Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

 
 
9. MAVZU: XAYOL 
REJA: 
 
1. Xayol va uning fiziologik asosi haqida tushuncha. 
2. Xayol turlari va jarayonlari. 
3. Xayol va ijodkorlik. 
4. Xayolning individual xususiyatlari va rivojlanishi 
 
TAYANCH TUSHUNCHALAR: 
Xayol - odamning ongida ilgaridan bor bo‘lgan vaqtli aloqalarning 
qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo‘shilishi orqali narsa va 
hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilish.
Agglyutinatsiya – «elimlash» degan ma’noni bildirib, unda turli qismlarni 
bitta qilib yangi obraz yaratiladi. 
Giperbolizatsiya obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish 
shuningdek, alohida qismlarni o‘zgartirishdir. 
Urg‘u berish – ayrim belgilarni ta’kidlash orqali obrazlar yaratish. 
 


169 
 
12.1. Хаёл ва унинг физиологик 
асоси ҳақида тушунча 
Insonning 
Er 
sayyorasida 
yashovchi 
birorta 
mavjudotga 
xos 
bo‘lmagan sifat – yangilik yaratish 
qobiliyatini o‘rganib, inson psixikasining yana bir noyob hodisasi bilan 
to‘qnashamiz. Uning mohiyati insonning o‘z ongida real voqelikda hali 
mavjud bo‘lmagan obrazni yaratishdan iborat, bunday obraz yaratishning 
asosini esa o‘tmish tajribasi tashkil etadi. 
Idrok, xotira va tafakkur bilan bir qatorda inson hayotiy faoliyatida xayol 
ham muhim o‘rinni egallaydi. Xayol bilish jarayoni bo‘lib, unda voqelik 
vositali tarzda aks etadi. Aks ettirishning vosita materiallari sifatida idrok 
obrazlari, xotira taassurotlari namoyon bo‘ladi. Tafakkur kabi xayol ham 
o‘tmish tajribasini qayta ishla bilan yangi bilimlarni yaratishga qaratilgan.
SHunday qilib, xayol – bu real voqelikni aks ettiruvchi taassurotlarni, 
qayta tuzish va shu asosda yangi taassurotlarni yaratish jarayoni. Xayol – bu 
obraz, tasavvur yoki g‘oya shaklidagi yangilik yaratishning psixik jarayoni. 
Xayol obrazlari idrok obrazlari va xotira tasavvurlaridan ularda inson 
hali duch kelmaganlari aniqlanishi va shu tarkibda bo‘lishi bilan farq qiladi. 
Bular inson ko‘z o‘ngida sodir bo‘lmagan va bo‘lishi mumkin bo‘lmagan 
hodisalar, dalillar, voqealardir. Xayol obrazlari o‘zida sodir bo‘lishi kutilgan 
voqea va hodisalarni tutishi mumkin. SHu bilan birga, xayollarda kashf 
etilgan yangilik doimo haqiqatda mavjud bo‘lganlar bilan u yoki bu darajada 
bog‘langan bo‘ladi. Xayol obrazlari idrok obrazlariga, shuningdek, xayolda 
chuqur o‘zgarishlarga uchraydigan xotira tasavvurlariga ham tayanadi. 
Insonning individual taraqqiyoti jarayonida xayol tafakkur bilan uzviy 
aloqada shakllanadi. Xayol obrazlarini tuzish inson aqliy taraqqiyotining 
yuqori darajasidagina amalga oshishi mumkin. 
Ko‘p hollarda xayol yangi echimni topish zaruriyati tug‘ilganida, ya’ni, 
harakatdan o‘zib ketgan holda aks ettirish talab etilgan muammoli vaziyatda 
yuzaga keladi. 
Xayol natijasida inson kelajakni oldindan ko‘ra oladi va o‘z hulq-
atvorini boshqaradi, atrof-olamni ijodkorlik bilan o‘zgartiradi. Xayol – 
mehnat faoliyatida shakllangan psixik faollikning maxsus tarzda inson 
tomonidan ifodalanishi. Xayol voqelikni avvaldan aks ettirishni ta’minlaydi, 
bunda o‘tmishning kelajakdagi proeksiyasi hosil qilinadi. Xayol insonga 
vaziyatda yo‘l topishga va bevosita amaliy harakatlarning aralashuvisiz 
masalalarni hal etish imkonini yaratuvchi ko‘rgazmali-obrazli tafakkurning 
asosi bo‘lib xizmat qiladi. Xayol obrazlari faqat insonda mavjud bo‘lgan real 
olam obrazlarining alohida tomonlarini qayta ishlab chiqish yo‘li bilan 
yaratiladi. 


170 
Xayol doimo insonning amaliy faoliyatiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Inson 
biror harakatni amalga oshirishdan avval, uni qanday bajarish zarurligi va uni 
qanday bajarishini tasavvur qiladi. SHunday qilib, u avvaldan keyinchalik 
sodir bo‘ladigan amaliy faoliyatda ishlab chiqariladigan moddiy jism obrazini 
yaratadi. 
Xayol faoliyati inson hissiy kechinmalari va uning iroda harakatlarini 
tadbiq etish bilan uzviy holda bog‘langan. 
Xayolning fiziologik asosi nerv aloqalarini dolzarblashtirish, ularning 
emirilishi, qayta guruhlarga qo‘shilib, yangi tizimlarga birlashishi, o‘tmish 
tajribada shakllanib bo‘lgan vaqtinchalik aloqalar yangi uyg‘unliklarining 
hosil bo‘lishidan iborat. Bunda mavjud bo‘lgan vaqtinchalik aloqalarning 
oddiy holda dolzarblashtirilish yangilikning yaratilishiga olib bormaydi. 
YAngilikning yaratilishi avval bir-biri bilan uyg‘unlashmagan vaqtinchalik 
nerv aloqalaridan hosil bo‘lgan uyg‘unlikni taqazo etadi. Xayol jarayoni 
ikkila xabarlovchi tizimlarning hamkorlikdagi faoliyatidan iborat. Bunda 
ikkinchi xabar tizimi – so‘z katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Barcha ko‘rgazmali obrazlar u bilan uzluksiz ravishda bog‘langandir. 
So‘z xayol obrazlarining hosil bo‘lish manbai bo‘lib xizmat qiladi, ularning 
tarkib topish yo‘lini nazorat qiladi, ularni saqlab qolish, mustahkamlash
o‘zgartirish vositasi hisoblanadi. Xayol doimo voqelikdan chetga 
chiqishdir,lekin istalgan vaziyatda xayol manbai – ob’ektiv voqelik 
hisoblanadi. 
Inson hayotida xayol qator maxsus vazifalarni bajaradi. Ulardan 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling