Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

 
Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani 
o‘zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z 
harakatlarini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.
Nutq faoliyatining faol va passiv turlari farqlanadi. So‘zlovchining 
nutqi faol nutq, tinglovchining nutqi passiv nutq hisoblanadi.
Nutq ichki va tashqi nutqqa bo‘linadi. Tashqi nutqyozma va 
og‘zaki nutqqa, og‘zaki nutq esa monolog va dialogik nutqqa bo‘linadi. 
1. Faollik 
8. Malaka 
2. Harakat 
9. Ko’nikma 
3. Interorizatsiya 
10. Induksiya 
4. Motiv 
11. O’yin 
5. Ekstrorizatsiya 
12. Ta’lim 
6. Kommunikatsiya 
13. Interferensiya 
7. Afferentatsiya 


399 
Monolog – bir kishining o‘ziga yoki boshqalarga qaratilgan nutqidir. 
Ikki yoki undan ortiq kishilar o‘rtasidagi nutq – dialog deyiladi.
Nutqning ichki nutq deb atalgan turi nutq faoliyatining alohida turi 
hisoblanadi. Ichki nutq amaliy va nazariy faoliyatni rejalashtirish fazasi 
sifatida namoyon bo‘ladi. Biz so‘zni chala-yarim aytishimiz bilanoq 
tushunaveramiz.
Buyuk frantsuz yozuvchisi Antuan Sent Ekzyuperi «Muloqot – 
shunday ne’matki, u orqali inson lazzatlanadi», deb yozgan edi. 
So‘zning mohiyati haqida Sa’diy «Aqllimisan yoki ahmoq kattamisan 
yoki kichik buni bir so‘z aytmaguncha bila olmaymiz» degan edi. 
Noverbal kommunikatsiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, ohang, 
pauza, poza (holat), ko‘z yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu vositalar verbal 
kommunikatsiya – so‘zni to‘ldiradi, kuchaytiradi va ba’zan uning o‘rnini 
bosadi. Jestlar – insonning qo‘l harakatlari bo‘lib, u orqali insonning ichki 
holati, biror bir ob’ektga munosabati va tashqi olamga yo‘nalganligi 
ifodalanadi. U yoki bu xalqlarda jestlar turlicha qabul qilinadi. Noverbal 
kommunikatsiya og‘zaki nutqda aytilmay qolgan fikrlarni ifoda etish 
imkonini beradi. 
Mimika – inson yuz harakatlarining bir qismi bo‘lib, u orqali 
insonning o‘ylari, xatti-harakatlari, tasavvurlari, xotirlashi, taajjubi va 
hokazolarda namoyon bo‘ladi. 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling