Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Jamiyat – insonlardan tashkil topgan ijtimoiy tuzum. Konfessiya


Download 350.66 Kb.
bet15/17
Sana17.06.2023
Hajmi350.66 Kb.
#1519909
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tari

Jamiyat – insonlardan tashkil topgan ijtimoiy tuzum.
Konfessiya – ( lotin. “ etirof ”, “etiqod”) din, diniy etiqod.
Manaviyat–( arab. “ manaviyat ”- manolar majmui ) kishilarning falsafiy , huquqiy , ilmiy , badiiy, axloqiy, diniy tasavurlari va tushunchalari majmui. Manaviyat mafkura, tafakkur tushunchalariga yaqin va ular bir-birlarini taqozo etadilar.
Millat – ( arab. “ millat ”- xalq ) kishilarning yagona tilda so’zlashishi, yaxlit hududda istiqomat qilishi, mushtarak iqtisodiy hayot kechirishi, umumiy madaniyat va ruhiyatga ega bo’lishi asosida tarixan tashkil topgan barqaror birligi.
Millatparastlik – millatlarning tengligini inkor etib, o’z millatini boshqa millatlardan yuqori qo’yish, unga imtiyozlar yaratishga intilish, uning manfaatlarini boshqa millatlar manfaatlaridan ustun qo’yish.
Millatlararo totuvlik – milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri bo’lib, u muayyan hudud, davlatda turli millat vakillarining hamjihat yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalovchi tushuncha.
Muattassiblik – ( fransuz. “ fanatizm ” – “ ibodat ”) muayyan g’oyalarning to’g’ri ekaniga qattiq ishonish, ularga mukkasiga berilish, “ o’zgalar ”va “o’zgacha” qarash va g’oyalarga murosasiz munosabatda bo’lish, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda, ularni tan olmaslik.
Nurchilar – harakatga Turkiyaning Bitlis viloyatidagi Nursa qishlog’ida tug’ilgan , faoliyatining ilk davrlaridanoq diniy mutaassiblikka va keskin fikrlashga moyilligini namoyish etgan Said Nursiy tomonidan asos solingan. Tashkilotning strategiyasi uzoq davrga mo’ljallangan bo’lib, asta-sekinlik bilan yoshlarni islomiylashtirish va panturkizm g’oyalarini singdirish, o’z vakillarini rahbar lavozimlarga o’tkazishni taminlash orqali “ Nurchilar ”jamoasiga moyil shaxslarni hokimiyat tepasiga chiqarishga asoslangan.
Ong – insonga xos bo’lgan fikriy jarayon, tafakkur shakli.
Radikalizm – (lotin. Radix – “ tomir ”, “ ildiz ”, “ o’zak ”) maqsad-muddaoni keskin, murosasiz amalga oshirish, u yoki bu ishdagi mavjud ahvolni tubdan o’zgartirishga intilishni anglatadi.
Tablig’chilar – ( arab. “ yetkazish ”) islom bayrog’i ostida faoliyat ko’rsatadigan, ammo islom dini asoslarini buzadigan, diniy harakat hisoblanadi. “Tablig’chilar jamoasi ”ga Muhammad Ilyos Handehlaviy ismli shaxs tomonidan 1927 yilda Shimoliy Hindistonning Mevat shahrida asos solingan. Dastlab Hindistondagi musulmonlar orasida faoliyat yuritgan harakat ikkinchi jahon urushidan keyin Misr, Turkiya, Saudiya Arabistoni va ayrim Yevropa davlatlariga tarqaldi. Hozirda harakatning asosiy qarorgohlari Hindistonning Bxopal , Pokistonning Rayvin va Bangladeshning Dakka shaharlarida joylashgan. Tablig’chilar dunyoviylikni inkor etuvchi , siyosiylashtirilgan va mutaassib diniy mafkurani tashviqot qilish va uning tarafdorlarini ko’paytirish orqali o’z tasirini butun dunyoga yoyishni maqsad qiladi.
Terrorizm – (lotin. “ qo’rqitish ”, “ vahimaga solish ”) o’z fikrini zo’ravonlik bilan boshqalarga o’tkazish. Bu yo’lda suiqasd, qo’poruvchilik kabi usullardan foydalaniladi.

Download 350.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling