Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

esda olib qolish – bu hech qanday vositalarsiz va kuchlarni namoyon 
qilmasdan bemaqsad eslab qolish. Masalan, o‘rmondagi sayr yoki spektakl 
tomoshasidan so‘ng eslab qolish uchun ma’lum maqsadni ko‘zlamagan 
bo‘lsakda, taassurotlarimizdan ko‘proq qismini yodimizga tushirishimiz 
mumkin. Inson uchun hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan, uning qiziqishlari va 
ehtiyojlari, faoliyatining maqsad va vazifalaribilan bog‘liq bo‘lgan, 
barchasining esda saqlanib osonroq kechadi. SHuning uchun ixtiyorsiz eslab 
qolish ma’lum ma’noda tanlab o‘tkazish xususiyatiga ega va bizning 
atrofdagilarga bo‘lgan munosabatimiz bilan belgilanadi. 
Ixtiyoriy esda saqlash maqsadsiz esda saqlashdan insonning o‘z oldiga 
ma’lum maqsad qo‘yib, yod olishning maxsus usullarini qo‘llashi bilan 
farqlanadi. Ixtiyoriy esda saqlash yod olish vazifasiga bo‘ysungan o‘ziga xos 
murakkab aqliy faoliyatdir. Matarialni esda olib qolish usulariga yod olish 
kiradi, uning mohiyati o‘quv materialini to‘liq va xatosiz yod olmagunicha 
ko‘p marta takrorlashdan iborat. Masalan, she’r, qoida, ta’rif, qonunlar
formulalar, tarixiy sanalar va boshqalarni yod olish. 
Ixtiyoriy esda oib qolishning asosiy xususiyati – bu esda olib qolish 
ko‘rinishidagi yuklatilgan vazifada iroda kuchlarini namoyon qilish. 
Hayotdagi ko‘pchilik idrok qilinuvchilar esda olib qolish vazifasi 
yuklatilmagan bo‘lsa, esimizda saqlanib qolmaydi. 
YOd olishda umumiy vazifa bilan birgalikda, xususiy, maxsus 
vazifalarning yuklatilishi ham katta ahamiyatga ekanligini ta’kidlab o‘tish 
joiz. Ba’zi vaziyatlarda, masalan, idrok qilinayotgan ma’lumotning faqat 
asosiy mohiyati, faqat asosiy fikr va ahamiyatga molik bo‘lgan dalillarni esda 
olib qolish, boshqalarida esa – so‘zma-so‘z esda olib qolish, uchinchilarida – 
dalillar izchilligi va h.k.larni aniq esda olib qolish vazifasi yuklatiladi. 
S.L. Rubinshteynning fikriga ko‘ra, esda olib qolish amalga 
oshirilayotgan faoliyatning borishi xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Bundan 
tashqari, uning fikricha, ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolishning yuqori 
samaradorligi haqida bir ma’noli xulosa chiqarish mumkin emas. P.I. 
Zinchenko, A.A. Smirnovlarning olib borgan tadqiqotlari ma’lum sharoitlarda 
ixtiyorsiz esda olib qolishning ixtiyoriy esda olib qolishdan samaraliroq 
bo‘lishini isbotladi. 


154 
Tizimli bilimlarning katta qismi, maqsadi ma’lum materialni xotirada 
saqlab qolish uchun esda olib qolish bo‘lgan maxsus faoliyat natijasida 
orttirilganligini hisobga olish zarur. Materialni esda olib qolish va eslashga 
qaratilgan bunday faoliyat mnemik faoliyat deb ataladi. 
Esda olib qolingan materialning anglanganlik darajasiga ko‘ra anglangan 
va mexanik esda olib qolish ajratiladi. Mexanik esda olib qolish – bu idrok 
qilinayotgan materialning turli qismlari o‘rtasida mantiqiy aloqani 
anglamasdan turib esda olib qolish. Bunga misol tariqasida statistik 
ma’lumotlar, tarixiy sanalar va h.k.larni esda olib qolishni keltirish mumkin. 
Mexanik esda olib qolishining asosini bog‘langanlik bo‘yicha 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling