Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan diniy ekstremistik


Download 350.66 Kb.
bet7/17
Sana17.06.2023
Hajmi350.66 Kb.
#1519909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tari

1.3 Barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan diniy ekstremistik
va terroristik guruhlar va tashkilotlar
Hozirgi kunda jamiyat barqarorligi va xavfsizligiga juda katta salbiy tasir ko’rsatadigan diniy ekstremistik va terroristic guruhlar va tashkilotlar mavjud . Xo’sh bunday diniy ekstremistik va terroristik guruh va tashkilotlarning kelib chiqishi , uning faoliyat harakatlari salbiy tasirlari haqida to’xtalib o’tsak . Dunyoda 500 ga yaqin (ularning soni har xil ko’rsatiladi ) diniy ekstremistik va terroristic tashkilotlar mavjud. Bugungi kunda diniy ekstremistik va terrorchi tashkilotlarlarning qo’poruvchilik faoliyati asosan Filippin , Hindiston, Pokiston , Iroq , Suriya , Avg’oniston ,Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya Federatsiyasi, AQSH , Yevropa ,Afrika va Lotin mintaqasi mamlakatlari kabi hududlarga o’z navbatida bizning davlatimizga ham o’z tasirinii o’tkazgan.
Diniy ekstremistik va terrorchilik tashkilotlarining asosiy maqsad va faoliyatlari quyudagilardan iborat:
-aholiga hanafiylik mazhabiga zid mutaasib va siyosiylashtirilgan g’oyalarni singdirish .Buning uchun aholi orasida aqidaparastlik g’oyalarini targ’ib qilish , “ Xizbut-tahrir ” kabi guruhlarning talimotlari davat qilinadi ,” jihod” , “shahidlik” g’oyalari targib qilingan adabiyot , vedio va audio tasmalar tarqatiladi , “yashirin” hujralar tashkil qilinib , o’qiyotganlarga mutaassib tushunchalar singdiriladi;
- ijtimoiy –siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish , dinlararo va millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish . Buning uchun aholi ichida va xorijiy axborot vositalarida O’zbekistondagi ijtimoiy –siyosiy holat , jumladan , diniy siyosat , imomlarning faoliyati bo’yicha ig’vo tarqatiladi ,shuningdek , yashirin guruhlar tuzilib , ular tomonidan mutaassib ruhidagi diniy tashviqot yuritiladi ,terrorchilik amaliyotlari amalga oshiriladi ;
-xorijda faoliyatlar yuritilayotgan diny ekstremistik tashkilotlar bilan mustahkam aloqalar o’rnatish , ular yordamida jangarilar tayyorlash ; 26
Terrorchilik harakatlarning asosiy belgilari :

  • xalqaro huquq himoyasidagi obyekt yoki subyektlarga qarshi qaratilgani ;

  • davlatlar chegaralarini buzish orqali amalga oshirilishi ;

  • a’zolari ikki yoki undan ortiq davlat fuqoralari , shu jumladan ,yollanma shaxslar bo’lgan ekstremistik guruhlar tomonidan sodir etilishi ;

  • ekstremistik guruhlar tarkibida qo’poruvchilik harakatlari bo’yicha xorijlik yo’riqchilarning qatnashishi;

  • ekstremistik guruh azolarining boshqa davlatlar hududida tashkil etilgan maxsus lagerlarda tayyorgarlik ko’rishi ;

  • tayyorgarlik ko’rish va qo’poruvchilikni sodir etishda xorijiy davlatlar va ekstremistik uyushmalar yordamidan xalqaro tus olgan noqonuniy qurol –yarog’dan savdosi vanarkobeznisdan keladigan moliyaviy manbalardan foydalanishi uning xalqaro terrorchlik xuruji ekanini ko’rish ;

SHunday qilib diniy ekstremistik va terroristic tashkilotlar faoliyatlari amalda 3 ta usulda olib borilishi kuzatiladi :
1-usul :diniy tashkilot bo’lgan masjidlarga yordam ko’rinishida bo’lgan;
2-usul :diniy tashkilotlar tuzish orqali amalga oshiriladi; Masalan, 1990 yilda “ Tavba” , “ Akromiylar ” , “ Nurchilar” , “ Islom lashkarlari ” , “ Adolat ” kabi tashkilotlar tuzishgan .
3- usul : ish uslubida davlat tomonidan kam etibor beradigan joylarda o’zlarini nazoratini o’rnatish yoki kuchaytirish orqali olib boradi .
Hozirgi kunda ekstremistik va terroristic tashkilotlarning uchta geografik markazi mavjud :
1 – markaz: SHimoli Afrika : Misr . Jazoir , Sudanda “ Musulmon biridarlari ” 1928 yildan buyon faoliyat ko’rsatmoqda;
2 – Yaqin SHarq : Falastin , Iroq , Livan bo’lib , u yerda asosan “ Hizbuloq ” faoliyat olib boradi . Bu tashkilot hozirgacha 800 ga yaqin terroristic jinoyatlarni oshirgan .
3 – Janubiy SHarqiy o’choq deb ataladi . Pokiston janubida “ Al –Qoida ” , “ Turkiston islom harakati ” , “ Tolibon kuchlari ” faoliyat olib boradi
Hozir XXI asr shiddat bilan rivojlanayotgan davrda axbot texnologiyalari rivojlanoqda Internet ommalashim ketdi . Terrorist guruhlar mana shu omildan ham o’z maqsadlari yo’lida keng foydalanmoqda .Terroristlarning internetdan foydalanishinng qulay taraflari mavjud :

  1. internetga kirishning osonligi;

  2. foydalanuvchilar sonining ko’pligi ;

  3. aloqaning anonimlari ;

  4. tashqaridan boshqarish va tahrir qilish cheklanganligi ;

  5. axborotlar qisqa muddatlarda keng makonda tez tarqalishi ;

  6. faoliyat sarf – xarajatlarining bir necha barobar kamligi ;

SHuningdek terrorist va ekstremistlar Internatdan quyudagi maqsadlarda foydalanadi :

  1. targ’ibot va tashviqot maqsadida malimot tarqatish ;

  2. yangi azolarni yollash ;

  3. azolik va xayriya badallarini yig’sh hamda ulardan foydalanish

  4. tarmoq va shaxobchalar tashkil etish ;

  5. terrochilarni o’qitish va ko’rsatmalar berish ;

  6. razvedka va malumot qidirish ;

  7. yangi terrorchilik harakatlarini rejalashtirish va boshqarish ;


Butun yer yuzida eng katta diniy ekstremistik va terroristic tashkilotlar va gurular mavjud . Ularning harbirining vujudga kelishi va shakllanishi siyosiy faoliyatlari har xildir.
Diniy- ekstremistik tashkilotlarning asosiy faoliyat usullari quyudagilardan iborat :

  • diniy –ekstremistik ruhdagi’ shu jumladan, “ jihod”, “ shohidlik” g’oyalari targ’ib qilingan varaqa, adabiyot, vedio va audio tasmalarini tarqatish ;

  • yashirin “ hujralarda” o’qitilayotgan radikar islomiy tushunchalarni singdirish;

  • O’zbekistondagi ijtimoiy- soyosiy holatni keskin qoralash ;

  • rasmiy diniy tuzilmalarni obro’sizlantirish ;

  • yashirin guruhlar tuzish va uning a’zolarini maxsus tayyorgarlikdan o’tkazish;

  • o’z tarafdorlarini davlat strukturalariga kiritishga urinish ;

  • ayollardan iborat yacheykalarni kuchaytirish;

  • terror vositalardan samarali foydalanish kabilar 27.

Hozirgi kunda terrorchilik faoliyatining quyudagi shakllari bor. Bular birinchidan, siyosiy motivlar bo’yicha amalga oshirilgan terrorizm, yani hokimiyatni yo’q qilish maqsadida davlat va jamoat arboblarini yoki hokimiyat vakillarini o’ldirish , portlashlar , yong’inlar , shuningdeh odamlar halok bo’lishi xavfini tugdiruvchi harakatlar sodir etish va boshqa og’ir oqibatlar keltirib chiqaradigan o’zga harakatlar.Shu jihatdan turli siyosiy kuchlarning o’ta ekstremistik doiralari katta xavf tug’diradi; ikkinchidan, davlatga va uning vakillariga jinoyat ishlarini tergov qilishda xalaqit berish, jinoyatga oid qattiq siyosat olib borishga va davom ettirilishiga to’sqinlik qilishga qaratilgan , huquqni muhofaza qiluvchi organlarining faol xodimlarini yo’q qilish , sudyalarini yengil hukm chiqarishga majburlash , tergovga jinoiy faoliyatni yo’q qilish va bartaraf etishda yordam berishi mumkin bo’lgan jabrlanuvchilar, guvohlar va jurnalistlarni qo’rqitish yoki dahshatga solish maqsadiga ega bo’lgan uyushgan jinoiy birlashmalarning jinoiy terrorizmi; uchinchidan, hokimiyatning feudal organlari faoliyatini to’xtatib qo’yish hamddasiyosiy yoki iqtisodiy mustaqillikka ega bo’lganseperatist kuchlarning milliy terrorizmi ; to’rtinchidan,odamlarni garovga olish orqali samolyotlarni olib qochadigan havo terrorizmi. Ushbu turga kiradigan terrorchilik harakatlari turli motivlar bo’yicha sodir etildi: boshqa mamlakatlardan siyosiy boshpana olish uchun, sodir etgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikdan qochish maqsadida hamda g’arazli yoki boshqa shaxsiy niyatlarda ; beshinchidan, urush yoki xalqaro ziddiyatlar keltirib chiqarish maqsadida xorijiy davlat vakillarini o’ldirish orqali amalga oshiriladigan xalqaro terrorizm . SHunday terroristic tashkilotlar hozirda juda ko’plab uchraydi .Terroristik tashkilotlar haqida to’liqroq malumotlar berishga harakat qildim ushbu bitiruv malakaviy ishda.
“ Xizbut – tahrir al –islomiy ”- (Islom ozodlik partiyasi )- harakati musulmon davlatlarini birlashtiruvchi xalifalik davlatini tuzishni bosh maqsaddeb elon qilgan, Bu tashkilotga 1953 yilda Taqiyiddin Navbahoniy ( 1909 -1979) tomonidan tuzilgan tashkilotdir. Dunyoviy davlat tamoyillari qoralangan , demokratiya , konstitutsiya va saylovlarni inkor etadi , siyosiy hokimiyatni davlat to’ntarishi orqali egallashga qaratiladi . Shu o’rinda takidlash kerakki , “ Hizbut tahrir ” ancha ustalik va firibgarlik bilan faqat g’oyaviy kurash olib boramiz deb yoshlar ongini ham zaharlash ishlarini amalga oshiradi. Ularning ish faoliyati quyudagicha:

  1. Bosqich islomiy harakatni shakllantirish ;

  2. Bosqich butun xalqni islomlashtirish ;

  3. Bosqich inqilob qilib davlat to’ntarishi amalga oshiradi;

Tashkilot asosan yashirin “ halqalar ”tuzish og’zaki va varaqa tarqatish orqali o’zining targibot ishlari olib borgan .Tashkilot 1960-1970 yillarda turli mintaqadagi davlatlarning hukumatlariga nisbatab bir necha bor fitna uyushtirishda qatnashgandan so’ng uning faoliyati deyarli barcha musulmon davlatlarida shuningdek. 2003- yildan boshlab Rossiya va Germaniyada ham taqiqlanadi .” Hizb ut –tahrir ” ning faol harakati 1970-80 yillardan buyon Pokiston ,Indoneziya , Pilippin , 1990 yillar boshlaridan esa Markaziy Osiyo davlatlarida ,2003-2004 yillarda Rossiya va Ukrainaning bir qator mintaqalarida kuzatilgan . Tahkilot o’z faoliyatini targ’ib qilishni asosan uch bosqichda olib boradi.
birinchisi , “ tasqif ” –tushuntirish ishlari bosqichi . Unda hali to’liq ong shakllanmagan .fikri zaif , dunyoqarash shakllanmagan, fikri zaif ,tasirga beriluvchan yoshlarni ,tuzoqqa ilintirish ,davlat muassasalari, huquq-tartibot va hokimiyat idoralarigi shaxslarni o’z tarafiga o’dirish ishlarini olib boradi .
ikkinchisi , “ tafoul ” – birgalikda harakat qilish bosqichida fikriy kurash orqali “ Ummatning uyoqda turushi , fikriy onglilik , kelajak masalalarini idrok etish masalalari idrok etish orqali erishishi ” yo’lida fikriy inqilobni nazarda tutadi.
uchunchidan , “ inqilob ” – to’ntarish bosqichida tarbiyalangan yoshlar orqai hokimiyatni egallashga mo’ljallangan.Tashkilot islom dinining ananaviy fiqqiy yo’nalishlarini , aqidaviy talimotlarga qarshi fikrlar bildirildi. Ularning davosicha “ yagona xalfalik davlati “ ni tiklash islom dinidagi muhim farz amallaridan biri hisoblangan uch kundan ortiq mussulmonlar xalfasiz yashashlari haromdir .Hattoki “ Hizb ut tahrir ” harakati payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) dan rivoyat qilingan ohod hadislar28
So’ngi yillarda “ Hizb ut- tahrir” da g’oyaviy yakdillik yo’qolib, faoliyatida yuzaga kelgan samarasizlik tarkibiy bo’linishlarga olib keldi, “Hizb un nusra” guruhi ajralib chiqdi. SHuningdek, “ Hizb ut tahrir” ning “ Ayollar qanoti” kuchaytirilishi barobarida ular orasida o’zini –o’zi o’ldirish amaliyotidan keng foydalanilmoqda.Ular yosh qiz va ayollarga “ ularga uy tutish sirlari” ( pazandachilik, tikuvchilik) ni o’rgatish orqali harakatning g’oyalarini targ’ib qilish, tuzoqqa ilingan ayollarni go’yoki , “ hijrat” qilish yo’lida chet davlatlardagi o’z “ birodarlarga” yordam berish uchun jo’natish yoki jazo muddatini o’tayotgan jamoa azolariga turmushga chiqishga davit etish kabi amalyotlar bilan shug’ullanmoqdalar. Mazkur harakat g’oyalarini O’zbekistonga kirib kelishi o’tgan asrning 80-yillari o’rtalariga borib taqaladi.“ Hizbut tahrir” terrorchilik yo’liga o’tganligining isboti sifatida quyudagilarni keltirishimiz mumkin .Ular :

  1. 1999- yilning 16- fevralidagi O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezdenti Islom Karimovga qarshi uyshtirilgan terrorchilik harakatlari ;

  2. qo’poruvchilik – terrorchilik guruhlarining qo’shni mamlakat orqali Toshkent va Surxandaryo viloyatlariga kirishga urinishi ;

  3. 2004- yil mart va aprel boshlarida Toshkent shahri va Buxoro viloyatlarida sodir etgan terrorchilik harakatlari ;

  4. 2004- yil 30- iyulda Toshkent shahrida amalga oshirilgan AQSH , Isroil elchixonalari va O’zbekiston Respublikasi Bosh prokraturasi binosi yonidagi terrorchilik harakatlari ;

  5. “ Xizbut tahrir ” tomonidan radikal diniy g’oyalarni o’z ichiga olgan varaqalarning tarqatilishi va harakatlarni faollashtirishga chaqiriqlar kabi jinoyatkorona ishlari orqali ko’rish mumkin :

Bu davrda “ hizb” chilarning ta’limotlariga oid chet davlatlarda nashr etilgan , mutaassiblikka yo’g’rilgan va yuqorida qayd etilgan g’oyalar aks etgan turli xildagi kitob ,risola va jurnallar noqonuniy yo’llar bilan yurtimizga kirib keldi. Bu tashkilotga qarshi hukumatimiz tomonidan olib borilgan amaliyotlar sababli yurtimizda ushbu tashkilotning faoliyatiga chek qo’yildi .
“ Turkiston islom harakati ” (sobiq O’zbekiston islom harakati ) 1996 yilda tashkil topgan norasmiy diniy –ekstremistik tashkilotdir.
Uning asoschisi Tohir Yo’ldoshev va Juma Hojiyev bo’lib , harakat tarkibiga 1992-93 –yillarda O’zbekistonda faoliyati taqiqlangan “Adolat “ uyushmasi , “ Islom uyg’onish partiyasi ” , “ Odamiylik va insoniylik ” , “ Turkiston islom partiyasi ” , “ Islom lashkarlari ” , kabi diniy ekstremistik guruhlarning sobiq faollarini o’z tarkibiga birlashtirgan edi .Harakatning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo hududida “ Buyuk Islom Xalifaligi ” ni tiklash , unga musulmonlar yashaydigan Kavkaz va Rossiya Federatsiyasining Volgabo’yi mintaqalarini ham qo’shib olishdan iborat .By maqsadga erishish uchun qo’poruvchilik va terrorchilik harakatlarini amalga oshirish , odamlarni garovga olish orqali O’zbekistondagi ichki siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish asosiy vazifa qilib belgilangan.
“ Turkiston Islom harakati ” azolarining har qanday yangilikni inkor etish , qabrlarni ziyorat qilish , dunyodan o’tganlar ruhiga bagishlab ,Qu’ron tilovat qilish, qabr ustiga belgi- qabrtosh qo’yish , musiqa, teatr, sanatni , bidat sanash , tug’ilgan kun nishonlashni kechirilmas gunoh deb hisoblashi ularning g’oyalarini asl islom ahkomlari va hanafiylik ta’limotiga butunlay zid ekanini ko’rsatadi.
Mazkur guruh “ al- Qoida ” va “ Tolibon ” harakati kabi terrorchi tashkilotlar bilan yaqin aloqada faoliyat olib boradi. Ushbu tashkilot jangarilari 1999 –yili Toshkent shahri va viloyatida , 2000 yili- Toshkent va Surxandaryo viloyatlarida , 2004 yili- Toshkent va Buxoroda , 2005 yili – Andijonda , shuningdek , 1999 , 2000 , va 2006 –yili qo’shni Qirg’izistonda , 2006 –yili Tojikistonda terrorchilik harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etgan .
So’nggi yillarda “ Turkiston Islom harakati ” talofatlar ,strukturaviy o’zgarishlar , rahbarlar azolari o’rtasidagi yo’qotishlarga duch keldi. Shu sababli, 2014 –yil sentabr oylarida “ Turkiston Islom harakati ” rahbari Usmon G’oziy “ ISHID” ni qo’llab – quvvatlab ular bilan bir safda ekanligini malum qilib , ularning yordamiga erishishga harakat qilmoqdalar .
“ Nurchilar “- bu tashkilotmimg asoschisi turkiyalik Sayyid Nursiy. U o’ziga Badiuzzamon ( arabcha- “ zamonaning buyugi”, “ benazir” laqabini oladi.Qur’on karim oyatlarining sharhlari va diniy ko’rsatmalaridan iborat “Risolayi Nur” kulliyotini yozib tugatdi. Ushbu tashkilot hukumat tomonidan taqib etilgani sababli ushbu asar 1954 yilgacha biror bir nashriyotda chop etilmay, harakat faollari tomonidan qo’lga ko’chirilib ,xalq orasida maxfiy tarzda tarqatiladi. Mazkur tashkilotning asl maqsadi – mavjud hokiiyat uchun qarshi chiquvchi o’ta diniy , muatasib kishilarni tarbiyalashdan iborat .Tashkilot vakillari o’zining tarkibiga yangi azoni jalb qilishda birinchi navbatda nurchilar jamoasi vakillari umuman siyosatdan uzoq deydi , bu holat aslida o’zlari tarafiga og’dirib olish uchun bir niqob sifatida foydalanadi , ularning faoliyati negizi asosida aynan siyosatga aralashuv yotadi.
1960 –yil 23 –martdavafot etgan Said Nursiydan so’ng harakat tarkibida uning shogirdlari nomi bilan ataladigan turli tarmoqlar vujudga keldi.Ularning ichida Fathulla Gyulen, Mustafo Sungur va Mehmet Kutlular rahnamoligidagi tarmoqlar nisbatan keng tarqaldi. Ular Turkiya shaharlarida Ta’limotninng asossiy manbayi – “ Risolayi Nur”ga asoslangan dastlabki o’quv kurslarini ochishga muvaffaq bo’lishdi.
Hozirgi kunda “ Nurchilik ” harakati Turkiyadagi eng nufuzli oqimlardan biri , talim sohasida ta’lim sohasida Turkiya milliy ta’lim vazirligidan keying mavqeyini egallaydi . Harakat ta’lim sohasi bilan birga , mamlakatdagi ommaviy axborot vositalari hayotida ham kuchli mavqeyiga ega bo’lib , turk va ingliz tilida chiquvchi 14 ta jurnal , “ Zamon ” kundalik ro’znomasi , “ Somon yo’li” telivizion kanali va 2 ta radiostansiya faoliyatini olib boradi.
Bu oqimning yurtimizga kirib kelishi 1992-yildan boshlab kuzatiladi.Dastlab oqim g’oyalari turkiyalik ekstremistlarning manaviy- moddiy ko’magida yetkazilgan .Respublikamizda nurchilar harakatlari azolari yig’iladigan manzillar aniqlanib , lozim bo’lgan choralar ko’rilgan . Ayni vaqtda ular maxfiy tarzda faoliyat olib borihga harakat qilmoqdalar .Harakatning asosini asosan yoshlar tahkil qiladi , o’zlari tomonidan chop etilgan varaqalarni tarqatish yo’li bilan harakat tarkibi kengayib bormoqda. Tashkilotning strategiyasi uzoq davrga mo’ljallangan bo’lib, asta- sekinlik bilan yoshlar panturkizm va mutaassiblikni, diniy g’oyalarni singdirish, kelajakda ularning rahbar lavozimlariga tayinlash orqali “ Nurchilik” jamoasiga moyil shaxslarni tarbiyalab hokimiyat tepasiga chiqarishga asoslangan. Harakat o’ faoliyatida “ Risolayi Nur” kitobida bayon etilgan g’oyalarga asoslanadi hamda u boshqa barcha manbalarni inkor etadi. Mazkur oqim azolari Hindiston,Pokiston va Malayziya mamlakatlarida ham paydo bo’lgan . SHuningdek, Amerikada tehsil oluvchi turk qabilalari orasida nurchilar davatiga ergashuvchilar borligi sababli bu harakat AQSH hududida ham tarqalmoqda. Ushbu tashkilot bizning yurtimizga kirib kelgandan keyin uning asl maqsadlari oshkor etilib, 1999 yilda uning faoliyati taqiqlanib, mamlakatimizdagi barcha letsiylar yopildi.Barcha maqola , jurnallar kitob lar foliyati cheklandi . Ushbu tashkilot o’z faoliyati davomida ko’pgina terrorchilik harakatlarini olib borgan
“ Akromiylar ” guruhi asoschisi – Akrom Yo’ldoshev jihodchilarning Andijondagi g’oyaviy rahnomosi Abduvali Mirzayev shogirdlaridan. 1990 yillarda “ Xizb ut - tahrir”mahalliy rahbari Abdurashid Qosimovdan tehsil olgan . Keyinchalik A.Yo’ldoshev “ Xizb ut tahrir” chilar bilan kelisha olmay , ajralib chiqqan . “ Xalifalik”, “ Izzat va sharaf sari ”, “ Islom nizomi” nomli adabiyotlardan foydalangan holda 12 darsdan iborat harakat dasturini ishlab chiqdi.
“ Akromiylar ” o’z saflariga jalb qilinuvchi shaxslarga ruhiy tasir o’tkazish va ularga go’yaviy jihatdan birlashtirish maqsadida faoliyatlarini quyudagi asosiy davrlarga bo’lgan holda amalga oshirishlari aniqlangan.“Sirli”yoki “ Maxfiy” (o’z tarafiga munosib nomzodlar jalb qilish ); “ Moddiy ” yoki “ Iqtisodiy ” (iqtisodiy yordam va ish bilan taminlash , topgan foydadan jamoa uchun ajratish) ; “ Ma’naviy ” yoki “ Siyosiy” (g’oyaviy jihatdan qayta ishlov , din va siyosatni qo’shib o’rgatish ); “ Uzviy maydon ” (tayyor bo’lgan azolarni zarur joylarga qo’yish .faoliyat doirasini kengaytirish ); “ Oxirat ” yoki “ To’ntarish ” (asl va asosiy maqsad : vaziyat yetilgach mavjud tuzum o’rniga o’z hokimiyatlarini o’rnatish ). So’ngi ikki bosqich jamiyat islomlashtirilgandan so’ng amalga oshirilishi va u orqali hokimiyatni butunlay egallash rejalashtirilgan . Mazkur bosqichlar maxfiy ijro muddati qatiy belgilanmagan holda amalga oshirilishi aniqlangan.
Tashkilt o’zaro aloqalarni mustahkamlash maqsadida , tadbirkorlik bilan shug’ullanganlar hamda yangi azolarni asosan qarindoshlar hisobiga savdo do’konlari , sartaroshxona , novvoyxona , duradgorlik , qandolatchilik kosibchilik va mebel ishlab chiqarish sexlariga ishga jalb qilish orqali kengaytirishga harakat qilganlar .” Akromiylar “ mavjud tuzumni har doim yomon ko’rstib , kamchiliklarini,
Tashkilot azolari har bir tuzilma uchun birinchi navbatda, moliyaviy asos yaratilishini alohida takidlagan . Shu maqsadda harakatlarini rivojantirish uchun “ birodarlar ” daromadining 20 foizidan tushadigan mablaglar jamg’armasini tuzganlar. Jamg’armaning asosiy qismini yangi ish o’rinlarini tashkil etish va azolari safini kengaytirishga sarflaganlar .
Islomiy jihod ittihodi.Bu tashkilotga oldin “ Turkiston islom harakati” azosi bo’lgan o’zini amir deb elon qilgan Najmiddin Jalolov asos slogan. Mutaxasislar fikriga ko’ra “ Islomiy jihod ittihodi ” guruhi “ Turkiston islom harakati” dan ajralib chiqqanini aytishadi. Buning asosiy sababi moliyaviy masalalar , strategiya va maqsadlar bo’yicha “ Turkiston islom harakati ” bilan bir guruh jangarilar ‘rtasida ixtilofning yuzaga kelishi asosiy sabab bo’lgan.
Guruhning asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasi hukumatiga qarshi chiqish , konstitutsiyaviy tuzumni ag’darish , terrorizm orqali islom xalifaligini o’rnatishdan iborat. Ushbu maqsadda guruh Afg’oniston , Pokiston va Kavkazdagi xalqaro terrorchi jamoa va tashkilotlar o’rtasida mustahkam aloqalar o’rnatilgan .
Markaziy Osiyo mintaqasidagi faoliyati davomida bir qator teraktlar sodir etgan. Tashkilot azolari tomonidan 2009-yil O’zbekiston Respublikasi viloyatida qo’poruvchilik harakati sodir etilgan . 2009 –yilning yoz oylarida ular tomonidan Toshkent shahri , Qasgqadaryo va Toshkent viloyatlarida amalga oshirilgan qotillik va bosqinchilik natijasida 3 kishi halok bo’lgan , 20 dan ortiq fuqaro turli xil tan jarohatini olgan
“ Islom jihodi ittihodi” bugungi kunda “ Internet ” trmog’i orqali targ’ibot ishlarini o’tkazish va mehnat migrantlari ichida yollash ishlari o’tkazish kabi usullar bilan o’z safini yangi jangarilar bilan to’ldirishga harakat qilganlar .
“ Tablig’chilar ” diniy harakati Muhammad Ilyos Handehlaviy ismli shaxs tomonidan 1927–yilda SHimoliy Hindistonning Mevat shahrida asos solingan .Guruh asosan islom bayrog’i ostida faoliyat ko’rsatib turib islom dini asoslarini buzadigan harakat hisoblanadi. Dastlab Hindistondagi musulmonlar orasida faoliyat yuritgan harakat Ikkinchi jahon urushidan keyin Misr , Turkiya, Saudiya Arabiston va ayrim Yevropa mamlakatlariga tarqaldi. Hozirda harakatning asosiy markazlari Hindistonning Bxopal , Pokistonning Rayvin va Bangladeshning Dakka shaharlarid joylashgan.
“ Tablig’chilar ” dunyoviylikni inkor etuvchi , siyosiylashtirilgan va mutaasib diniy mafkurani tashviqot qilish va uning tarafdorlarini ko’paytirish orqali o’z tasirini butun dunyoga yoyishni maqsad qiladi .Harakat azolari har yili 40 kun uyma-uy yurib targibot va tashviqot ishlarini amalga oshiradi.Ular ilgari surayotgan g’oyalar xanafiylik mazhabiga zid bo’lib , aqidaparast guruhlarning g’oyalari singari dinda mutaasiblikni targ’ib qiladi. Bu diniy ekstremistik va terroristic harakatning Markaziy Osiyoga kirib kelishi 1990- yillarning boshiga to’g’ri keladi. Bu paytda Sovet ittifoqining parchalanishi va mustaqil davlatlarning tashkil toppish davri edi. Mustaqillikka erishgan sobiq sovet respublikalarida dinga juda erkinliklar berilishi bilan birga , ayrim bizga qo’shni bo’lgan mamlakatlardademokratik shior ostida turli diniy sektalar rivojiga qonuniy zamin ham yaratilib berildi .Tablig’chilar ham bunday imkoniyatdan foydalanib qolmadi .Jumladan ,ular qo’shni Qozog’iston va Qirg’izistonda va Tojikistonda targ’ibot ishlarini olib borilgan . Tablig’chilar Markaziy Osiyoga kirib kelgan davrda O’zbekistonni ham chetlab o’tishmadi. Dastlab ular boshqa hududlarga kirib borishdagi usullar orqali yurtimiz diniy yetakchilari haqida malumotlar yig’ib ,dindorlar va yoshlarning ahvoli , hukumatning dinga bo’lgan munosabati haqidagi masalalarni o’rganishgan.Dinga bo’lgan munosabatda erkinliklar e’lon qilinganligidan foydalanib ,dindorlar va yurtimiz musulmonlari orasida keng davlat ishlarini olib borishga intilishgan edi .
Yurtimizda ming yillar davomida amal qilib kelinayotgan xanafiy mazhabi hamda “ Vijdon erkinliklari va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi Qonunga zid hatti harakatlari sababli respublikamizda tablig’chilarning faoliyatiga chek qo’yildi .
“ Al –Qoida ” tashkiloti hozirgi kunda eng yirik diniy ekstremistik tashkiloti hisoblanadi .Radikal islom g’oyalariga asoslangan diniy –siyosiy guruhning paydo bo’lishining asosiy sabablari mavjud. Tashkilot Usoma bin Lodin rahbarligida Afgonistonda sobiq sovet armiyasia qarshi kurashda qatnashish uchun ko’ngillilarni yollash va ularni qurol aslaha bilan taminlash maqsadida Pokiston hududida tuzilgan “ Maktab al xidmat ” byurosi asos bo’lib xizmat qiladi .U Abdulloh Azamning g’oyaviy targ’ibotlari asosida 1979 –yili Afg’onistonga keladi va u yerda o’zining jangovar faoliyatini boshlaydi .1988 yili Usoma bin Ladin o’z atrofiga mahoratli jangarilarni to’playdi, shu davrgacha mavjud bo’lgan islom niqobidagi terrorchi tashkilotlarning tayanch bazasini yaratish maqsadida “ Al- Qoida ” tashkilotini tuzadi.
1996 yilda tashkilotning asosiy jangovar kuchlari Afg’onistonning “ Tolibon ” harakati nazoratidagi hududlarga ko’chib o’tdi. Tashkilot o’z faoliyatini aynan shu yerdan olib bordi . 1998 yilda Al- Qoida yetakchiligida “ al- Jamoa al –islomiya ”,”al – Jihod “(Misr) ,” Jamati ulame Pokiston” ( Pokiston ulamoari uyushmasi ), “ Kashmir qo’zg’olonchilari harakati “ (Hindiston ), “Jihod “ ( Bangladesh ), Tolibon harakati vakillari va boshqa bir qancha guruhlarni tuzilganligini elon qilindi .” Butun jahon yahudiy va xristanlarga qarshi kurash islom fronti uyushmasi “ tuzdi va ushbu uyshma raisi Usoma bin Lodin uyushma nomidan G’arb davlatlariga jihod elon qildi.
Tashkilotning dastlabki tuzilmalari G’arb va AQSH ning global yetakchiligiga qarshi kurash, islomning fundamental asoslariga qaytish, yagoba islomiy xalifalik tuzish maqsadlar dasturiga monand ravishda 1992 yilda Xartum ( Sudan) da qayta shakllantirildi. Ushbu tashkilotning bosh maqsadi dunyoviy davlat tuzumlarini ag’darib tashlash va shariatga asoslangan “ islom davlat” qurish .Butun dunyo musulmonlarini ijtimoiy , milliy va davlat boshqaruvi qanday bo’lishidan qatiy nazar , diniy birligini saqlash , islomiy davlat tuzish , xalifa atrofida birlashish go’yasini ilgari suradi.
Al –Qoida tashkiloti o’z maqsadiga erishishda qo’poruvchilik , zo’ravonlik, yollanma qootillik, odamlarni garovga olish, hudkushlar tayyorlash va ular vositasida xunrezliklar uyushtirish kabi harakatlardan foydalanadi.Manbalarda ularning harbiy lagerlari 2001 yilga qadar Afg’oniston , Pokiston, Somali, Sudan, Yaman, Bangladesh kabi davlatlarning tog’li hududlarida faoliyat ko’rsatayotgani qayd etildi .Olib borilgan tadqiqotlarga ko’ra “al- qoida ” tashkiloti yosh go’daklardan iborat” Tuyur ar- janna” hamda ayollardan tashkil topgan “ Harim al- Qoida ” guruhlarini g’arazli maqsadlarda tashkil qilib , ularni terrorchilik harakatlarini amalga oshirishda foydalangan. Tashkilot azolari o’z safini kengaytirish yo’lida internet tarmog’idan keng foydalanadilar. Bu tashkilot xuddi diniy tashkilotlar kabi eyerarxiya shaklida tuzilgan bo’lib “ Majlis ush shuaro ” rahbarlik qildi. Bular harbiy ,moliyaviy, diniy va huquqiy ,axborot va tashviqot qo’mitalarini bo’ysundirgan , ular quyi pog’onadagi guruhlarni boshqargan.Tashkilot asoschisi Usoma bin Lodin 2011 yilda o’ldirilgandan so’ng tashkilotga yetakchilik Ayman az- Zavohiriy boshchilik qilmoqda. O’z faoliyati davomida bosqinchilik, buyurtma asosida qotillik qilish,tovon undirish, qurol-yarog’ va giyohvand moddaaini noqonuniy savdosi kabi jinoiy usullaridan foydalanib kelmoqda.Tashkilot tomonidan arab mamlakatlarining ko’pchiligida diniy muassasalar tashkil qilingan bo’lb bugungi kunda ham faoliyat olib bormoqda.Mazkur muassalar tarkibiga turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi,yo’l qurilish, bank ishi, eksport- import kompaniyalari bilan shug’ullanuvchi va investitsiyalarjoylashtirish kabi boshqa moliyaviy dromd keltiruvchi tarmoqlarni kiritishimiz mumkin.
1989-2001 yillar oralig’ida tashkilotning Afg’onistondagi harbiy mashg’ulot lagerlarida 25 mingdan 100 mingacha bo’igan jangarilar amaliyot o’tagan. Xuddi shunday harbiy lagerlar Sudan , Kavkaz o’lkasi, Bolqon , Yaqin SHarq va Uzoq SHarq mamlakatlarida tashkil qilingan. Tashkilotning dastlabki faol harakati 1992 yilda jangarilar Somalidagi beqarorliklarning oldini olish uchun kiritilgan BMT tinchlikparvar kuchlari tarkibidagi AQSH maxsus qo’shinlarining 18 harbiy xizmatchisini o’ldirgan. 1998 yilda jangarilar Saudiya ArabistoniningDarxon shahri yonida joylashgan AQSH Harbiy havo kuchlari bazasida amalga oshirgan porlash natijasida 19 kishi halok bo’lib, 300 dan ortiq kishi jarohatlandi.
2001 yining sentabrida AQSH da turli reyslar bilan Nyu- York, Boston,va Washington guruhlarining uchgan to’rtta “ Boing -757” samolyoti “ al- Qoida ” guruhiga mansub 18 nafar ishtirokchilari tomonidan egallab olinib , ularning ikkitasi Nyu- Yorkdagi Xalqaro savdo markazi joylashgan “ Egizak ” binolarga , bittasi AQSH qurolli kuchlari shtabi – Pentagonga yo’naltirildi.Oqibatda 19 ta terrorchi bilan birga 2974 kishi hayotdan ko’z yumdi, 100 mingdan ortiq kishi jarohatlandi.AL – Qoida tashkilotlari har yili dunyoning turli burchaklarida o’zlarining terrorchilik harakatlarini amalga oshirib kelmoqda.
2003 yil 13 noyabrda Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan ikki sinagoga yonida portlovchi moddalar bilan to’ldirilgan mashinalar portlatib yuboridi.Natijada 25 mingdan ortiq kishi halok bo’ldi va 300 kishi jarohatlandi.
2004 yilning 11 martida Madriddagi to’rtta temiryo’l bekatida umumiy hisobda 6 ta portlatish amalga oshirildi.Natijada, 200 ga yaqin kishi halok bo’ldi va 1500 dan ziyod kishi jarohatlandi . Politsiyaning taxminiga ko’ra portlatishni Marokashdagi radikal guruh amalga oshirgan.
2005 yil 7- iyunda Buyuk Britaniyaning London shahri metrosida bir qancha terrorchilik harakatlari amalga oshirildi. Oqibatda , 56 kishi qurbon bo’ldi va 700 nafar kishi halok bo’ldi.
2005 yil 5 noyabrda Iordaniyaning Ammon shahrida portlatishlar amalga oshirildi.Buning oqibatida ko’plab kishiar qurbon bo’di
2009 yilning 7 dekabr kuni tashkilot azolari Iroqning Bag’dod shahridagi maktab yonida bomba portlashi natijasida 12 nafar kishi olandan o’tdi, 6 nafar yosh go’dak halok bo’ldi.
Bu tashkilot AQSH Davlat Departamenti tomonidan terrorchi guruhlar ro’yxatiga kiritilgan.Ayniqsa 2001 yildagi portlatishlar natijasida terrorchi guruhlar ham jiddiy talofatlar ko’rgan bo’lsada , keying yillarda yanada o’z tarkibini kengaytirib faoliyat ko’rsatmoqda.
“ an – Nusra ” fronti.Tashkilotning to’liq nomi “ Jabhat an- Nusra li axlish shom ” bo’lib, bo’lib bugungi kunda “Al- Qoida” tashkilotining Suriya va Livan hududidagi shubasi hisoblanadi.Tashkilot 2012 yil Suriyada yuzaga kelgan.Tez orada Suriya hukumatiga qarshi kurashuvchi kuchlarning asosiylaridan biri hisoblanadi.Haakat oldin Iroqda Abu Musab Zarkoviy qo’l ostida harakat qilgan “ al- Qoida” jangarilaridan tashkil topgan .2011 yil Suriyada qo’zg’olon boshlanishi bilan “ al –Qoida ” ushbu jangarilarni Suriyaga jo’natgan. Ushbu frontning asossiy tashkilotchi “Al- Fotih” laqabli suriyalik Abu Muhammad Jaloniydir. AL- Qoida guruhining rahbari “ An- Nusra” ni “ Al- Qoida” ning Suriyadagi yagona bo’g’ini sifatida deb etirof etadi. Tashkilotning asosiy maqsadi mavjud hukumatni ag’darish orqali dastlab Suriya hududida keyin yer yuzida islom olamini birlashtirgan islom shariatiga asoslangan “ islom xalifaligi” ni o’rnatishdan iborat.
“ Jabhat an- Nusra ” harakatining asosiy g’oyalari quyudagilardan iborat:

  • Xalifalikni qayta tiklash, islom shariatini tatbiq qilish ;

  • Jihod orqali davlat tuzimini ag’darish;

  • Qaysi yerga hukmron bo’lsa ,o’sha yerda islom davlatini tuzish;

“ Nusra fronti“ Suriya , Livan , Iordaniya , Isroil va Falastin davlatlarini o’z ichiga olgan.Tashkilotning asosiy faoliyat uslublari hudkushliklar amaliyoti, portlovchi moddalar bilan to’latilgan mashinalarni portlatish , harbiy bazalarga hujum uyushtirish orqali terrorchilik harakatlarini olib boradi.
Tashkilotning bosh hayati –“ Muhojidlar bosh kengashi ” deb nomlanadi.Undan keyin har bir mintaqada kichikroq maslahat kengashlari turadi.Ushbu kengashlar guruhlar nomidan qarorlar qiladi.Tashkilotni amir boshqarib bir vaqtning o’zida ham siyosiy ham diniy shaxs hisoblanadi.Suriyadagi shahar va viloyatlardagi amirlar bo’ysunadi.Diniy ishlar , matbuot xizmati, tashqi ishlar bo’limlari ham faoliyat olib boradi.

Nusra fronti ” asosan “ AL- Qoida ” tashkiloti tomonidan moliyalashtiriladi.Ayrim manfaatdor davlatlaryoki Yaqin SHarq va G’arb davlataridagi bazi jamg’armalar tomonidan maqsadli ravishda ajratiladigan mablag’lar, turli diniy , xayriya tashkilotlari tomonidan ko’rsatilgan yordamlar ham asosiy o’rinni egallaydi.
Tashkilotga azolarining tarkibi asosan Pokiston va Afg’oniston davlatlari hududidagi lagerlarda “ al- Qoida” tomonidan tayyorlangan va undan ajralib chiqqan jangarilar ko’pchilikni tashkil qilardi. Malumotlarga ko’ra ushbu tashkilot tomon
idan 70 ga yaqin hudkushliklar amalga oshirilgan. Shuningdeh, alaviy va shialardan iborat tinch aholiga ham hujumlar uyushtirgan.
2012 yil dekabrda AQSH Davlat Departamenti , 2013 yil may oyida BMT Xavfsizlik Kengashi “ an- Nusra ” harakatini terroristic tshkilotlar ro’yxatiga kiritdi.Avstraliya , Buyuk Britaniya kabi bir qator davlatlarda ham mazkur uyshmani terroristic tashkilot deb elon qilgan. Bu munosabat Suriya muxolif kuchlari tomonidan norozilik bilan qarshi olindi.
Iroq va SHom Islom davlati yoxud ISHID . Ushbu tashkilot salafiy- jihodiy yo’nalishdagi terroristic qurolli guruh.Asosan Iroq va Suriya hududida faoliyat olib boradi. Ushbu guruhning tashkil topishida “ al-Qoida”tashkiloti muhim o’rin tutgan.Daslab, 2004 yilda xalqaro miqyosdagi terrorchi Abu Musab Zarqoviy Iroqda “ Tavhid va jihodharakati” ni tuzadi va “ al- Qoida” njng Iroqdagi bo’limi sifatida faoliyat olib borgan.Harakat doirasini kengaytirish maqsadida keng ko’lamli ishlarni amalga oshiradi. Keyinchalik unga “ Jaysh al- fotihin ” , “ Jaysh as- sahoba ” kabi bir qator terrorchi guruhlar qo’shilishi natijasida Zarqoviy 2006 yilda Abdulloh Rashid Bag’dodiy bog’liq “ Muhojidlar maslahat kengashi” tuzilganini elon qiladi.Buning natijasida Yaqin SHarqdagi bir qancha terrorchi guruhlarni birlashtirgan tashkilot 2006 yil 15 oktabrda “ Iroq islom davlati” nomi ostida Iroqda tashkil topadi.Tashkilotga rahbar etib Abu Umar Bag’dodiy tayinlandi . 2010 yilda Abu Umar Bag’dodiy o’ldirilgandan so’ng tashkilotda Abu Bakr Bag’dodiy rahbar sifatida boshqaradi. Suriyada avj olgan mojarolarga mustaqil armiya sifatida qo’shilgandan keyin 2013 yil 9 apreldan boshlab “ Iroq va SHom islom davlati” (“ ISHID” ) deb nomlandi .“ ISHID” ning Suriyada kechgan majoralarga aralashganidan keyin “ Al- Qoida” tashkiloti 2014 yil fevral oyida mazkur tashkilotning “ al -Qoida” ga umuman aloqasi yo’q deb elon qildi. 2014 yil 29 iyunda tashkilot rahbarlari tomonidan Iroq va SHom (Suriya) hududida xalifalik tuzilgani va Abu Bakr Bag’dodiy xalifa ekan deb elon qilindi. Keyinchalik , “ ISHID” o’zini “ Islom davlati ” deb elon qiladi.
ISHID ning bosh maqsadi islom xalifaligini qayta tiklash va islom shariatini amalga tatbiq etishdan iborat. Bu maqsad yo’li Iroq , Suriya mamlakatlari negizida sunniy musulmonlarning yagona davlati “ xalifalik” ni barpo etib , bosqichma-bosqich Yaqin SHarq va SHimoliy Afrika mamlakatlari hisobiga kengaytirishni maqsad qilgan .
“ISHID” ning asosiy g’oyalari quyudagilardan iborat :

  • Malum davlat , o’lkada yashovchi oddiy musulmonlarni kofirni chiqarmaslikni elon qilsada , lekin ularni turli ayblar bilan qatl etishni halol deb hisoblaydi;

  • Tashkilotga qarshi chiqqan musulmonlarni ham o’ldirish mumkin deb hisoblaydi;

  • Dunyoviy marifiy yo’lni tutgan musulmon davlatlarining tuzum shaklini kufr , deb elon qiladi;

  • Shirk ko’rinishlari , unga olib boruvchi vositalarni yo’q qilish g’oyasini ilgari surib , maqbaralarni buzish , qadimiy yodgorliklarni tashkil etuvchi haykallar arxeologik topilmalarni yo’q qilishga chaqiradi;

  • Musulmon jamiyatlaridagi musulmon bo’lmaganlarga jizya to’lash vojib deb hisoblaydi ;

  • Faqat jihod orqaligina kofirlar ustdan hukmronlik o’tkazish mumkin deydi;

Shu o’rinda quyudagi malumotlarni keltirib o’tsak: malumotlarga ko’ra “ ISHID” tarkibiga qo’shilib, harbiy harakatlarda ishtirok etib halok bo’lgan jangarilarning bevalari begona odamlar bilan qayta nikohdan o’tkaziladi. Bunday ayollarning asosiy vazifasi ular oldiga “ jihodchilar tug’ib berish” vazifasi qo’yilgan. Hatto , bir yoki undan ortiq jangarilarga ham nikohlanib chiqishiga imkon berilgan.Ayollar uy qamog’I sharoitida yashashga majbur etilib, qochishga harakat qilganlarga o’lim jazosi beriladi.29 Butun dunyo musulmon ulamolari “ ISHID” faoliyati tanqid qilinib, hukumat tomonidan elon qilingan xalifalik islom talimotlariga zid ekani va uni tan olib bo’lmaslikligini takidlamoqda.Hozirgi kunda tashkilot tomonidan o’rnatilgan hududlarda na islomiy va na insoniy tamoyillarga mos keladigan qonunlar joriy qilmoqda.ISHID kiyimini kiyib yurish barcha uchun majburiy bo’lgan . Kiymaganlar darra urish bilan jazolangan.Tashkilot o’z maqsadlarini amalga oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan ham keng foydalanish, internet orqali turli tillarda targ’ibot olib borish va virtual janoatlar tuzish asosiy vazifasiga aylangan.Ayniqsa bunday holatlarni yoshlar orasiga ko’rishimiz mumkin. ISHID ning hozirgi kunda uncha katta bo’lmagan hudud Iroqning sharqida joylashgan Deya vilayatidan Suriya shimolidagi Xalab shahrigacha bo’lgan hududlarni o’z ichiga oladi. Bu yerda faqatgina 5-6 milliongina aholi yashaydi .
“ ISHID” Iroqning bazi hududlarini agallagan bo’lsad butun hududi bo’ylab hujumlar uyshtiradi.Lekin Iroqning sunniylar yashaydigan olti viloyati guruhning asosiy faoliyat olib boradigan yerlari hisoblanadi.
2014 yilda “ ISHID” rahbari Abu Bakr Bag’dodiyning bayonotiga ko’ra Saudiya, Misr, Yaman kabi davlatlardab tarafdorlar kelib qo’shilgandan keyin mazkur hududlarga o’zlarining voliylarini tayinlagani aytiladi.Hozirgi kunda “ISHID” ning faoliyat ko’lami kengayib borayotgani hamda global harakatga aylanayotganini ko’rishimiz mumkin.Tashkilotning boshqaruviga keladigan bo’lsak Abu Bakr Bag’dodiy qo’l ostidagi mintaqalarni bir guruh yordamchilar orqali boshqargan . Malumotlarga ko’ra Abu Bakr Bag’dodiyning ikkita asosiy yordamchisi bo’lganligini qayd etadi. Bular: Saddam Husayn armiyasida sobiq general bo’lgan Abu Ali Anboriy bo’lib, u harakatning Suriyadagi harbiy harakatlarini boshqaradi, Ikkinchisi, Iroq armiyasida yetakchi razvedka mutaxasisi bo’lgan Abu Muslim Turkmoniy.
Hozirgi kunda ushbu tashkilot eng boy terroristic tashkilotga aylangan.Uning asosiy moliyaviy manbalariga quyudagilardan iborat:

  • Bosib olingan hududlarda qo’lga kiritilgan neft xomashyosini noqonuniy yo’llar orqali sotish ;

  • Guruh nazorat qilayotgan hududda yashaydigan millionlab aholidan yig’ib olinadigan soliqlar;

  • Garovga olingan odamlarni ozod qilish hisobiga olingan mablag’lar evaziga ;

  • Istiqomat qilayotgan Boshqa din vakillariga o’lim tahdidi bilan undirilayotgan jizya soligi to’lovlari ;

  • Guruh tomonidan bosib olingan hududlarda joylashgan turli obyektlardan keladigan mablag’lar;

Tashkilot tomonidan 10 ming dan ortiq qo’poruvchilik harakatlari amalga oshirildi, hudkush terrorchilar tomonidan 100 dan ziyod portlatishlar amalga oshirildi. 2014 yilning 3 iyulida dunyo musulmon ulamolari kengashi tashkiloti Islom davlati deb elon qilgan Iroq SHom Islom davlatini keskin qoraladi. “ ISHID” terrorchilik guruhi tomonidan 2015-yil mart oyida Iroqning al-Hamadaniya shahrida joylashgan binolar majmuasi talon taroj qilingan , so’ng rohiblar monastri hududiga o’rnatilgan portlovchi moddalarni harakatga keltirilgani buning yorqin ifodasidir.
SHuningdek, dunyodagi eng qadimiy shaharlaridan biri bo’lgan Suriyadagi Palmera shahri ham 2015-yilning may oyida “ ISHID” terrorchilari tomonidan bosib olindi. Tahkilot jangarilari tomonidan qadimiy tarixini bosib olishi eramizdan avvalgi I-II asrlarga oid antic madaniyat yodgorliklariga jiddiy xavf solmoqda. Bundan tashqari , 2015-yilning 22-mayida Saudiya Arabistonining, ash-SHarqiya viloyatidagi “ Imom Ali“ nomidagi shialar masjidida juma nomozi paytida “ ISHID”tashkilotiga qarashlihudkush-terrorchi tomonidan kuchli portlash sodir etildi. Malumotlarga ko’ra bomba portlashi oqibatida kamida 20 kishi halik bo’lgan, 50 ga yaqin kishi jarohat olgan.Ushbu buzg’unchi oqimlarning asl maqsadi “ din” bayrog’I ostida talonchilik va bosqinchilik, terrorchilik va qo’poruvchilik harakatlarini sodir etishi, jamiyatga har tomonlama zarar yetkazish orqali kishilar, ayniqsa, yoshlar orasida millatlararo va dinlararo adovat, millatchilik va diniy ayirmachilik kayfiyatlarini shakllantirishdan iborat.
2001-yil 1 mart kuni AQSH Davlat departamenti xalqaro terrorizmga bag’ishlangan uchinchi maruzasi elon qildi . Undagi statistic malumotlarga qaraganda, 2000-yilda butun dunyoda 423 marta terrorchilik harakati sodir etilgan. Butun 1998 yilga qaraganda 8 foiz ko’p emakdir.Undan jabr ko’rganlar soni ham oshgan: 405 kishi halok bo’lib, 791 kishi yaralangan .Amerikaliklar nuqtai nazaridan quyudagi terrorchilik tashkilotlari xavfli sanaladi:

  • “ Abu- Nidol tashkiloti” “ rahbari vafotidan kein bu tashkilot deyarli faoliyat ko’rsatmayapti” ;

  • “ Abu-Sayyof guruhi ” (Jazoir) ;

  • “ Al –Qoida ”;

  • “ Al- Jihod ” (Misr) ;

  • “ Jamoa ul-Islomiy ” (Misr);

  • “ Harakat al- Mujohiddin” ( Kashmir);

  • “ XAMAS” (Yaqin SHarq);

  • “ Turkiston islom partiyasi”(Markaziy Osiyo);

  • “ Falastin islom jihodi” ;

  • “ Falastin ozodligi fronti”;

  • “ Falastin ozodligi xalq fronti”;

  • “ Falastin ozodligi xalq fronti-Umumiy qo’mondonlik”;

  • “ Aum Sinrikyo” (Yaponiya , uning rahbari hibsga olingach, tashkilotning faolligi pasaydi);

  • “ Bask ozodlik harakati”- “ ETA” (Ispaniya);

  • “ Haqiqiy IRA” (Irlandiya);

  • “ Kahane Xay”(Isroil );

  • “ Kurdiston ishchilar partiyasi”(Turkiya);

  • “ Inqilobiy xalq ozodligi”(Turkiya);

  • “ Inqilobiy xalq kurashi”- “ ELA”(Gretsiya);

  • “ 17 noyabr Inqilobiy tashkiloti ” (Gretsiya);

  • “ Tamil Ilamani ozod qiluvchi yo’lbarslar” (Shri- Lanka);

  • “ Mujohiddini Xalq” (Eron);

  • “ Milliy ozodlik Armiyasi” (Venesuela);

  • “ Kolumbiya Inqilobiy Qurolli kuchlari”- “ FARC” (Kolumbiya);

  • “ Kolumbiya o’zini o’zi mudofaa qilish birlashgan kuchlari ” –“ AUG” ( Kolumbiya);

  • “ Oydin yo’l” –“ Sendero” (Peru);

SHuni qayd etish kerakki, dunyoda 500 ga yaqin terrorchilik tashkilotlari faoliyat ko’satadi. AQSH birinchi galda o’z milliy manfaatlariga xavf soluvchi tashkilotlarga etibor qaratgan.
So’ngi paytlarda Rossiya Federatsiyasi tomonidan ham quyudagi terrorchilik tashkilotlari ro’yxati tuzilib, ularning faoliyati taqiqlandi, jumladan:

  1. “Kavkaz muhojidlari birlashgan kuchlari oliy harbiy majlisi “ (CHechiniston-rahbari- Basayev);

  2. “ Ichkeriya va Dog’iston xalqlari kongressi”(CHechiniston- rahbarlari Basayev,Udugov);

  3. “ Baza ” – ( Al- Qoida);

  4. “ Absat al- Ansor ” (Livan);

  5. “ Muqaddas urush” (Misr);

  6. “ Islom guruhi ” ( Jamoa ui- Islomiya ,Misr);

  7. “ Musulmon birodarlar ” (Al-Ixvon al- Muslimin);

  8. “ Islom ozodligi partiyasi ” “ Hizbut- tahrir al –islomiy ”);

  9. “ Lashkari -Toyba” (Pokiston);

  10. “ Islom guruhi”(“ Jamoati islomiy ” Pokiston );

  11. “ Tolibon harakati ” (Afg’oniston);

  12. “ Turkiston islom partiyasi ” (sobiq O’zbekiston Islom harakati);

  13. “ Ijtimoiy islohotlar jamiyati ” (Quvayt);

  14. “ Islom merosini tiklash jamiyati ” (Quvayt) ;

  15. “ Ikki muqaddas uy ” (Al- Xaramayn, Saudiya Arabistoni );


Download 350.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling