Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

Bixeviorizm va psixoanaliz vakillari ham xotira genezisi haqida 
qoniqarli javob topa olmadilar. Bixeviorizmchilarning xotira yuzasidan 
qarashlari assotsianistchilarning qarashlari bilan mos kelgan edi. Ular 
o‘rtasidagi yagona farq bixeviorizmchilarning materialni esda olib qolishdagi 
yordamning o‘rnini alohida ta’kidlab, o‘rganish jarayonlarida xotira 
faoliyatini o‘rganishga katta e’tibor qaratgan edilar (D. Uotson, E. Torndayk). 
Lekin bixeviorizmchilar insondagi ongli faoliyat va shaxs xususiyatlarining 
yordamga bog‘liqligini chetlab o‘tdilar. 


152 
Xotira hodisalarining shaxsga bog‘liqligi Z.Freyd tomonidan ko‘rsatib 
o‘tilgan edi. Uning fikriga ko‘ra, insonning ong osti mayllariga imkon 
bermaydigan barcha narsalar xotiradan siqib chiqariladi, va, aksincha, uning 
uchun yoqimli bo‘lganlar saqlanib qoladi. Bu bog‘liqlik tajribada o‘z 
tasdig‘ini topmadi. SHu bilan birga, Z.Freyd va izdoshlarining xizmatlari 
inson xotirasini o‘rganishda esda saqlash va unutish xotira jarayonlaridagi 
ijobiy va salbiy emotsiyalar, motivlar va ehtiyojlarning ahamiyatinin 
aniqlashdan iborat bo‘ldi. Psixoanaliz yordamida insonning motivatsion 
sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan ong osti unutishning psixologik mexanizmlari 
aniqlandi va ta’rif berildi. 
XX asrning boshlarida xotiraning mantiqiy nazariyasi yuzaga keldi, 
unga asosan, mos keluvchi jarayonlar faoliyati esda olib qolish zarur bo‘lgan 
materialni u yoki bu darajada kengroq ma’noli tuzilmalarga birlashtiradigan 
mazmun bog‘lovchilarining mavjudligi yoki mavjud emasligiga bevosita 
bog‘liq holatda bo‘ladi (A. Bine, K. Byuler). Esda olib qolish va eslashda 
matnning ma’noga ega bo‘lgan mazmuni ifodalanadi. 
Hozirgi zamon psixologiyasida asosiy tushuncha o‘rnida shaxs 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling