436
qobiliyatga quyidagi mayda qobiliyatlar kiradi: fizik,
matematik qobiliyat,
ximiya, filosofiya, tarix, biologiya fanlariga nisbatan bo‘lgan qobiliyatlar.
Badiiy qobiliyat sensor obrazli fikrlashning
alohida rivojlangan
bo‘limini, o‘tkir emotsional ta’sirchanlik va reaktivlikni talab qiladi. Bu
qobiliyatga tasvirlash, musiqaviy, artistik va adabiy qobiliyatlar kiradi.
Amaliy qobiliyat praktik aqlning yuksak
darajada rivojlanganligini,
fahm-farosatning kuchliligi, iroda va yetuk kirishuvchanlikni o‘z ichiga oladi.
Tipologiyaning o‘ziga xos tomonlari qisqacha ifodalanganda yoki tavsif
qilinganida quyidagilar namoyon bo‘ladi:
1. «
Badiiy tip» uchun bevosita u taassurotlar jonli tasavvur, yorqin idrok,
his-tuyg‘ular (emotsiyalar) natijasida vujudga keladigan obrazlarning
yorqinligi
xosdir.
2.
«Fikrlovchi tip» uchun mavhumlarning,
mantiqiy tizimlarning,
nazariy mulohazalarning, metodologik muammolarning ustunligi muvofiqdir.
Qobiliyat taraqqiyotining dastlabki tabiiy sharti sifatida namoyon
bo‘ladigan miya tuzilishining sezgi a’zolariga va
funktsional xususiyatlariga
layoqat deb ataladi.
IZOHLI LUG‘AT
GENIALLIK - shaxsning eng yuksak darajadagi ijodi bilan o‘zini
namoyon qilish hodisasi.
DIFFERENTSIAL PSIXOLOGIYO - psixologiya
fanining bir qismi
bo‘lib, kishilar o‘rtasidagi yakka-psixologik farqlarni o‘rganadi.
ZEHN, LAYOQAT - nerv sistemasining ba’zi genetik determinlashgan
anatom - fiziologik xususiyati bo‘lib, bu kishida qobiliyatlar
tarkib topishi va
rivojlanishning dastlabki yakka tug‘ma tabiiy zaminidir.
Do'stlaringiz bilan baham: