Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

assotsiatsiyalar tashkil etadi. Materialning bir qismi ikkinchisi bilan vaqt 
bo‘yicha uning orqasidan kelganligi sababli unga bog‘lanadi. Bunday 
bog‘lanishning yuzaga kelishi uchun materialni ko‘p marta takrorlash lozim. 
Bundan farqli o‘laroq, anglangan holda esda olib qolish materialning 
alohida qismlari o‘rtasidagi ichki mantiqiy aloqalarni tushunishga asoslangan. 
Anglangan holda esda olib qolish doimo tafakkur jarayonlari bilan bog‘liq 
bo‘lib, asosan, material qismlari o‘rtasidagi ikkinchi daraklovchi tizim 
darajasidagi umulashtirilgan aloqalarga tayanadi. 
Anglangan holda esda olib qolish mexanik esda olib qolishdan ko‘ra 
samaraliroq ekanligi isbotlangan. Xuddi shunday, mexanik esda olib qolishda 
xotirada 1 soatdan so‘ng materialning faqat 40%, yana bir necha soatdan 
keyin esa – atigi 20%, angalangan holda esda olib qolishda esa 30 kundan 
keyin ham materialning 40% saqlanib qoladi. 
Materialni anglash bir necha xil usullar yordamida erishiladi. 
Birinchidan, o‘rganilayotgan materialning asosiy fikrlarini ajratish va ularni 
reja ko‘rinishida guruhlash zarur. Ikkinchidan, ma’nodosh tayanch so‘zlarni 
ajratish. Ushbu usulning mohiyati mazmunga ega bo‘lgan har bir qismni esda 
olib qolish zarur bo‘lgan materialning bosh g‘oyasini aks ettiruvchi qaysidir 
so‘z yoki tushuncha bilan bog‘lashimizdan iborat. Uchinchidan, taqqoslash, 
ya’ni, jismlar, hodisa va voqealar o‘rtasida o‘xshashlik va farqlarni aniqlash. 
Ushbu usulning ko‘rinishlaridan biri o‘rganilayotgan materialni avval 
orttirilgan ma’lumotlar bilan solishtirish. Va, nihoyat, anglangan tarzda esda 
olib qolish va uning esda saqlanishining yuqori ko‘rsatkichiga erishish metodi 
takrorlash metodi hisoblanadi. 
Takrorlashni vaqt bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash juda muhimdir.
Psixologiyada takrorlashning konsentratsiyalash va taqsimlash usullari 
mavjud. Birinchi usulda materiallar tanaffuslarsiz ketma-ket takrorlanadi. 
Masalan, she’rni yodlash uchun 12 marta takrorlash talab etilsa, o‘quvchi uni 
yod olmagunicha ketma-ket 12 marta o‘qiydi. Taqsimlangan takrorlashda har 


155 
bir takrorlash keyingisidan vaqt oralig‘i bilan ajratilgan bo‘ladi. Tadqiqotlarga 
ko‘ra, 
taqsimlangan 
takrorlash 
konsetratsiyalangan 
takrorlashdan 
samaraliroqdir. 
Samarali esda olib qolishning ixtiyoriy va ixtiyorsiz shartlari va 
qonuniyatlari aniqlangan. 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling