Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Download 350.66 Kb.
bet14/17
Sana17.06.2023
Hajmi350.66 Kb.
#1519909
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tari

Diniy tashkilot –diniy jamoalarning eng yuqori rasmiy uyushmasi .
Diniy tashkilotlar-O’zbekiston Respublikasi fuqarolaring dinga etiqod qilish, ibodat, rasm-rusmlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko’ngilli birlashmalari ( diniy jamoalar, diniy uquv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastir va boshqalar ) diniy tashkilotlar deb etirof etiladi.
Diniy ekstremizm – jamiyat uchun ananaviy bo’lgan diniy qadriyat va aqidalarni rad etish, ularga zid bo’lgan g’oyalarni aldov va zo’rlik bilan targ’ib qilishga asoslangan nazariya va amaliyot .
Diniy shovinizm – faqat o’z dini va etiqodini to’g’ri deb bilgan , qolgan har qanday etiqod va qarashlarni inkor etuvchi mutaassib kishining mafkurasi. Diniy shovinizmning kuchayishi boshqa xalqlarda va boshqa etiqodga sig’inuvchilarda milliy va madaniy agressivlik kayfiyatlarining tug’ilishiga sababchi bo’ladi. Bu esa ijtimoiy barqarorlikka rahna soluvchi omildir.
Ekstremizm – (lotin. “ aql bovar qilmas darajada ”, “ haddan oshish “) o’z maqsadi yo’lida turli haddan ortiq keskin tadbir-choralar ko’rishga tarafdorlik, jamiyatda qabul qilingan qonun- qoidalarga zid bo’lgan keskin radikal qarashlar.
Etiqod erkinligi – kishi ongida chuqur o’rnashib qolgan va amalga oshirilishi shaxsning kundalik ehtiyojiga aylangan intilish, xatti-harakat va dunyoqarashlar tizimi.
Fundamentalizm – malim din vujudga kelgan ilk davriga qaytish , bu yo’l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin , degan fikrni ilgari surish.
Global–dunyoviy, butunjahon, Yer sayyorasi bo’yicha keng qamrovli jarayon.
Xizbut-tahrir al-islomiy – ( arab.” Islom ozodlik partiyasi ”) tashkilotiga 1953 yilda Taqiyiddin Nabohoniy tomonidan asos solingan. Dastavval Falastinni ozod qilishni maqsad qilgan Nabaxoniy , keyinchalik butun dunyo musulmon mamlakatlarini birlashtiruvchi xalifalik davlatini qurishni bosh maqsad qilib olgan.
Ijtihod – islomda yangi paydo bo’lgan diniy muammolarning hal qilishning o’ziga xos usuli.

Download 350.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling