Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


partizanlar harakati ko’rinishidagi terrorizm kabilarni ko’rsatishimiz mumkin


Download 350.66 Kb.
bet5/17
Sana17.06.2023
Hajmi350.66 Kb.
#1519909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tari


partizanlar harakati ko’rinishidagi terrorizm kabilarni ko’rsatishimiz mumkin .13

Yuqorida terrorizmning bir qancha ko’rinishlarini keltirib o’tdik. SHunday ko’rinishlaridan biri bu siyosiy xarakterda bo’lib to’gridan to’gri siyosiy hokimiyatni egallashga ,yani o’zlarining terroristik xurujlari orqali, mavjud siyosiy hokimiyatga , targibotga va alohida siyosiy yetakchi yoki siyosiy elita faoliyatiga qartilgan bo’ladi. Fikrimizga quyudagilarni misol qilib k’rsatishimiz mumkin:
1885 yili-AQSH Prezdenti Avram Linkoln ;
1881yili-AQSH Prezdenti Jeyms Garfild ;
1881yili- Rossiya Emperatori Aleksandr II ;
1884 yili- Fransiya Prezenti Sadi Karno ;
1900 yili –Italiya qiroli I. Umberto ;
1901 yili – AQSH Prezdenti Uilyam Mak –Klinli ;
1911 yili- Rossiya bosh vaziri P.A .Stolippin ;
1914 yili – Avstriya – Vengriya shahzodasi Frans Ferdenand;
1918 yili – Rossiya imperatori Nikolay Romanov;
1948 yili –Hind xalqining siyosiy arbobi va yetakchisi Mahatma Gandi ;
1963 yili –AQSH Prezdenti Jon Kennide ;
1973 yili- Chili Prezdenti Salvador Alendi ;
1978 uili – Italiya bosh vaziri Aldo Moro ;
1981 yili –Misr Prezdendi Anvar Soadat ;
1984 yili – Hindiston bosh vaziri Indra Gandi ;
1986 yili –Shvetsiya bosh vaziri Ulof Palme ;
1989 yili –Hindiston bosh vaziri Rajjiv Gandi ;
1996 yilu – Isroil bosh vaziri Ishoq Rabbin ;
2004 yili – Chechiniston Prezedenti Ahmad Qadirov kabilar siyosiy terrorizmning qurboni bo’ldilar . Umuman olganda terrorizmning turli xil ko’rinishlari mavjud
Yana shuni takidlab o’tish kerakki terrorizmning bir necha ko’rinishlari mavjud.Ular quyudagicha:
1.Subyektiga ko’ra terrorizm:
a).uyushmagan yoki individual-bunda terrorchilik harakatlari bir yoki ikki nafar shaxs tomonidan sodir etiladi.Terrorizmning ushbu ko’rinishida sodir etilgan terrorchilik harakatlarining boshida hech qanday tashkilot turmaydi ;
b) uyushgan kollektivlashtirilgan-terrorizmning ushbu k’rinishi eng ko’p tarqalgan bo’lib bunda sodir etilayotgan terrorchilik harakati biror tashkilot (masalan, “ AL-Qoida” terrorchilik tashkiloti) tomonidan rejalashtiriladi.
2. Maqsadiga ko’ra terrorizm:
a) milliylashtirilgan terrorizm –seperastik va milliy ozodlik harakatiga yo’naltiriladi .
b) diniy terrorizm – turli dinlarga etiqod qiluvchilar o’rtasida vujudga keladi.
d) maishiy terrorizm- jamiyatdagi oilalar o’rtasida vujudga keladi
Birinchi Prezdentimiz Islom Karimov 1996 yil dekabr Lissabonda bo’lib o’tgan davlat va hukumat rahbarlari uchashuvidagi nutqida birinchi navbatda terrorizm xavfini nazarda tutib “bu masalaga faqat siyosiy va harbiy tushuncha sifatida yondashish yetarli emas. Bu iqtisodiyot ,demokratiya narkotik moddalarni ishlab chiqarmaslik ,mablag’larni o’zlashtirishga urinish shuningdek atrof muhitni himoya qilishdir’ , -degan edi .14 “ Asosan terrorizmning shiddatlashuvi XX asrning 70- 80 yillariga to’gri kelishini yuqorida takidlab o’tdik Xo’sh bunga nimalar sabab bo’lgan va u o’z ichiga qanday omillarni olganini quyudagi holatlarda ko’rish mumkin . Birinchi shart sharoiyga , shubhasiz , ko’pgia rivojlangan davlatlarda ro’y brgan krezis holatlari kiradi .Iqtisodiy tanglik va ishsizlik harbiy harajatlar va narx navoning oshishi jinoyatchilik holatlari ko’pgina davlatlarni yomon ahvolga solib qo’ydi . Ikkinchi shart –sharoitga inqilobiy jarayonlar jahon ishchilar va demokratik harakatlar bilan bogliq .Bu toifadagi omillar o’z davrining inqilobiy jarayonlari va ozodlik kurashlari bilan bevosita aloqador .Ular iqtisodiy tanglikningorqa tomoni hisoblanadi .Iqtisodiy va milliy ezilish oqibatida nafaqat inqilobiy va ozodlik kurashlari ,balki ularga yot harakatlar ham yuzaga keladi .Uchinchidan terrorizmning turli toifalarini boshqaradigan alohida guruh –elita bilan bogliq Bu toifalar uchun ichki va tashqi siyosatda qurol o’rnini bosadi.Terrorizm rivojlangan ‘o’ziga qarshi va noqulayliklar tug’diradigan rejim bilan kurashishning qulay vositasidir 15 Terrorizm uzoq tarixga ega hodisa bo’lib uning ildizlari insoniyatning qadimgi tarixiga borib taqaladi
Terrorizmn asosiy xususiyatlari quyudagilardan iborat

  • Terroristic harakatlarni amalga oshirishni muayyan usulari va vositalari yaratildi .Bularga portlatish ,qotillik o’t qo’yish zaharlash ,garovga olish kabi usular hamda ,bomba pichoq xanjar, pistoley hamda miltiq kabi vositalardan foydalanish kiradi:

  • Terrorizm o’z mafkurasini yaratdi , natijada terrorizmning turli xil ko’rinishlari paydo bo’ldi ( o’ng va so’l , ijtimoiy va siyosiy ,millatchilik dunyoqarash v inqilobiy va boshqalar );

  • Terrorizmning ijtimoiyashuvi ro’y berdi yani u aholining turli qatlamlari orasigacha singib bordi

Terrorizm institutsionalashib o’zining doimiy tashkilotlarini yaratdi va xalqaroxarakter kasb eta boshladi .
Terroristlar odamlarni sarosima va dahshatga solishning zamonaviy usullari – gaz bakteriologik vositalar masofaviy va kosmik aloqa va internet dan foydalanishga o’tdi .
SHuningdek diniy ekstremizm va terrorizmning avj olishiga ayrim omillarning ahamiyati ham juda katta hisoblanadi .Bularga narkotik vositalar va psixatrof modddalar savdosi va kantrbandasining kuchayib borayotganligi ; , terrorizmni moliyaviy manba bilan taminlaydigan moliyaviy guruhlarning ko’payotganligi; , terrorchi guruhlarning malakasi va mahorati yildan yilga oshib borganligi ; , xalqaro iqtisodiy vamoliyaviy hamkorlikning kengayib borayotgani ; bular rivojlanib ketishi sabab bo’lgan omillardir
SHuningdek terrorizm atamasiga boshqa tariflar ham bor .1983 –Yildan buyon AQSH Davlat departamenti analitik va sttistik maqsadlardan kelib chiqib ,terrorizmga quyidagicha tariff bergan .”Uyushgan siyosiy ruh berilgan biror bir millat azolardan iborat guruh yohud maxfiy agentlar vositasida ,odatda ko’pchilikka tasir etishni maqsad qilgan tinch aholiga nisbatan sodir etilgan jinoyat” . Bundan tashqari terrorizm atamasiga bir qancha xulosaviy izohlar ham mavjud .Jumladan Jessika Sterenga ko’ra “Terrorizmni terrorizmni boshqa urush va janjallardan farqlab olish mumkin bo’lgan ikki xarkateri mavjud . Birinhidan ,terror tinch aholiga qaratiladi .Bu uni urushlardagi kurashlardan fqarlab turadi .Ikkinchidan,oliy maqsadlari yo’lida qo’rqitishdan foyalaniladilar :bu odatda mo’ljaldagi aholi orasida qo’rquv uyg’otish bilan bo’ladi .Ushbu maqsadli uyg’otilgan qo’rquv hissi terrorni oddiy qotillik yoki jinoyatlardan faqrlanishini ko’rsatadi . Kristafor Garmonga fikriga ko’ra u ham bir qancha jihatdan to’g’ri bo’lgan boshqa bir aniq tarifni taqdim qilgan .“ Terrorni birgina tabiati mavjud bo’lib ,u turli hissiyotlar ,masalan ,qattiq g’azab , o’ta sovuqqonlik ,hatto malum qurbonlarni jannatni vada qilgan holda o’limga olib borish bilan baholanadi .Yana terror hech qachon o’zinig siyosiy kuchlar xizmatidigi yomonotliq qilish xarakteridan hech qachon voz kechmaydi , o’zgartirmaydi .Rejali sistemalashtirilgan jinoyat ,jarhat va begunoh kishilardasiyosiy yakunlardan qo’rquv hissini uyg’otishdir “ . Brus Hofman esa terrorga quyudagicha tariff bergan “ Terrorizm bu- tashkil qilingan ,zo’ravonlik vositasidagi qo’rquvdan foydalangan holda yoki siyosiy o’zgarishlarda o’z maqsadi yo’lida zo’ravonlik tahdididan foydalanish .Barcha terroristic aktlar zo’ravonlikdan yoki zo’ravonlik orqali tahdid qilishdan iboratdir .Terrorda tasodifiy qurbon da yohud terroristic hujum muayyan qaratilgan obyektda ulkan psixologik tasir o’tkazishga mo’ljallab tashkil qilingan bo’ladi .Buning mazmuni insonlarni qo’rquv ichida boshqarish va natijada o’zi istagan ishni bemalol qildirishdir . Yanada kengroq olinsa raqib bir etnik guruh ,biror –bir diniy jamoa ,butun bir davlat ,, qaysidir bir milliy hukumat yohud siyosiy partiya yoki umumiy sotsia partiya yoki umumiy sotsial fikrni o’z ichiga oluvchi “ mo’ljaldagi auditoriya ” ni o’z yo’rig’iga yurgizishidan iboratdir. SHuningdek , terror qayerda malum bir kuch mavjud bo’lmasa uni yaratishga , uni o’z nog’arasiga o’ynatishga urinadi .Zo’ravonliklar natijasi bo’lmish ommaviy axborot vositali orqali terroristlar eng muhim richag –tasir va kuchni qo’lga kiritishga urinadilar , aks holda ular siyosiy o’zgarishlarda tasir kuchini yo’qotadi , u xoh mahalliy bo’lsin xoh xalqaro miqyosda bo’lsin “ 16
Terrorizm bu jinoiy faoliyatdir . Terrozim tarafdorlar ommaviy bo’la olmagani uchun aholi orasida ularda terrorizm hissini uygotish maqsadida dinni o’zariga niqob qilib olgan .Hozirgi davrda u global miqyos kasb etib ,xalqaro terrorizm shaklini olgan .Terrorizmning global hodisaga aylanganligini , jamiyatga xavflilik darajasi yuqori ekanligini shundan ham korsak bo’ladiki ,jahonning yetuk davlatlari ekstremizm va terrorizm haqida qonunlar qabul qilmoqda .Har bir terror jarayonining asosida turli davrlarda muayyan siyosiy maqsadlar yotgan .Tahlil jarayonida ikki xil terror mavjudligi aniqlandi .Bular :individual va ommaviy terror. Individual terrorning yuzaga kelish sababi davlat siyosatining saqlanishi yoki o’zgartirilishi ; Ommaviy terror zo’rlikka qarshi zo’rlik ishlatish natijasida ommani girdobga tortish ;
Terrorning ilk namoyon bo’lish davriga nazar solish muvofiqdir . Zero uning tarixiy shakllarini chuqur tahlil qilish terrorizm muammosining yechimini topishga yordam beradi .
“ Terrorturli xil ko’rinishlarda namoyon bo’lishi mumkin , terrorchi guruhlarning harakatlaridan tortib , …. Ko’plab kishilarning hayotiga zomin bo’luvchi siyosiy avantyuristlarning jinoyatlari terrorni davlat siyosatining asbobiga aylantirmoqda ”17 Terrorizm o’zining siyosiy maqsadini turli o’ziga xos yo’llar bilan amalga oshiradi . Shu manoda C . Butrin : “ terrorizm o’z shafqatsizligi , maqsadga izchil intiluvchanligi va tashqi tomondan yetarli darajada samaraliligi bilan ajralib turuvchi zo’rlik ishlatish ayniqsa siyosiy zo’rlik ishlatishning asosiy shaklidir ” 18
Terrorizm zo’ravonlikka asoslangan uslub va vositalar yordamida siyosiy maqsadlarni amalga oshirishga yo’naltirilgan , tizimli va uyushtirilgan ,siyosiy mazmunga ega hodisadir.

Download 350.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling