Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti Maktab menejmenti kafedrasi o‘qituvchisi Botirov Shonazar Askaro‘g‘lining “Talabalarning rahbarlik va kreativlik qobiliyatini takomillashtirish


Download 102.17 Kb.
bet2/4
Sana28.09.2023
Hajmi102.17 Kb.
#1689570
1   2   3   4
Bog'liq
Shonazar Botirov 0707

Dissertatsiya mavzusi:“Talabalarning rahbarlik va kreativlik qobiliyatini takomillashtirish (Ta’lim menejmenti yo‘nalishi misolida)”.
Dissertasiya ishi bajarilayotgan fan tarmog‘i: 13.00.07 – Ta’limda menejment.
Ish bajarilayotgan tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. O‘zbekistonda kadrlar tayyorlashning sifat darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, har bir oliy ta’lim muassasasini jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatishi, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, talabalar, ilmiy-pedagoghamda rahbar kadrlarni zamonaviy kasbiy bilimlari va kreativlik qobilyatlarini rivojlantirishda interfaol usullardan samarali foydalanish dolzarb masalalardan biridir.
Tadqiqotning maqsadi.Talabalarda kreativlik va rahbarlik qobiliyatini rivojlаntirish hamda zamonaviy taʼlim texnologiyalarini shakllantirishasosida ta’limning barqarorligini ta’minlash va shu orqali zamonaviy ta’lim muassasalaridagi ta’lim muhitini xalqaro standartlarga muvofiq tarzda tashkil etish tadqiqot maqsadi etib belgilandi.
Tadqiqotning obekti. Talabalarda kreativlik va rahbarlik qobiliyati va uni rivojlаntirish omillari hamdatalabalаrning kreativlik va rahbarlikqobiliyatlarining rivojlanishining pedagogik va psixologik shart-sharoitlari tadqiqot ob’yekti hisoblanadi.
Tatqiqotning predmeti.Talabalarda kreativlik va rahbarlik qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish omillari, kreativlik va rahbarlik qobiliyatini oshirish va takomillashtirishga ta’sir qiluvchi ob’ektiv va sub’ektiv jihatlar, shu jumladan ta’lim texnologiyalari va interaktiv usullar, kreativlik va rahbarlik qobiliyatini baholashning noan’anaviy usullari, shaxsiy fazilatlar, qobiliyatlar ushbu tadqiqot predmetidir.

Download 102.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling