Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

belgilanmaganligi xususiyatiga ega bo‘ladi. Boshqa vaziyatlarda tanish to‘liq 
belgilanmaganligi bilan farqlanadi: biz odamni ma’lum shaxs sifatida darhol 
taniymiz. SHuning uchun ushbu vaziyatlar to‘liq tanish xususiyatiga ega 
bo‘ladi. 


157 
To‘g‘ri tanishning turli xillari bilan bir qatorda tanishdagi xatoliklar 
ham mavjud bo‘ladi. Masalan, birinchi marta idrok qilinayotganlar, ba’zida 
tanishdek, avval xuddi shu ko‘rinishda sodir bo‘lgandek tuyuladi. 
Tanish va eslashning har doim ham bir xilda samarali tarzda amalga 
oshirilmaydigan jarayonlarining juda qiziqarli o‘ziga xos xususiyatini 
ta’kidlab o‘tish lozim.Ba’zida biz qaysidir ob’ektni taniy olishimiz, lekin usiz 
eslay olmasligimiz mumkin. Bunga teskari vaziyatlar ham bo‘ladi: bizda 
paydo bo‘lgan tasavvurlarning nima bilan bog‘liqligini tushuntirib bera 
olmaymiz. masalan, bizni doimo qandaydir kuy ohangi «kuzatib yuradi», 
lekin uning qaerdan paydo bo‘lganini aytib berolmaymiz. 
Unutish – avval idrok qilingan ma’lumotni tiklash imkoniyatining 
mavjud emasligida ifodalanadigan xotira jarayoni. Unutishning fiziologik 
asosini vaqtinchalik nerv aloqalarini dolzarblashishiga halaqit beruvchi 
po‘stloqdagi tormozlanishning ba’zi turlari tashkil etadi. Ko‘pincha bu 
mustahkamlanishlarsiz rivojlanadigan so‘nuvchi tormozlanishdan iborat 
bo‘ladi. Unutish ikki asosiy shakl: a) eslash yoki bilish imkoniyatining 
mavjud emasligida; b) noto‘g‘ri eslash yoki tanishda namoyon bo‘ladi. To‘liq 
eslash va to‘liq yoddan chiqarish o‘rtasida eslash va tanishning turli darajalari 
mavjud bo‘ladi. Ba’zi tadqiqotchilar ularni «xotira darajalari» deb ataydilar. 
bunday darajalarga quyidagilar kiradi: a) eslash xotirasi; b) tanuvchi xotira; v) 
engillashtiruvchi xotira. Masalan, o‘quvchi she’rni yod oldi. Agar biroz 
vaqtdan so‘ng uni bexato aytib bera olsa, – bu xotiraning eng yuqori, birinchi 
darajasi, agar o‘quvchi yod olganini aytib bera olmasa, lekin she’rni kitob 
bo‘yicha yoki eshitganida oson taniy olsa, – bu xotiraning ikkinchi darajasi; 
agar o‘quvchi mustaqil holda she’rni eslay olmasa, uni taniy olmasa, lekin 
takroriy yod olishda bunga birinchi marta yod olganidan kamroq vaqt ichida 
erisha olsa,- bu uchinchi daraja. SHunday qilib, ifodalanish darajasi o‘zgarib 
turishi mumkin. Unutish materialni chizmalashtirishda alohida, ba’zan 
ahamiyatga ega bo‘lgan qismlarini olib tashlashda, yangi tasavvurlarni 
odatdagi, avvalgi tasavvurlarga keltirishda ifodalanadi. 
Unutish ifodalarning bir qancha turli xil ko‘rinishlarini o‘rganib, 
insonning ayni damda eslay olmasdan, bir muncha vaqt o‘tgandan so‘ng esga 
tushirishi yoki tanishi kabi vaziyatlar haqida ham aytib o‘tish lozim. Vaqt 
o‘tgandan so‘ng xotiradan ko‘tarilgan materialni eslash reminissensiya (xira 
esga keltirish) deb ataladi. Reminissensiyaning mohiyati, biz to‘liq eslay 
olmagan material idrok qilinganidan bir-ikki kun o‘tgandan so‘ng materialni 
birinchi marta eslashda kuzatilmagan dalillar va tushunchalar bilan 
to‘ldirilishidan iborat. Bu hodisa ko‘pincha katta hajmli materialni so‘zlab 
berish orqali eslashda kuzatiladi, bunga nerv hujayralarining charchashi sabab 


158 
bo‘ladi. Reminissensiya ko‘pincha maktabgacha yoshdagi va kichik maktab 
yoshidagi bolalarda, va ayrim holatlarda kattalarda ham kuzatiladi. 
Unutishning boshqa shakllari xatolik bilan eslash va tanishdir. Barchaga 
ma’lumki, vaqt o‘tishi bilan idrok qilinganlar xotirada o‘z yorqinligi va 
aniqligini yo‘qotib, rangsizlanib, noaniq bo‘lib qoladi. Lekin avval idrok 
qilingan materialning o‘zgarishi boshqa xususiyatga ham ega bo‘lishi mum-
kin, bunda unutish aniqlikni yo‘qotishdan emas, esga tushirilganlarning 
haqiqatda idrok qilinganlarga muvofiq kelmasligidan iborat bo‘ladi. Bunda 
biz voqelikda mavjud bo‘lganlarni emas, boshqa narsalarni eslaymiz, chunki 
unutish jarayonida u yoki bu darajada idrok qilingan materialning chuqur 
qayta tuzilganligi, sifatining qayta ishlanganligi sodir bo‘lishi mumkin. Qayta 
ishlashga misol tariqasida voqealar izchilligining vaqt bo‘yicha noto‘g‘ri 
eslashni keltirish mumkin. 
Hozirgi kunda unutish jarayonlarining kechishi tezligiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillar ma’lumdir. Xuddi shunday, odam materialni yaxshi 
tushunib etmagan bo‘lsa, unutish tezroq ro‘y beradi. SHuningdek, material 
odamga qiziqarli bo‘lmasa, uning amaliy ehtiyojlari bilan bog‘lanmagan 
bo‘lsa, unutish shunchalik tez sodir bo‘ladi. 
Unutish tezligi, shuningdek, material hajmi va uni o‘zlashtirishdagi 
qiyinchiliklar darajasiga bog‘liq: material hajmi qanchalik ko‘p bo‘lsa, yoki 
uni idrok qilish qiyinchilik tug‘dirsa, unutish shunchalik tez sodir bo‘ladi. 
Unutish jarayoni tezligiga ta’sir etuvchi boshqa omil avvalgi 
faoliyatningsalbiy ta’siri – proaktiv tormozlanish, va keyingi faoliyatning 
salbiy ta’siri – retroaktiv tormozlanishdir. Agar faoliyat tanaffuslarsiz 
amalga oshirilsa yoki keyingi faoliyat avvalgi faoliyat bilan o‘xshash bo‘lsa, 
shuningdek, keyingi faoliyat avvalgisidan qiyinroq kechsa, retroaktiv 
tormozlanish aniqroq kuzatiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan qonuniyatni maktabdagi 
o‘quv ishlarini tashkil etishda hisobga olish zarur. 
Unutish 
jarayonini 
tezlashtiruvchi 
boshqa 
muhim 
omil 
yosh 
ko‘rsatkichidir. YOsh o‘tishi bilan xotira ko‘pchilik vazifalarining izdan 
chiqishi kuzatiladi. Xuddi shunday, materialni esda olib qolish qiyinroq 
kechadi, unutish tezligi oshadi. 
Unutish, shuningdek, asab tizimining turli kasalliklarida, kuchli psixik va 
mexanik 
shikastlanishlarda, 
aqliy 
va 
jismoniy 
toliqishda, 
tashqi 
seskantiruvchilar ta’sirida tezroq sodir bo‘ladi. Xotira buzilishlariga: 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling