportlar , vakzallar, madaniyat markazlari ,sanoat inshoatlari,savdo-sotiq va kasbiy faoliyat uchun mo’ljallangan binolarda sodir etiladigan qo’poruvchilik harakatlari;

  • Yuk , banderol , xat va pochta orqali yuboriladigan boshqa narsalarga portlovchi moslamalarni o’rnatib , qasddan foydalanish ;

  • Jamoat binolariga nisbatan sodir etilgan har qanday qo’poruvchilik harakatlari ;

  • Xalqaro terrorchilik harakatlarini amalga oshirish maqsadida fitna uyushtirish va uni har qanday ko’rinishida ishtirok etishni xalqaro terrrorchilik guruhlariga qo’shish imkonini beradi.34

Ayrim manbalarda odamlarni garovga olish , qaroqchilik , fuqarolar aviatsiyasiga yo’naltirilgan hodisa , shuningdek , yadroviy xomashyolarni noqonuniy qo’lga kiritish va ishlatish kabilar ham xalqaro terrorchilik amalyotlari qatoriga kiritilgan.
Kishilik jamiyatining hozirgi bosqichida terrorizm , jumladan , diniy siyosiy xarakterga ega ekstremizm va terrorizmning globallashuvi , ularni tobora xalqaro miqyosdagi voqeilikka aylanib borayotgani dunyo hamjamiyatining mazkur mummoga bo’lgan munosabatini yanada oshirmoqda. Unga bo’lgan munosabatini tubdan o’zgartirmoqda .
BMT ,YHHT , NATO kabi nufuzli tashkilotlarda mazkur muammo jiddiy o’rganilmoqda .Terrorizmga qarshi kurashni faollashtirish ,uning samarasini oshirishga qaratilgan o’nlab huquqiy hujjatlar ,shartnomalar , bitimlar ,konvensiyalar qabul qilinmoqda ijro tizimi yaratilmoqda . Xususan , BMT Xavfsizlik kengashida 1368 , 1373 va 1377 - qarorlari mazkur muammoning turli qirralarini qamrab olgan, dunyoning mutlaq ko’pchilik davlatlari tomonidan qizg’in qo’llab quvvatlanmoqda. MDH ning Aksilterror markazi hamda SHanxay Hamkorlik Tashkiloti tuzilmalari shunday institutlardanbo’lib ularning yaratilishi va bugungi faoliyati , ko’p jihatdan O’zbekiston Respublikasi tashabbuslari samarasidir.
Terrorizmga qarshi kurashning siyosiy asoslarini mustahkamlash bu kurashda ilg’or hisoblangan mamlakatlar tajribasi hisoblanadi. 1958—1999 –yillar davomida AQSHda qabul qilingan 40 dan ziyod hujjat terrorizmga qarshi kurashning huquqiy asoslarini yaratishni izlaydi. Ularning ichida eng asosiylari “Prezident deriktivasi ”va “ Terrorizmga qarshi kurash haqidagi qonun ” ni ko’rsatishimiz mumkin.Ko’p talofat ko’rayotgan dunyoning ko’plab davlatlari shuningdek,O’zbekiston ham mana shu yo’ldan bormoqda. Ushbu davlatlarda qabul qilinayotgan qonunlar va huquqiy hujjatlar tegishli davlat idoralari ayniqsa huquqni muhofaza qilish muassasalarining tayyorlanayotgan qo’poruvchilik xurujlarini aniqlash va ularning oldini olish imkoniyatalrini kengaytirmoqda . Maxsus aksilterror harbiy tuzilmalarini tuzish , yadroviy muassasalar , garovga olinganlarni ozod etishning muzokara yo’llarini yaratish va muntazam takomillashtirishga qaratilgan texnologiyalarning tug’ilayotganliginida o’zini namoyon etmoqda .
BMT Bosh Assambleyasi 1979 yilning 17 dekabrda odamlarni garovga olish bilan bog’liq jinoyatlarining o’sishiga qarshi maxsus konvensiya qabul qildi . Ushbu konvensiyada odamlarni garovga olish xalqaro jinoyat sifatida qayd etilganMazkur Konvensiyadan tashqari boshqa mamlakatlarda ham odamlarni garovga olish to’g’risida bitimlar qabul qilingan. Aynan shu holat yuzasidan jabr ko’rganlar birinchi bo’lib biz Amerika mintaqasida uchraydi . Amerika davlati tashkilotlari Doimiy qo’mitasi tovon olish maqsadida odam o’g’irlashni qoralovchi rezolutsiya qabul qildi va bunaqa ko’rinishdagi harakatlarni insoniyatga qarshi qaratilgan jinoyat deb elon qildi .35
Shuningdek , Vashingtonda ADTning Bosh assambleyasi tomonidan 1971 yilda qabul qilingan konvensiyani ham takidlash joiz.
Yevropa Kengashi doirasida ham odamlarni garovga olish masalalari yuzasidan kelishuvga erishdi.1973 yilda uning Maslahat Assambleyasi o’zining 703- sonli tavsiyanomasida davlatlarda odamlarni garovga olish yoki hayotlariga xavf tug’dirishi o’g’ir jinoyatlar deb elon qilindi. Uzoq davom etgan muhokamadan so’ng 1977 yilda Fransiyaning Strasburg shahrida “ Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida ” konvensiya imzolandi .Urush paytida aholini himoya qilish bo’yicha 1949 yilda qabul qilingan Jeneva konvensiyasi va 1977 yilda imzolangan. 1979 yildagi Konvensiyaning 1-bandiga ko’ra garovda ushlash deganda – odamni zo’rlik bilan qo’lga olish , ushlab turish orqali uning noqonuniy ravishda erkinligidan mahrum etish yo’li bilan uchinchi taraf ( dablat , tashkilotlar yoki biror bir shaxs)ni muayyan harakatlarni majburan amalga oshirish yoki oshirmaslik evaziga ozodlikka chiqarish tushuniladi.
Havo kemlarida sodir etiladigan jinoyatlar 1960 yillar oxirida oxiridan boshlab keng tarqaladi. Bungacha sodir etilgan ayrim shunday jinoyatlar havo qaroqchiligi deb baholanadi. Bu atama dengiz huquqidan olingan bo’lib, uning qaroqchiligi hech qanday aloqasi yo’q. Havo kemalarida amalga oshiriladigan jinoyatlarning ham maqsadi har xil bo’ladi. Havo kemalariga qarshi sodir etiladigan jinoyatlar 1960 yillarning oxiridan boshlab keng tarqala boshladi . Havo kemalarida sodir etiladigan harakatlar va shunga o’shash qonunbuzarliklar yuzasidan 1963 yilda qabul qilingan va 1969 yildan kuchga kirgan Tokio Konvensiyasida havo kemasini garovga olish “ Havo kemasida uchayotgan shaxs , noqonuniy ravishda ,kuch ishlatish yoki kuch ishlatish orqali qo’rqitish orqali havo kemasini boshqaruvini qo’lga olish yoki boshqa usullar bilan nazoratga olishga urinish ” sifatida belgilangan .
1970 yilda Gaga Konvensiyasida ham shu muammo yuzasidan to’xtalib u ham jinoyat deb etirof etadi.
1988 yil Monreal Konvensiyasi xalqaro fuqaro aviatsiyasi xizmat ko’rsatuvchi aeroportlarda noqonuniy zo’ravonliklarga qarshi kurash Protokol imzolandi .Bunda Konvensiyaning 1- moddasida “ Ataylab va noqonuniy tarzda moslama . narsa yoki qurol ishlatgan har qabday shaxs

  1. Aeroportda xalqaro fuqaro aviatsiyasiga xizmat ko’rsatayotgan shaxsning o’limiga yoki o’g’ir tan jarohatiga olib keluvchi zo’ravonlikni sodir etganda ;

  2. Xalqaro fuqaro aviatsiyasiga xizmat ko’rsatuvchi aeroport binosi yoki uskunasini buzganda yoki ularga jiddiy zarar keltirganda , aeroportda turgan foydalanilmayotgan havo kemasiga zarar yetkazganda , uning xavfsizligiga xavf tug’dirganda yoki tug’dirishi mumkin bo’lgan darajada aeraport xizmatini buzganda jinoyat sodir etgan hisoblanadi ”,-degan bandlar bilan to’ldirildi .

1980 yil 3martda qabul qilingan Yadroviy materialni himoya qilish haqidagi Konvensiyaga binoan yadroviy materiallarni o’g’irlash jinoyat deb hisoblanadi.Ushbu Konvensiyada yadro texnikasi va yadroviy materiallar ishlab chiqarishning rivojlanishi oqibatida uni davlatlar , xalqlar va atrof muhitga ziyon keltirish maqsadida o’g’irlash ,noqonuniy yo’l bilan qo’lga kiritish imkoniyati paydo bo’ladi. Ushbu konvensiyada bunday jinoyat obyektlari , tarkibiy qismlari ,ularni sodir etuvchilarni javobgarlikka tortish tartiblari belgilangan .Davlatlar :

  • Har qanday shaxsning o’limi yoki sog’lig’iga , shaxsiy mulkiga zarar yetishiga olib keluvchi yadroviy materialni ishlab chiqarish , egalik qilish,foydalanish ,birovga berish ,ko’rinishini o’zgartirish ,yo’q qilish yoki parchalash ;

  • Yadroviy materialni o’g’irlash yoki bosqinchilik yo’li bilan qo’lga kiritish;

  • Yadroviy materialni aldov yo’li bilan qo’lga kiritish yoki o’zgartirish , qo’rqitish yoki boshqa shakldagi tahdid orqali uni berishga majbur qilish ;

  • Yadroviy materiallarni yuqorida qayd etilgan maqsadda ishlatish bilan tahdid solish ,davlat uning yuridik yoki jismoniy shaxslarni qo’rqitish orqali o’g’irlash kabi qonunbuzarliklarni ruxsatsiz , qasddan sodir etilgan va javobgarlikka tortiluvchi harakatlar deb elon qildilar .

SHuningdek, bu yadroviy qurollarning xavfi bevosita O’zbekistonga ham o’z tasrini o’tkazmoqda .Shu xususda O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 254- moddasida radioaktiv moddalarni qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan36
BMT ning qator rezolutsiyasi va qonunlarida yollanish bilan bog’liq jinoyatlarni xalqaro miqyosda sodir etiladigan jinoyatlar deb elon qildi .BMT Xavfsizlik kengashining 1961 yil 24 noyabrda BMT qo’mondonligi ostida bo’lmagan har qanday harbiy va yarim harbiy odamlarni , yollanganlarni zudlik bilan qo’lga olish va chiqarib olish va chiqarib yuborish uchun eng samarali , shu jumladan , kuch ishlatishga asoslangan choralarni ko’rish zarurligi qayd etilganini takidlash lozim. 1967 va 1977 yilda qabul qilingan qonunlarda jangarilar tayyorlash ishlari amalga oshirildi.
BMT Bosh Assambleyasining 1968 yilda qabul qilingan qonunida yollanganlardan foydalanish amaliyoti jinoiy javobgarlikka tortiladigan faoliyat ekanini , yollanganlarning o’zi esa jinoyatchi hisoblanishini va qonundan tashqarida ekanini belgilab beradi.
Yollanma shaxsni yollash , o’qitish , moliyalashtirish yoki unga boshqa moddiy taminot berish, xuddi shuningdek , undan harbiy to’qnashuv yoki harbiy harakatlarda foydalanish –yetti yildan o’n ikki yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi .
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154- moddasida yollanishning mohiyati va bunday harakatlar uchun qo’llaniladigan jazo aniq qilib belgilab qo’yilgan :
“ Yollanish , yani nizolashayotgan davlatning fuqorosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilib turgan nizolashayotgan davlat hududida doimiy yashamaydigan yoki hech qanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati berilmagan shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko’zlab , o’zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli qurolli to’qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi- besh yildan o’n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi .
Yollanma shaxsni yollash , o’qitish , moliyalashtirish yoki unga boshqa moddiy ta’minot berish , xuddi shuningdek , undan harbiy to’qnashuv yoki harbiy harakatlarda foydalanish – yetti yildan o’n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi “.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksininng 155- moddasida esa terrorizmning mohiyati va bunday harakatni sodir etganlik uchun qo’llaniladigan jazolar tavsiflab berilgan .
Oxirgi paytlarda dunyoning ko’plab mintaqalarini qamram olgan ekstremizm bilan bog’liq muammolar faol muhokama qilinmoqda .Diniy ekstremizmga qarshi kurash Markaziy Osiyo uchun ham dolzarb muammolardan biri hisoblanadi .
SHuningdek , O’zbekiston Respublikasining “ Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida ” gi Qonuning 5- moddasida shunday deyiladi .” Davlat turli dinlarga , har xil etiqodlarga mansub diniy tashkilotlar o’ryasida etiqod qiluvchi va ularga etiqod qilmaydigan fuqorolar o’zaro murosa va hurmat o’rnatilishiga ko’maklashadi , diniy va o’zga mutaassiblikka hamda ekstremizmga ,munosabatlarni qarama-qarshi qo’yish va keskinlashtirishga , turli konfessiyalar o’rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti –harakatlarga yo’l qo’yilmaydi ”.
Shu o’rinda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik deganda faqat ular tomonidan sodir etilayotgan harakatlarni oldini olish va bartaraf etish yo’lidagi hamkorlik masalalari bilan birga ularni oziqlantirib turuvchi moliyaviy manbalariga ham xalqaro miqyosda kurashish lozim. Hozirgi vaqtda zamonaviy terrorizm moliyaviy manbalardan oziqlanishi hisobiga faoliyat qamrovini kengaytirishga, moddiy texnik bazasini mustahkamlashga urinmoqda. Shuning uchun ham kurashish lozim . Shu vaqtda istisno sifatida malumot o’rnida quyudagi faktlarni keltirib o’tsak. Diniy ekstremizm va terrorizm harakatlarini oziqlantirib turuvchi moliyaviy manbalar sifatida quyudagilarni keltirish mumkin.
Norasmiy faoliyat yurituvchi tuzilmalardan olinadigan daromadlar;
Uyushma azolari to’laydigan badallar ;
Narkobeznis va noqonuniy qurol-yarog’ savdosi;
Kidnepping – odamlarni tovon puli undirish maqsadidda o’g’irlash ;
Qo’poruvchilik, qaroqchilik va bosqinchilik;
Terrorchilarga moliyaviy madad kuchlari yetib kelishni davom etar ekan, ularga qarshi kurash olib borish yaxshi samara natija bermaydi. Xalqaro miqyosda kurashish davr talabidir. Ekstremizmga qarshi kurashda xalqaro birdamlik va kelishuvlar ham katta ahamiyatga ega.

Download 350.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling