Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

Emotsional xotira – bu boshdan kechirilgan sezgi va emotsional holatga 
nisbatan xotira. Hissiyotlar doimo ehtiyoj va qiziqishlarimizning qanday 
qoniqtirilayotgani, atrof-olam bilan munosabatlarimiz qanday amalga 
oshirilayotgani haqida xabar berib turadilar. Boshdan kechirilgan va xotirada 
saqlanib qolgan sezgilar harakatga boshlovchi yoki o‘tmishda salbiy 
kechinmalarni uyg‘otgan harakatdan tutib qoluvchi xabarlar sifatida namoyon 
bo‘ladi. 
Obrazli xotira – bu tasavvurlar, tabiat va hayot manzaralari, shuningdek, 
ovoz, hid, ta’mlarga nisbatan bo‘lgan xotira. U ko‘rish, eshitish, tuyish, hid 
bilish va ta’m bilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan eydetik xotira – ba’zi 
individlarning(eydetiklar) avval idrok qilingan jism va sahnalar o‘ta 
to‘laqonli va obrazini esda saqlash va eslash qobiliyatiga ega bo‘lgan odamlar 
uchrab turadi. Eydetik obrazlar jismning mavjud emasligida yuzaga kelib, 
oddiy tasavvurga xos bo‘lmagan izchil ko‘rgazmalilik xususiyatiga ega 
bo‘lishi bilan tasavvurlarga o‘xshash bo‘ladi. 


160 
So‘z-mantiqiy xotira fikrlar, tushunchalarni esda olib qolish, saqlash va 
eslashda ifodalanadi. So‘z-mantiqiy (semantik, verbal) xotira yordamida 
inson aqliy qobiliyati axborot bazasi hosil bo‘ladi, ko‘pchilik fikrlash 
operatsiyalari (o‘qish, hisob va h.k.) amalga oshiriladi. So‘z-mantiqiy xotirada 
muhim o‘rinni ikkinchi xabar tizimi egallaydi. So‘z-mantiqiy xotira – bu 
o‘zining sodda shakllarida hayvonlarga ham xos bo‘lgan motorli, emotsional 
va obrazli xotiralardan farqli ravishda faqat insonga xos bo‘lgan maxsus 
xotira. Xotiraning bu turi maktab va oliy o‘quv yurtlaridagi o‘quv jarayonida 
bilimlarni o‘zlashtirishda etakchi o‘rinni egallaydi. 
Xotira faoliyat maqsadiga bog‘liqligiga ko‘ra ixtiyorsiz va ixtiyoriy 
xotiralarga bo‘linadi. Biror narsani esda olib qolish yoki esga tushirish 
maxsus maqsadga ega bo‘lmagan esda olib qolish va eslash ixtiyorsiz xotira 
deyiladi. SHunday maqsad ko‘zlanganida ixtiyoriy xotira haqida so‘z 
yuritiladi. 
Axborot saqlashning vaqt bo‘yicha belgilanganligiga bog‘liq ravishda 
xotirani qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotiraga bo‘lish mumkin. 
CHegaralangan vaqt (30 soniyagacha) ichida axborot saqlash xususiyatiga ega 
bo‘lgan va ushlab qolinadigan elementlar sonining chegaralanganligi bilan 
ajralib turadigan xotira qisqa muddatli xotira deyiladi.Bu xotira idrok 
qilinganlarning faqatgina umumlashtirilgan obrazini, uning ahamiyatga molik 
elementlarini saqlab qoladi. Xotira ushbu turining hajmi 5-7 ob’ekt bilan 
chegaralangan. 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling