Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Mavzuni yozishdan ko’zlangan maqsad


Download 350.66 Kb.
bet3/17
Sana17.06.2023
Hajmi350.66 Kb.
#1519909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tari

Mavzuni yozishdan ko’zlangan maqsad. Jamiyat rivojiga rahna soluvchi tahdidlar , turli xil diniy ekstremistik va terroristik kuchlarga qarshi kurash zarurat ekanligi , buni ommaviy axborot voitalari va turli xil yo’llar vositalar orqali keng jamoatchilikka yetkazish kerak
Mavzuning o’rganishning vazifasi . Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash juda muhim ekanligi , shunga doir qabul qilinayotgan qonunlar , chiqarilayotgan farmon va farmoyishlarni tatbiq qilish milliy mentalitetga mos kelgan holda diniy ekstremizmga qarshi kurash yo’larini tatbiq qilish ,xavfsizlik ,barqarorlik ,tinchlik tushunchalarini tahlil qilish , O’zbekistonning mintaqada xavfsizlikni taminlash borasidagi olib borilayotgan davlat siyosatini tahlil etish va uning yanada samaradorligini oshirish , butun jahon hamjamiyati diqqat e’tiborini ushbu dolzarb muammoni hal qilishga qaratish .Ushbu bitiruv malakaviy ishning asosiy vazifasi hisoblanadi
Mavzuning predmeti va obyekti. Diniy ekstremistik va terroristik harakatlarning mazmuni ,ularning kelib chiqish sabablari ,tinchlikka qashi qaratilgan vazifalar, unga qarshi kurash hozirgi davrda olib borilayotgan siyosatning ustuvor vazifalaridan biri sanaladi
Mavzuning ilmiy yangiligi .Ushbu Bitiruv malakaviy ishda hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblangan turli xil diniy ekstremistik va terroristik kuchlar ,qo’poruvchi tashkilotlar haqida ma’lumot berish , ularning xatti-harakatlari insoniyat hayoti va kelajagiga rahna solayotganligi haqida qisman bo’lsada malumot berish
Mavzuning o’rganilganlik darajasi . Dunyo miqyosida insoniyat xavfsizligiga tahdid soluvchi kuchlarga qarshi kurash vazifalari juda ko’p marotoba keng tahlil qilingan. Diniy ekstremizm va terrorizm kabi muammolar bo’yicha juda ko’plab ilmiy ishlar va dessertatsiyalar olib borilganligini bilamiz . Xususan yurtboshimiz SHavkat Miromonivich Mirziyoyev ning xalqaro tashkilot va nufuzli anjumanlarda so’zlagan nutqlari,O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqilgan va qabul qilingan qarorlar va farmoyishlar , diniy va huquqiy manbalar mavzuni yoritishda asos vazifasini bajaradi Terrorizm haqida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Terrorizmga qarshi kurash to’grisidagi qonunda o’zifodasini topgan.
Birinchi Prezdentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov ning bir qator asarlarida masalan” O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida‘’, ‘’Xavfsizlikvatinchlik uchunkurashmoq ‘’ , ‘’O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida ; xavfsizlikka tahdid ,barqarorlik shartlari va traqqiyot kafolatlari ‘’ Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch ‘’asarlaridir . Bu asarlarda jamiyatga zarar yetkazuvchi turli xil harakatlar shuningdek ,terrorizm va diniy ekstremizm mavzulariga alohida to’xtalib o’tilgan .
Xususan ushbu dolzarb muammoni yoritishda yuqorida keltirilgan farmon , farmoyishlar ,qonunlar , Prezdentimiz SHavkat Mirziyoyev va Birinchi Prezdentimiz Islom Karimov asarlaridan tashqari badiiy asarlarda ham terrorizm va ekstremizm muammolari turli talqinda yoritilgan . Ularni ham keltirib o’tishimiz kerak deb o’ylayman . Qodirov A. “ Ekstremizm –mutaassibchilik mahsuli” ( 2004) Rajabova “Diniy ekstremizm va terrorchilikka qarshi kurash muammolari K.SHermuhammedov “Ekstremizm , terrorizm va axborot xurujlarining namoyon bo’lish shakllari ” (2002) ,Zukurlayev A . Axunov B “Diniy ekstremizm va terrorchilik ” (2004 ) ,Ismoilov I “Terrorizmga qarshi kurash ” (2004 ) , K. SHermuhammedov “Islom niqobi ostidagi ekstremistik va terrorchi uyushmalar ” (2014) ,Qirg’izboyev M. “Terrorizm va ekstremizm asosiy tushunchalari va yo’nalishlari ” (2001), Tohirov F “ Terrerizm va diniy ekstremizmning ijtimoiy xavfliligi” (2004) , Ubaydullazoda N.T. “Terrorizmning oldini olishni huquqiy va tashkiliy ta’minlash ” (2012) , Komilov K .Hasanboyev U Hoshimov N “Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm jamiyat taraqqiyotiga tahdid ” , G’oibnazarov SH.” Xalqaro terrorizm : ildizlari , omillari va manbalari ” (2009) kabi boshqa ilmiy ish va badiiy asarlarda diniy ekstremizm va terrorizmning mazmun va mohiyati nima sababdan keltirib chiqqanligi , hozirgi kunda jamiyat taraqqiyotiga naqadar katta ta’sir kuchiga ega ekanligi batafsil yoritilgan Ushbu muammoni yoritishda yana ko’plab asarlarni keltirishimiz mumkin.
SHiddat bilan rivojlanayotgan axborot asrida butun dunyo xavfsizligiga tahdid solayotgan diniy ekstremistik harakatlar o’z maqsadlari yo’lida har qanday qo’poruvchi jirkanch usul va vositalarni qo’llab jamiyat taraqqiyotiga katta zarar yetkazib faoliyat olib bormoqda Ular o’zlarining qo’poruvchilik faoliyatini ettiraveradilar .Ular haqidagi bilimlarni boyitib boorish va qarshi kurashda hamjihat bo’lib birlashmoq kerak .

Download 350.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling