Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


I.BOB.DINIY EKSTREMIZM VA TERRORCHILIK


Download 350.66 Kb.
bet2/17
Sana17.06.2023
Hajmi350.66 Kb.
#1519909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tari

I.BOB.DINIY EKSTREMIZM VA TERRORCHILIK
HARAKATLARI
1.1.Diniy ekstrеmizm va terrorizmning kelib chiqishi, namoyon
bo’lishi va shakllanishi …………………………………………8-17

1.2.Diniy ekstrеmizm va terrorizm harakatlarining


yoshlar kelajagiga tahdidi ………………………………………………..17-23

1.3.Barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan


diniy ekstrеmistik va terrorchi tashkilotlar……………………………………………………24-40

II.BOB. DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASHDA
O’ZBEKISTONNING TUTGAN O’RNI
2.1.Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurshda
xalqaro hamkorlik……………………………………………………………….........................41-50
2.2. O’zbekistonning diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi
xalqaro maydondagi qat’iy siyosati……………………………………………………………50-55
2.3.Diniy ekstremizm ,terrorizm, fundamentalizm, shovinizm va g’arazli niyatdagi qora guruhchi kuchlarga qarshi munosabati va o’rni………………………….55-64
XULOSA......................................................................................................65-66
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.............................66-70
ILOVA……………………………………………………………..…71-73
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi va zamonaviyligi.Tinchlik buyuk ne’mat inson hayotining birlmchi sharti hisoblanadi. Osuda , tinch farafon davlat albatta tinchlikka bog’liq. Hozirgi kunda kishilik jamiyati taraqqiyotini turli tarzda tavsiflash mumkin . Har doim tinchlik va xavfsizlikni taminlashga harakat qilingan.Ammo bugungi kunda tinchlikka raxna solib turuvchi kuchlarning ichida eng xatarli va har qanday davlat tinchligi va osoyishtaligi uchun jiddiy xavf solishga qodir bulgan xavflardan biri bu diniy ekstremizm va terrorizm xavfidir.Davlat va xalqlarning tinchligi va barqarorligini taminlash maqsadida turli xil diniy ekstremizm va terrorizm kabi qo’poruvchi kuchlarga kurash olib borilmogi lozim .Mintaqada jumadan,O’zbekiston davlatida diniy ekstremizm va terrorizmning namoyon bulishi, o’ziga xos xususiyatlari bugungi kunda turli xil yoshlarninig bunday kuchlarning qurboni bulayotgani bugungi kunda dolzarb muammoligi bilan ajralib turadi.
Diniy ekstremizm va terrorizmni chuqur o’rganmoq lozim. Terrorizm muamosi XX asr oxiri ayniqsauning so’ngi 10 yilida xalqaro jamoatchilikni qattiq tashvishlantirmoqda. Zero yurtboshimiz SHavkat Mirziyoyev bu xususida BMT Bosh assambleyasining 72 sessiyasida quyudagi fikrlarni aytib o’tganlar ‘Birinchidan ,oxirgi yillarda jahonda terrorchilik tahdidi tobora kuchayotganligi ,ularga qarshi kurashishda asosan kuch ishlatishga tayanish o’zini oqlamayapti.Ko’pincha asosiy harakatlar bu illatni keltirib chiqaruvchi sabablarga emas balki uning oqibatlarini yo’q qilishga qaratilmoqda.Vaholanki,hozirgi zamondagi nizolar terrorizm, ekstremizm va zo’ravonlik tubida eng avvalo, jaholat va adovat yotibdi.
Demak,bunga qarshi kurash birinchi navbatda ma’naviyat,ma’rifat,ta’lim ijtimoiy sohalar vositalari hisobiga olib borilmog’i lozim. Ikkinchidan, ekstremistik faoliyat va zo’ravonlik bilan bogliq ko’pgina jinoyatlar 30 yoshga to’lmagan yoshlar tomonidan sodir etilmoqda1 Diniy ekstremizm va terrorizm harakatlari jamiyat taraqqiyoti uchun juda ham katta xavflardan biri ekanligini alohida ta’kidlab o’tdilar .Diniy ekstremizm va terorizmning yuzaga kelishi ularning asl mohiyati va salbiy tasirini mukammal va obyektiv o’rganish lozim,bu turli buzg’unchi kuchlarga qarshi kurashish lozim SHuningdek diniy ekstremistik harakatlar hozirga kelib global muammolarga aylangan.SHundan kelib chiqib BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar olib borayotgan tashkilotlarning faoliytlari haqida batafsil xabardor bulish zarur hisoblanadi .Insoniyat taqdiriga dahldor bo’lgan diniy ekstremizm va terrorizmni oldini olish va unga qarshi kurashish lozim. “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash ,tashqi siyosatda davlat va xalqning manfaatlarini hisobga olgan holda siyosat olib borish , tizimni takomillashtirish , global muammolardan biri terrrorizm , ekstremizm va axborot xurujlariga qarshi kurashish kerak ”2Diniy ekstremizmga qarshi kurashning ma’naviy marifiy asolari va huquqiyligini o’rganish , jumladan ,xalqqa kuchli ijtimoiy hayotni taminlash, iqtisodiyotni rivojlantirish,bunda erkin va sof raqobatga asoslangan ijodiy ishlab chiqarish sharoitlarini yaratish , shuningdek , tinchlikka rahna soluvchi jinoiy harakatlarga qarshi tizimli huquqiy tadbirlar , zarur bo’lganda keskin qonuniy choralar ko’rish masalasini o’rganish lozim .Shu o’rinda terrorizmning xalqaro miqyosda tobora tus olayotgani , uning tub ildizi qirqilishi o’rniga ,aksincha tobora keng quloch yozayotgani natijasida minglab begunoh kishilarning hayotiga zomin bo’layotgani xalqaro miqyosdagi muammolardan biri ekanligini ko’rsatadi.
Mamlakatimizning Birinchi Prezdenti Islom Karimov 1993 –yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbaridan turib diniy ekstremizm va terrorizm xalqaro miqyosda nihoyatda tomir otib borayotganligi , Ammo , afsuski jahon hamjimayati mamlakatimiz Birinchi Prezdenti Islom KarimovningBMT da so’zlagan nutqida YEXHT ning Istanbul sammitida ,(1999) va SHanxay sammitida (2001) davlat rahbarlari bilan uchrashuvlarida diniy ekstremizm oqibatida kelib chiquvchi terrorizm manbalari , bazlari ,qurol –yarog’kltirish yo’llari taminot usullaridan toppish va bartaraf etish uchun “Terrorchilikka qarshi kurash bo’yicha xalqaro markaz “ tuzish to’g’risida fikrlar bildirildi . Shu o’rinda yuqoridagi fikrlar qatorida Birinchi Prezdentimiz Islom Karimov ‘’Xalqaro terrorizm va narkobeznis bilan bogliq muammolarni hal etish ; mintaqaviy xavfsizlik; jumladan ,Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash ; jahon xaavfsizligi tizimini takomillashtirish ; BMT faoliyati va tarkibiy tizimini isloh qilishga taaluqli takliflar bilan chiqdilar.3 Bugungi tahlikali va murakkab zamonda unyoda ro’y berayotgan keskin ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar millatlar va xalqlar o’rtasida turli ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda. Shu qatorida Birinchi Prezdentimiz ’’ Bugungi kunda davlat rahbari mintaqada xavfsizlikni va barqarorlikni hamda izchil taraqqiyotni taminlash ,atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari ustuvor vazifalardan ekanini alohida ta’kidladi.BMT anjumanining 2011-2015 yillarda Mingyillik rivojlanishmaqsadlarini amalga oshirish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar kompleksi tasdiqlandi 4. SHuningdek , diniy ekstremistik harakatlar hozirga kelib global muammolarga aylangan ,ularga qarshi esa barcha sog’lom kuchlar bilan birgalikda harakatgina qilibgina yengish mumkin . SHundan kelib chiqib , BMT va xalqaro tashkilotlar olib borayotgan faoliyatlari haqida batafsil bo’lish zarur hisoblanadi. Diniy ektremizm- bugungi kunda juda ham katta xavflardan biridir Ushbu mavzuning zamonaviyligi oldin ham hozir ham xalqaro miqyosda global muammolardan biri hisoblanadi.Yoshlarni turli xil ekstremistik va terroristik kuchlarga qarshi tarbiyalashimiz va shakllantirishimiz lozim . Bu bizning vazifamiz hisoblanadi .Zero shu yo’llar bilan ekstremistik kuchlarga qarshi tizimli va samarali kurashish mumkin.

Download 350.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling