Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi


Download 350.66 Kb.
bet4/17
Sana17.06.2023
Hajmi350.66 Kb.
#1519909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tari

Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi :Kirish , ikki bob ,6 paragraf , xulosa va adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat bo’lib , umumiy hajmi _70-_ betdan iborat.

I.BOB. Diniy ekstremizm va terrorchilik harakatlari

1.1 Diniy ekstremizm va terrorizmning kelib chiqishi . namoyon bo’lish xususiyati va shakllanishi
XXI asr internet , ajoyib kashfiyotlar asri ,inson koinot sir asrorlariga kirib borayotgan asr ,axborot va g’oyat ulkan imkoniyatlar asri bo’lmoqda . Ammo shu davrga kelib insonlarning , ayniqsa yoshlarning hayotiga , kelajagiga xavf soluvchi ekstremizm , terrorizm va shunga o’xshash qatlam juda ham katta ta’sir qilyapti . Turli xil manbalarda keltirilishicha diniy ekstremizm va terrorizm kabi hodisalarning tarixi uzoq davrga borib taqaladi. Zero , hozirda diniy ekstremizm va terrorizm global xarakterga ega bo’lib ,dunyoning barcha davlatlari va mintaqalariga birdek xavf solmoqda Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kuniga bo’lgan ishonchiga putr yetkazibgina qolmay , balki xalqaro maydondagi muammolarni , jumladan turli etiqod vakillari bo’lgan xalqlar orasidagi o’zaro ishonchga soya solib ,jahon taraqqiyotining xalqaro iqtisodiy va madaniy hamkorligining rivojiga to’siq bo’lmoqda . Kishilik jamiyati rivojining hozirgi bosqichiq terrorizm , jumladan ,diniy siyosiy mohiyatga ega ekstremizm va terrorizmning globallashuvi , ularning tobora xalqaro miqyosdagi voqelikka aylanib borayotgani dunyo hamjamiyatininig mazkur muammoga bo’lgan etiborini yanada oshirmoqda . Diniy ekstremizm tushunchasi XX asrdan ilmiy atama sifatida qo’llanila boshladi. Aslida diniy mutassiblik va diniy ekstremistik terrorchilik harakatlarini keng yoyilishi oid ilmiy ishlar ko’p bo’lsa ham ularni ilmiy tahlil qilish XX asrda keng tarqaldi .60 –yillardan bosshlab avj ola boshladi. Bu diniy ekstremizm dinni niqob qilib olib, o’zlaricha islom davlatini tuzamiz deb odamlarga tasir o’tkazish, turli qo’poruvchilik harakatlarini olib borish. Shu o’rinda diiy ekstremizm nima u qanday holda yuzaga keldi degan savol tug’iladi . Bu savollarga O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezdenti Islom Karimov xulosalaridan javob topamiz.Jamiyat hayotining bir qismi bo’lgan din, ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan muqarrar ravishda aloqada bo’lgan. Ularga tasir ko’rsatgan va o’zi ham boshqa sohalarning tasiriga tushgan . Hozir mavjud bo’lib turgan diniy tartiblarning ko’pchiligiga ijtimoiy , siyosiy burilishlar, tangliklar davrida shakllangani bejiz emas. Bu malumot o’rnida kiritildi xolos. “Ekstremizm’’ so’zi esa “ aql bovar qilmas darajada ”, “haddan oshish ” ma’nolarini bildiradi .Jamiyatda qabul qilingan qadriyatlar va me’yorlarga zid qarashlarni ilgari surish ,keskin qarashlar va choralarga moyillik ekstremizmning asosiy xususiyati hisoblanadi .
“Ekstremizm ” tushunchasi lotincha extremus –o’ta so’zidan olingan bo’lib , ijtimoiy –siyosiy xarakterdagi muammolarni hal etishdao’ta keskin chora tadbir, fikr qarashlarni yoqlovchi nazariyadir 5
Diniy ekstremizmni faqat din bilan bog’lash shart emas .CHunki diniy ekstremizm diniy rang baranglikni rad etadi .Bugungi kunda diniy ekstremizm – bu hokimiyat uchun kurash , millatlararo janjallar va turli siyosiy mojarolarni keltirib chiqarishda dindan siyosiy qurol sifatida foydalanishda namoyon bo’lmoqda . Ushbu ilmiy tahlilda diniy ekstremizm va terrorizmning mazmun mohiyati ,kelib chiqish omillari uarga qarshi kurash usullarini yoritib o’tamiz Ekstremistik tashkilotlarga yangi azolarning qo’shilishi ko’pincha dinga kiritish haqiqiy azosi darajasiga chiqish bir qancha bosqich va sinovlarni o’z ichiga oladi. “ Ekstremistik harakatlarning eng quyi tabaqasi ko’pibcha siyosiy tusga ega bo’lmagan ,mayda zo’rlik va jinoyatlar sodir etadigan unsurlar bilan bogliq bo’ladi .Bunday zo’rlikning siyosiylashtirilishi terrorizm tomon qo’yilgan birinchi qadam hisoblanadi . O’ztasir doirasiga siyosiy kimsalarni tortar ekan , ekstremistik guruh yoki uning rahbariyati so’ssiz bo’ysunishi va “ish” ga mutaasibbona sadoqatni talab etadi .Keyinroq esa guruh azoligiga kirish uchun bosqichni o’tayotgan guruh azolari “hamma narsani biluvchi ” va ularga yo’l boshlovchilik qiluvchi shaxsga duch keladi “ Mana shu holat ekstremizmning mazmun mohiyatini tashkil qiladi .6
Ekstremizm mazmuniga ko’ra : dimiy va dunyoviy turlarga ajraladi. Dunyoviy ekstremizmning o’zi ham siyosiy , iqtisodiy va mafkuraviy shakllarga bo’linadi. Namoyon bo’lish shakllariga ko’ra hududiy ,mintaqaviy va xalqaro shakllari bor.Diniy ekstremizm ham xuddi dunyoviy ekstremizm kabi namoyon bo;lish shakllari bir xil . Diniy ekstremizm qayerda va qachon qaysi din bayrog’i ostida faoliyat olib bormasin hamisha jamiyatning tinch hayotiga rahna solish xususiyatiga ega . Bu esa o’z navbatida mustaqillikka ham jamiyat taraqqiyotiga ham asosiy g’ovdir . Turli xil ekstremistik kuchlarning bosh maqsadi bo’lgan davlatni qo’lga kiritish uchun o’z manfaatlari yo’lida har qanday jirkanch usullardan foydalanadi . Hattoki kishilarni jismoniy yo’q qilish kabi holatlardan ham umuman qaytmaydi.
Diniy ekstremizm turli ko’rinishlarda namoyon bo’lishi mumkin .Olsterdagi “ ultra ” protestantlar , Yaqin va O’rta SHarqdagi “ musulmon birodarlar ” Markaziy Osiyoda diniy ekstremizm ko’rinishlarini aytishimiz mumkin . Diniy ekstremizm rahbarlari har qanday kelishuvni , muzokarani , btimni rad etadi Hech qandau o’zaro yon bosishga yo’l qo’ymaydilar .Yo hammasi yoki hech narsa tamoyili bo’yicha harakat qiladilar .Demak , bu masalada diniy –siyosiy ekstremizm terrorizm bilan bir safda turadi .
Shu o’rinda diniy ekstremizm va terrorizm tushunchalari bir biri bilan uzviy bogliq. Terrorizm taxminan XX asr 60 – yillarining oxiri ­–70 –yillarining boshida terrorizm o’z tarkibiga hamfikrlarni birlashtirgan siyosiy , etnik ,diniy ,ijtimoiy yo’nalishdagi tashkilot sifatida qayta shakllandi .Dastlab ‘terror “ atamasiga biroz to’xtalib o’tsak .
“Terrorizm “ tushunchasiga ko’plab ta’riflar berilgan . Bu tariflar uning manfur basharasini ochib berishga xizmat qiladi .Lekin bazi tariflar borki , ular bu kasofatning ichki dunyosini ochib beradi .Masalan Fransiya Fanlar akademiyasi XVIII asrda chop etgan lug’atida terrorizmni “ qo’rqitish tizimi “ deb tariflaydi7” .
Boshqa guruh olimlar esa terrorizmni “ harakat orqali targ’ibot ” dey ataydilar .Ayrim manbalarda esa terrorizmni “ qo’rqitish siyosati ” deya nisbat berilgan .Ko’rinib turibdiki , terror va qo’rquv egizak tushunchalardir .Insonlarning qo’rqitishdan maqsad esa jamiyatda vahima va sarosima , parokandalik va beqarorlik keltirib chiqarishdir .Demak alohida zo’ravonlik oldida himoyasizlik hissini tug’dirish terrorizmning asosiy xususiyatidir .
Arastu ‘ terror ‘ atamasi birinchi bor qadimgi yunon teatrlaridagi tragediyalarda tomoshabinlarning his- tuyg’ulariga tasir etish maqsadida qo’rqinch manosida qo’llanilganligi izohlagan . Mutafakkir fikricha : Yaxshi tragediya oddiy va soda bo’lmaydi balki u turli tuman arshiliklarni o’z icchiga oladi , unda dahshatli va achinarli holatlar qo’shilib turadi .Tragediya kishilarning baxt-soadatdan ketma –ket baxtsizlikka uchrab turishi sifatida ifodalanmasligi kerak aks holda tomoshabinga na achinish na rahm shafqat na qurquv tug’iladi ”8 Terrorning lotin tilidagi birlamchi manosi bu ‘qo’rqinch ‘ , ‘dahshat ‘ ni anglatadi . Terrorning asosi qo’rqitishdir . Qo’rqinchning muntazam va takrorlanib borishi bu dahshatga olib keladi .Terrorizm ijtimoiy –salbiy hodisa sifatida jamiyat tinchligining buzilishiga ,notinchlikni kelib chiqishiga , insonlarning bevaqt o’limiga , davlat va huquqning rivojiga o’zining salbiy tasirini ko’rsatadi . SHuni alohida etirof etish kerakki ,terrorizm o’ta murakkab jinoiy hodisa bo’lganligi sabab , deyarli barcha davlatlarning qonunlari bilan himoyalangan ijtimoiy munosabatlarga jiddiy tasir etadi.Demak , terror – takrorlanib kuchayib boruvchi qo’rqinchning dahshatga aylanishi Inson shuurining ich ichiga kirib borishiga qaratilgan tushunchadir . Terrorizm aslida kecha yoki bugun paydo bo’lib qolgan tushuncha emas Terrorizmatamasi ayrim ilmiy va yuridik adabiyotlarda quyudagicha tariff berilgan.
Terrorizm –bu siyosiy raqiblarni , muxoliflarni yo’qotish yoki qo’rqitish , aholi orasida vahima va tartibsizliklrni keltirib chiqarish maqsadidagi zo’ravonlik harakatlari (taqib qilish , buzish , garovga olish , qotillik , portlatish va boshqa.) .9
Terrorizm siyosiy maqsadda amalga oshiriladigan ,asoslangan zo’ravonlik ning bir turidir .10 O’zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida “gi qonunda terrorizm tushunchasiga quyudagicha ifodalangan : “ Terrorizm – siyosiy diniy mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti sogligiga , xavf tug’diruvchi mol –mulk va boshqa obyektlarnning yo’q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni xalqaro tashkilotni jismoniy yoki yuridik shaxsni biron bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etilishidan tiyilishiga majbur qilishga xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga davlatning suverinetini hududiy yaxlitligini buzishga xavfsizligiga putur yetkazishga , qurolli mojarolar chiqarishni ko’zlab igvogarliklar qilishga , aholini qo’rqitishga ijtimoiy siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo’rlik, zo’rlik ishlatish bilan qo’rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar ; terrorchi –terrorchilik faoliyatini oshirishda ishtirok etayotgan shaxs : terrorchilik guruhi – oldindan til biriktirib terrorchilik harakatini sdir etgan bunday harakatga tayyorgarlik ko’rgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilgan shaxslar guruhi : terrorchilik tashkiloti –ikki yoki undan ortiq shaxsning yoki terrorchilik guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi“ 11.
Terrorizm tarixiy jihatdan kelib chiqqan dastlabki davrdanoq o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarni , qo’llagan kurash vositalari ,g’oyaviy davolari bilan insoniyat uchun katta ijtimoiy xavfga aylanish ega bo’lgan va malum tarixiy davrlarda bunday imkoniyat voqeilikka aylandi .Lekin XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ,terrorizm butunlar yangi sifat darajasini kasb etdi hamda o’zia ijtimoiy siyosiy iqtisodiy va manaviy holatini mujassamlashtirdi . “… Terrorizmning tajovuzidan o’zini holi his qiladian birorta qita yoki davlatning o’zi yuq . – deb takidlaydilar O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezdenti I.A .Karimov . – Xuddi vabo singari yer yuzining ko’plab mamlakatlariga yoyilib borayotgan bu balo qazo kimni nishonga olishini ham oldindan aytish qiyin ” 12Shu o’rinda , terrorizmning obyekti , subyekti va predmetiga to’xtalsak . Terrorizmning subyekti – uning ijtimoiy siyosiy va boshqa holatidan qoniqmagan ijtimoiy qatlamlar , terrorchilarni hamda terrorchilik tashkilotlarini qo’llab qo’vvatlagan ijtimoiy guruhlar ; , terrorizmning predmeti – terrorchilik faoliyati , amalga oshirilgan yoki tayyorlanayotgan terrorchilik harakati , Terrorizmning obyekti bu davlat yoki bir necha davlat , siyosiy partiya , ijtimoiy va diniy tashkilotlar rahbariyati , bazida esa jahon hamjamiyatidir .
Terrorizmning namoyon bo’lishiga ko’ra bir qancha ko’rinishari bor. Bularni quyidagi ko’rinishlari bor :

  1. jamiyat o’zgarishijarayonidagi davlat terrorizmi - feodalizmning yemirilishi va kapitalistik ishlab chiqarishning yuzaga kelishi (XVI asr) ;

  2. diktatura ko’rinishidagi terrorizm – Napoleonga qarshi ozodlik davridagi terrorizm (1793- 1814 ) ;

  3. anarxistik harakat ko’rinishdagi terrorizm –inqilobiy jarayonning yuzaga kelishi va xalq ommasining keng jalb etilishi XIX asr – XX asrning 30- yillari ;

  4. qizil va oq ko’rinishidagi terrorizm - Rossiyada Oktabr to’ntarishidan keyin olib borilgan bolsheviklar siyosati ( 1917 -1920 ) ;

  5. so’l terrorizm - iqtisodiy tanglik va ishsizlikning ko’payishi ( XX asrning 70 -80 yillari ) ;

  6. o’ng terrorizm - sotsialistik lager mamlakatlarida XX –asrning 80 yillarida ketma-ket ro’y bergan inqirozlar , sotsializmning so’nishi ( XX asrning 80 -90 yillari ) ;

xalqaro terrorizm - XXI –asrning intelektual va texnik imkoniyatlari , globallashuv jarayoni ( 2001 yildan toki hozirgi kungacha bo’lgan davr ;

  1. Download 350.66 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling