Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

 
 
Ijodiy jarayonda xayolning tutgan 
o‘rniga ortiqcha baho berish qiyin. Ijod 
barcha psixik jarayonlar, shuningdek, xayol 
bilan ham uzviy bog‘langan. Xayolning rivojlanganlik darajasi va uning 
o‘ziga xos xususiyatlari ijodkorlik uchun tafakkur rivojlanganligi darajasidan 
kamroq ahamiyatga ega emas. 
Ijodkorlik psixologiyasi uning aniq turlari: kashfiyotchilik, ilmiy, adabiy, 
badiiy va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Ijodkorlik imkoniyati inson 
qobiliyatlari bilan mustahkamlangan bilimlari bilan ta’minlanadi, va
insonning sobitqadamligi bilan rag‘batlantiriladi. Ijodkorlikning muhim sharti 
ijodiy faoliyatga emotsional tus beruvchi ma’lum kechinmalarning mavjudligi 
hisoblanadi. 
Ma’lum bir insonga ijod qilish imkoniyatini yaratuvchi , boshqalardan 
esa bu imkoniyatni darig‘ tutuvchi nima ekanligi haqidagi masala mashhur 
olimlarni o‘tmishdan qiynab keladi. Xuddi shunday, fransiyalik psixolog T. 
Ribo tomonidan asoslab berilgan ijodiy jarayonda algoritmlashtirish va uni 
o‘qitishning imkoniyati mavjud emasligi haqidagi nuqtai nazariuzoq vaqt 
hukmron fikr hisoblangan. Uning yozishicha: «Kashf etish metodlari»ga 
keladigan bo‘lsak, haqiqatda ular mavjud emas, buning aksi bo‘lganida edi, u 
holda kashfiyotchini hozirda mexanik va soatsozlarni ishlab chiqargandek, 
ishlab chiqarish mumkin bo‘lar edi»
32
. Lekin asta-sekin bu nuqtai nazar 
shubha ostiga olina boshladi. Birinchi o‘ringa ijodkorlikka bo‘lgan qobiliyatni 
rivojlantirish mumkinligi gipotezasi ko‘tarildi. 
Ingliz olimi G. Uolles ijodiy jarayonni tadqiq etishga harakat qilib 
ko‘rdi. Natijada u ijodkorlikda to‘rt bosqichni ajratishga muvaffaq bo‘ldi, 
bular: I – tayyogarlik (g‘oyaning yaratilishi); II – etilish (ushbu muammoga 
bevosita va bilvosita tegishli bo‘lgan bilimlarni konsentratsiyalash
«to‘plash»); III – birdan eslash (izlanayotgan narsani ichki sezgi orqali 
ilg‘ab olish); IV – tekshirish
32
Маклаков А.Г. Общая психология. СПб., 2002. Б.295. 


175 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling