Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Diniy ekstremizm va terrorizm yoshlar kelajagi va jamiyat


Download 350.66 Kb.
bet6/17
Sana17.06.2023
Hajmi350.66 Kb.
#1519909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tari

1.2. Diniy ekstremizm va terrorizm yoshlar kelajagi va jamiyat
taraqqiyotiga tahdid
Millat va mamlakatning kelajagi albatta o’sib kelayotgan yosh avlodaga bog’liqdir. Mamlakatimizda ro’y berayotgan yuksalish va taraqqiyotimiz yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va xotirjamlikning evaziga bo’layotgani, tinchlik esa o’z-o’zidan bo’lmasligini takidlash lozim. Tinchlik va totuvlikni asrash, bag’rikeng bo’lish, o’zaro mehr-oqibat ko’rsatish kabi ulug’ fazilatlar haqida aholimizga, xususan, o’sib kelayotgan yosh avlodga so’zlab berish,ularning ongu-shuuriga singdirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
O’zbekiston Respublikasi Prezdenti SHavkat Mirziyoyev 2016 yil 18-oktabrda Islom Hamkorlik Tashkiloti Tashqi ishlar vazirlar kengashi 43- sessiyasining ochilish marosimidagi nutqida “ Dunyo shiddat bilan o’zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga rahna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo’layotgan bugungi kunda manaviyat va marifatga axloqiy tarbiya va yoshlarning bilim olishi, kamolotga yetishga intilishiga etibor qaratish har qachongidan ham muhimdir ”.19
Bugungi kunda shiddat bilan o’zgarib borayotgan, tahlikali davrda uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik, odam savdosi, g’oyaviy tahdidlar, axborot xuruji, diniy ekstremizm va terrorizm kabi harakatlar jamiyat taraqqiyoti va yoshlar kelajagiga o’z tasirini o’tkazmoqda Turli vadalarga ishonib, aldanib qolishdan va vaqtinchalik daromad deb qaram bo’lib qolishdan ehtiyot bo’lish zarur Buning uchun biz sog’lom fikr yuritib loqayd va beparvo bo’lmasdan, chuqur bilim olib,barkamol avlod bo’lib yetishimiz, halol mehnatimiz bilan Vatan ravnaqiga o’z hissamizni qo’shib, osuda hayotimizni asrashimiz kerak
Shu o’rinda Prezdentimiz SHavkat Mirziyoyevning “ Biz yaxshi tushunamiz- bugun yangi hayot ,yangi jamiyat barpo etish yo’lida qo’lga kiritayotgan yutuqlarimizni , amalga oshirilayotgan ishlarimizni ko’ra olmaydigan,ko’z olaytirayotgan malum kuchlar o’z qabih va nopok niyatlaridan hali ham qaytgan emas ”,20degan so’zlarini keltirib o’tish lozim. Bunday kuchlar qatoriga eng xavflilaridan biri jamiyat taraqqiyoti va yoshlar kelajagiga o’z tasirini ko’rsatayotgan holatlar bu diniy ekstremistik va terroristik harakatlarini aytishimiz mumkin. Bunday harakatlar ko’p hollarda yoshlarni o’z tomoniga og’dirishga harakat qiladilar.Ekstremizmning oldini olishda birinchi galda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularning marifatini yanada oshirish kabi manaviy maorif choralari belgilanmoqda.Davlatimiz rahbari ham o’z maruzalaridan birida birinchi galda , yoshlarni marifatga o’rgatish,ularga islom dinining insonparvarlik mohiyatini, islom madaniyatining asl qadriyatlarini yetkazish ekstremizmga qarshi kurashning eng samarali vositasi hisoblanadi.BU borada biz Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi va Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etishga qaror qildik deb takidlab otgan .Bu holat barqarorlikni taminlashga bo’lgan etibordan darak berad.Shu bois yigit-qizlarning turli g’arazli niyatli guruhlarga qo’shilib qolishining oldini olish uchun kurashish lozim. Yoshlarimizning ilmiy saviyalari, kasbu hunarlari bilan axloqiy fazilatlarini ham o’stirib borishimiz kerak. Yosh avlodning turli uot oqimlar tasiriga tushib qolishini oldini olish to’grisida g’amxo’rlik nafaqat hukumatimiz yoki talim muassalarining vazifasi, balki har bir ota- onaning muqaddas burchidir.Yoshlarning talim – tarbiyasi kelajagimiz uchun alohida ahamiyatga ega. Hozirgi davrda zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda.
Yoshlarning faol ijtimoiy kuchga aylanib borayotgani bugungi kunda ularning turli xil mafkuraviy tasir va tazyiqlarning bosh obyektiga aylanishiga olib keldi. Bunda ularning jamiyatning hali yetarli darajada tajribaga ega bo’lmagan, tashqi tasirlarga tez beriluvchan va eng harakatchan qatlam ekanligini ko’rsatadi .Asosan yoshlar orasiga kirib borishi tasiri kuchliroq. Yoshlarning turli oqimlarga kirib qolishlari sabablari qatorida ularning bilimlari, shu jumladan diniy ilmlarni egallashga bo’lgan qiziqish va intilishi hamda ishonuvchanligi, birdaniga va hamma narsaga ( boylik, shon- shuhrat, martaba va h.k.) ega bo’lishga harakat qilishi kabi manaviy ruhiy omillarni alohida ko’rsatishimiz lozim .
Shu o’rinda quyudagi fikrlarni keltirib o’tish darkor. Birinchi Prezdentimiz Islom Karimov “ Ma’naviyat tarbiyaning eng tasirchan quroli ekan, undan oqilona foydalanish , bolalarimizni vatanparvarlik , rostgo’ylik , haqsevarlikka o’rgatish kerak bo’ladi ” degan fikrlarni aytgan . 21.
Hozirgi kunda farzandlarimiz dunyoning eng o’tkir, faol, uddaburon , vatanparvar yoshlarga aylanishi ,ularni fidoiylik,vatanparvarlik ,tadbirkorlik , millatparvarlik , sadoqat o’rgatish ko’p jihatdan ota-onalarga bog’liq . Mamlakatimizda yoshlarni ilm–marifatli , turli sohalarda yetuk mutaxasis , jismonan barkamol inson bo’lib yetishishga keng imkoniyatlar va sharoitlar yaratib berilgan . Mazkur imkoniyatlardan to’la- to’kis foydalanish , jamiyat va davlat uchun fidokor shaxs bo’lish har bir yoshning burchidir . Ammo buni to’liq holatda tushunib yetmagan , anglamagan yoshlar bor.Davlatimiz kelajagi hisoblangan yosh avlod tarbiyasiga yurtimizda ham doimo alohida etibor bilan qaralgan . Yoshlar kelajagi va jamiyatda berqarorlikni keltirib chiqaradigan omillar qatoriga yuqorida keltirilgan terrorizm va ekstremizmdir. Yoshlar o’rtasida turli xil harakatlarni targib qilish orqali ularni turli xil harakatlarga jalb qilinadi.
Jamiyat barqarorligiga keying yillarda eng ko’p xavf keltirganlardan bu terrorizm va ekstremizm . Diniy ekstremistik va terroristic harakatlar o’z maqsadlarini amalga oshirish uchun asosan etiborni yoshlarga qaratadi.CHunki aynan ana shular Vatanimiz kelajagi , millatimiz ertangi kuni, taraqqiyotini belgilab beradi.Prezdent Islom Karimov takidlaganlaridek : “ XXI asrda qaysi davlat qudratli, qaysi kuchli bo’ladi? Bu savolga aholisi intelektual, nuqtai nazardan barkamol, yoshlari bilimli, or nomusli Vatanparvar bo’lib o’nib o’sayotgan davlat , deb javob berish kerak “ Endi o’sib kelayotgan o’smirlar tashqi ta’sirga ko’proq moyil bo’lishini alohida qayd etish lozim. Muayyan hollarda hayotdagi orzu-maqsadlarga mustaqil erishish harakatlarining hamma vaqt ham amalga oshavermasligi oqibatida yoshlarda o’zini nochor, yordamga muhtoj his qilish xususiyati shakllanishi kuzatiladi . Ular maqsad va intilishlarini tushunadigan kishilarni izlay boshlaydi.
Ayni paytda, jiddiy masuliyatdan ozod bo’lgan o’smirlar uchun shaxsiy tajribaning yetishmasligi xos hisoblanadi. U soddalilik va xayolparastlik tushunchalari bilan birga keladi. Yoshlar fikrida atrofga kuzatilayotgan adolatsizlik natijasida yuzaga keladigan zo’riqishni aytadigan birgina yo’l buyuk g’oya orqali ular ongiga singdirish ko’zlangan. Ajdodlarimiz azaliy qadriyatlari hisoblangan islom dinida ham yoshlarga, ularning talim tarbiyasiga alohida etibor qaratiladi. Xususan Qur’oni Karimda 1300 dan ortiq oyatlar odob axloqqa va ilmga aloqadorligi insonni barkamollikka yetaklaydigan mezon sifatid ko’rish mumkin. Xalqimiz qoniga singib ketgan diniy qadriyatlarda farzand tarbiyasiga alohida etibor qaratilishi xususida paygambarimiz Muhammad (a.s.)” Kishi farzandining tarbiyasi bilan bir soat shug’ullanishi sadaqa berishdan yaxshiroqdir ” 22deb takidlaydilar .
Yoshlar jamiyatning bir bo’lagi hisoblanadi.Jamiyatda beqarorlikni keltirib chiqaradigan va yoshlar kelajagiga tasir qiladigan holat yuqorida keltirilgan omil bu terrorizm va ekstremizm. Ayniqsa jamiyatga bo’lgan tahdidi juda ham yuqoridir.O’z navbatida dinga ham bogliq hisoblanadi .Dunyodagi musulmon jamoalari mavjud bo’lgan 120 dan ortiq mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmolar aholining ko’pchiligini tashkil qiladi . XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro miqyosda o’zini baralla namoyon etayotgan xatarli voqeiliklardan biri bo’lgan diniy ekstremizm va undan oziqlanayotgan hamda diniy shiorlar bilan niqoblangan terrorizm butun dunyo mamlakatlari hayotiga birdik tasir ko’rsatmoqda . Keng ko’lam va xilma xil ko’rinishlar kasb etayotgan ushbu tahdidlarga qarshi kurash nafaqat musulmon mamlakatlari, balki butun dunyo uchun ham dolzarb bo’lib qolmoqda.Dastlab saltanat sohiblari va davlat arboblariga qarshi qurolli hujumlar shaklida paydo bo’lgan siyosiy terrorizmni bugun har qadamda uchratish mumkin .
Davlatimiz kelajagi hisoblangan yosh avlod tarbiyasiga yurtimizda doimo alohida etibor bilan qaralgan .Hukumat tomonidan sog’lom avlodni har tomonlama barkamol qilish maqsadida 2000- yilni “ Sog’lom avlod yili ”, 2001-yilni “ Onalar va bolalar yili ”, 2008 –yilni “ Yoshlar yili ” ,2010 –yilni “ Barkamol avlod yili ”, 2014 – yilni “ Sog’lom bola yili”, 2016 –yilni “ Sog’lom on ava bola yili ” , 2017- yilni “Xalq bilan muloqot inson manfaatlari yili ” va 2018 – yilni “ Faol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va texnologiyalarni rivojlantirish yili ” deb elon qilinganligi bu yoshlarga bo’lgan etibordan dalolat beradi.
Jamiyatning rivojlanishiga bevosita diniy ekstremizm va terrorizm bilan bog’liq jinoyatlar xavf solayotgani , ular miqdor va sifat jihatdan o’zgarib masshtab doirasi kengayib bormoqda. Prezidentimiz : “ Terrorizm – chegara bilmaydgan xavfdir, shu bois unga qarshi kuchlarni birlashtirgan holda kurashish lozim”.23 Terrorchilik holatlari keskin tus olayotganligi bu achinarli holat hisoblanadi. Bu esa insoniyat xavfsizligi va dunyo mamlakatlarining ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotiga tahdid hamon saqlanib qolayotganidan dalolat beradi.
Ekstremistik harakatlar o’zlarining g’ayriinsoniy g’oyalari bilan odamlar ongini egallash , diniy shiorlardan foydalangan holda ularni chalg’itish, jamiyatda tartibsizlik va parokandalikni keltirib chiqarish orqali hokimiyatga erishish maqsadlarini ko’zlaydi.Buzgunchilik esa o’zlari to’liq hoatda mano mazmunini bilmaydigan nomalum tushuncha sifatda jamiyatga erishishning yo’li sifatida chiqadi. Ekstremistik tashkilotlar kurahnimg terrordan boshqa yo’lini rad etishi, jangariligi va yuqori darajada ijtimoiy xavfliligi bilan ajralib turadi.
Afg’onistonda o’tgan asrning 70-yillarga kelib , ekstremizm va fundamentalizmning eng yirik o’chog’iga aylana boshladi. Aynan ushbu mamlakatdagi siyosiy beqarorlik tufayli turli mamlakatlardan o’zining xunik qilmishlari uchun badarg’a qilingan qora kuchlar Afg’onistonga ko’chib kela boshladi va bu yerda mustahkam o’rnashib oldi .“ Tolibon” nomi bilan atalgan ekstremistlar ularga boshpana berib ularni qo’llab quvvatlab turganlar.Shu borada aytish joizki, ayrim yirik davlatlar o’zlarining geosiyosiy manfaatlarini ro’yobga chiqarish uchun ham yordam bergan. Natijada ushbu mamlakat ekstremizm va terrorizmning haqiqiy o’chog’iga aylandi. Bu hol nafaqat uning balki, unga tutash mamlakatlarning xavfsizligiga ham tajovuz solmoqda.
Bugungi kunda diniy shiorlarni o’ziga bayroq qilib olib turli xil qo’pol harakatlarni amalga oshirmoqdalar. Yuqoridagilaga qo’shimcha qilib quyudagi misollarni keltirib o’tmoqchiman.
2008 yil 26 noyabrdan 29 noyabrgacha “ Dekkan mujohiddin ” ekstremistik tashkiloti tomonidan Mumbaydagi Tojmahal mehmonxonasi, shahar shifoxonasi va Yahudiylar markaziga uyushtirilgan terrorchilik xurujlari oqibatida 195 kishi halok bo’lgan , mingga yaqin kishi o’g’ir tan jarohat olgan.
2013 yil 21 sentabrda Keniya poytaxti Nayrobida joylashgan “ Vestgyet ” savdo markaziga Somalidagi “ ash-Shabab” tashkiloti jangarilari qurolli bosqinni amalga oshirib , nafaqat boshqa din vakillari , balki islom ta’limotlarini to’liq bilmagan musulmonlarni ham qiynoqqa solishgan. Natijida, 70 ga yaqin inon hayotdan ko’z yumib , 200 dan oshiq insonlar tan jarohati oshdi .
2014 yil 26-noyabr kuni “ Boko Haram” terrorchi guruhi Negiriyaning Barno shtatidagi ikkita qishloqqa hujum qilib, vayronaga aylantirdi.20 dan ortiq kishi vafot etdi.
2015 yil 10 oktabr kuni Turkiyaning poytaxti Anqarada portlash sodir bo’ladi.Terakt oqibatida 95 kishi vafot etadi. 246 kishi jarohat oladi.
2015 yil 31-oktabr kuni Sinay yarimorolida Sharm al- Shayxdan Sankt-Peterburg shahriga uchgan samolyot halokatga uchraydi. Ushbu halokat rasmiy ravishda terakt deb baholandi. Unda 224 kishu vafot etdi
Sefrlarga to’xtalsak ularning soni ko’plab uchraydi. Yuqoridagi holatlar bunday harakatlarning ko’lami kengayib borayotganini ko’rsatadi.Bunday vaziyatlar albatta jamiyat hayotiga jiddiy tasir ko’rsatadi. Umuman olganda diniy ekstremizm va terrrorizmning yoshlar kelajagi va jamiyat barqarorligiga salbiy tasiri juda kattadir.
Jamiyat barqarorligiga tahdid solayotgan diniy ekstremizm va terrorizmga qashi kurashda quyudagi vazifa va usullardan foydalanish kerak.
Birinchidan, barcha musulmon mamlakatlarida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash usuli butun xalq va boshqa mamlakatlar bilan birga Prezdentimiz Oliy Majlis va Qonunchilik palatasi va Senatning qo’shma majlisida qayd qilganidek, “birinchi navbatda yoshlar ongini zaharlayotgan , ulardan terrorchilar tayyorlayotgan, musulmon olamida xalifalik davlati tuzishni xomxayollarni amalga oshirishga urinayotgan qabih kuchlarning ildizini qirqib tashlash kerak .Buning uchun ekstremizmni muqaddas , ma’rifatli , bag’ri keng islom dini bilan bog’lashdek xavfli urinishlarga , islomni obro’yini tushurishga qarshi keng ko’lamda kurash olib bormoq kerak”24 .
Ikkinchidan , ularga qarshi ichki va tashqi jabhalarda keng ko’lamli kurash olib borish zarur. Ichki jabhada eng avvalo yangi ish joylarini yaratib , yoshlarni ish bilan taminlash , ularni davlat va jamoatchilik tomonidan iqtisodiy jihatdan qo’llab quvvatlash , siyosiy sohada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ko’ppartiyaviylikka yo’l ochib berish zarur . Tashqi jihatdan xalqaro seminar , konferensiyalar tashkil qilib , xalqaro bitimlar asosida kuchlarni birlashtirish zarur .
Uchinchidan , sog’lom qadriyatlar va adolat bo’lmagan joyda g’oyaviy bo’shliq sodir bo’ladi .Shu bo’shliqni to’ldirish uchun nosog’lom va bizga yot zararli begona g’oyalar kirib keladi va ular mafkuraviy tuzoq qo’yishga harakat qiladilar .Bu borada Prezdentimiz Islom Karimov alohida qayd etganlaridik , “ Biz xalqaro munosabatlarni mafkuralashtirishga bo’lgan har qanday urinishga qarshimiz ”.25SHuni hisobga olib bizning bugungi kundgi vazifamiz o’zbek xalqining tarixiy milliy qadriyatlar asosida shakllanan milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasini yoshlarimizning ongi va qalbiga talim tarbiyaviy usullar bilan singdirib borish mamlakatimizdagi uzoqni ko’zlagan muhim strategic vazifadir .
Tortinchidan , terrorizmga qarshi kurashni xalqaro miqyosda huquqiy asoslarini yaratish borasida AQSH da 40 ga yaqin qonunlar qabul qilingan .O’zbekistonda ham bu borada maxsus qonunlar mavjud bo’lsada , ularni yanada boyitish , takomillashtirish hamda xalqaro darajada uyg’unlashtirishimiz davrimiz talabidir.
Beshinchidan , terrorizmga qarshi kurashda manaviy marifiy usullardan keng foydalanish lozim .Bu usulning ikkita kimponenti mavjud bo’lib , birinchisi o’quv talim muaassasalarida dunyoviylik ilmi berib tabiyalash bo’lsa, ikkinchi yo’l , islom dining muqaddas manbalari Qu’roni Karim va Hadislardan kengroq foydalanish asosida islom dini marifiy asoslarini , mohiyatini tushuntirib berish kerak.
Oltinchidan , terrorchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik yo’li bo’lib , unda davlatlararo shartnomalar, mintaqaviy va jahon davlatlari hamkorligi kabi xalqaro global usullardan foydalanish lozim .Bu borada Oliy Majlis Qonunchilik paatasi va Senatining qo’shma yig’ilishida , Markaziy Osiyo hamkorlik tashkiloti , SHanxay hamkorlik tashkiloti ,MDH kabi tashkilotlar bilan faol ish olib borilsa , mintaqada xavfsizlik , tinchlik va barqaror rivojlanishning muhim imkoniyati yaratiladi .
Yettinchidan, antiterroristik kurashning samarali usullaridan biri terroristic tashkilotlarni moliyalashtirayotgan mablag’ bilan taminlayotgan ayrim davlat, xalqaro va jahon banklaridagi hisob raqamlarini yopib qo’yish antiterror kurashning samarali usullaridan hisoblanadi.


Download 350.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling