Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti


Download 1.46 Mb.
bet146/212
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#199185
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   212
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti

To’maris xalqimiz orasida Ozodlik uchun kurashchi va Vatanga sadoqat ramzi sifatida qaraladi. Biz ular to’g’risida yanada ko’plab o’rganishimiz kerak. U kishi ayol boshi bilan dushmanga qarshi kurashda qo’shinga boshchilik qildi va dushmanlarga qaqshatgich zarba berdi.

  • Shiroq. Bizga tarixdan ma’lumki, Ahmoniylar shohi Doro I miloddan oldingi 519 – 518 yillarda Vatanimiz ustiga bostirib keladi. O’sha paytda yilqiboqarlik qilib yurgan Vatandoshimiz Shiroq ham dushmanga qarshi kurashga bel bog’laydi. U hiyla ishlatib, dushmanlarni chalg’itib ularni Qizil qumning halokatli jazirama dashtiga boshlab boradi. Dushmanlar bu jaziramaga chiday olmay cho’lda qirilib ketadi. Shunday qilib u o’z xalqini yovuzlardan saqlab qoladi va shu bilan o’z jonini ham qurbon qiladi.

Qahramonlarimiz Shiroqni xalqimizda vatanparvar va milliy himoyachi sifatida hurmat bilan tilga oladi.

  • Spitamen. Miloddan oldingi IV asrda yunonistonlik Iskandar Zulqarnayin (Aleksandr Makedonskiy) Vatanimiz hududiga bostirib kirdi. Xalq qahramoni Vatandoshimiz Spitamen boshchiligida Samarqandda ko’tarilgan qo’zg’olon Iskandar Zulqarnayin qo’shinlariga katta talofat keltirdi. Bu qo’zg’olon butun baqtriyalik va so’g’diyonaliklarni ozodlik uchun kurashga ilhomlantirdi.

  • Muqanna. VIII asrning boshlarida arab bosqinchilari Movarounnahr hududini bosib oldilar. Istilochilarga 10 yildan ortiq qarshi kurashda boshchilik qilgan Muqanna bo’ladi.

Muqanna yurtimizni oyoq osti qildirmaslikka o’z jonini ham ayamagan xalq qahramonimiz timsoli sifatida hurmat bilan tilga olinadi.

  • Temur Malik. XIII asrda Chingizxon boshliq mo’g’illar mamlakatimizga yurish boshladi. Xo’jand shahri hokimi va sarkarda Temur Malik dushmanga qarshi mardanovor kurasha oldi. Uning Jaloliddin Manguberdi bilan Vatanni qo’riqlashi tahsinga sazovor. Ular to’g’risida ko’plab asarlar va kinolar ishlangan.

  • Najmiddin Kubro. Oddiy chumoliga ozor bermaslikni targ’ib qilib yurgan dindor Najmiddin Kubro jasorati ham tahsinga sazovor. U dushmanga qarshi kurashda oldingi saflarda bo’ldi. “Yo hayot, yo mamot!”, “Yo Vatan, yo sharafli o’lim!”, degan xitoblar bilan u xalqni dushmanga qarshi kurashga chaqirdi.

Urganch shahri ichida donishmand Kubro borligini bilgan Chingizxon unga shahardan bemalol chiqib ketishiga ijozat berdi. Lekin, Kubro Chingizxonning bu muruvvatini qabul qilmadi va jangga kirdi. Qo’lida ozodlik bayrog’ini mahkam tutib jon berdi. U ozodlik bayrog’ini shu darajada mahkam tutgan ediki, u o’lgandan keyin ham uning qo’lidan bayroqni ololmaydi. Barmoqlarini kesib, keyin bayroqni uning qo’lidan oldi.

Najmiddin Kubroni xalqimizda nafaqat dini – iymonni, diyonatni targ’ib qiluvchi, xalqni insofga chaqiruvchi donishmand sifatida, balki haqiqiy vatanparvar inson sifatida ham hurmat bilan tilga olinadi


1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling