Abdulla qodiriy nomidagi jizzax
Dinamik esda saqlab qolish
Download 4.09 Mb. Pdf ko'rish
|
2020 УМУМИЙ МАЖМУА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Esga tushirishda
Dinamik esda saqlab qolish operativ xotirada, statik – aksincha, uzoq vaqtli
xotirada namoyon bo‘ladi. Dinamik esda saqlashda material kam o‘zgaradi, statikda, aksincha, u albatta, o‘zgarish va ma’lum qayta tiklanishga uchraydi. Qayta tiklanish turli sharoitlarda, masalan, kamroq ahamiyatga ega bo‘lgan qismlarning yo‘qolishi va ularning boshqa qismlar bilan almashtirilishi, 156 material izchilligining o‘zgarishida, uning umumlashtirilish darajasida ifodalanadi. Materialni xotirada tiklash eslash va tanish jarayonlari yordamida amalaga oshiriladi. Eslash – bu xotiradagi materialdan keyingi faoliyatda foydalanish. Eslashning fiziologik asosini jism va harakatlarni idrok qilishda avval hosil bo‘lgan nerv aloqalarini tiklash tashkil etadi. Eslash maqsadsiz (ixtiyorsiz) va maqsadli (ixtiyoriy) bo‘lishi mumkin. Birinchi holatda eslash biz uchun kutilmaganda sodir bo‘ladi. Masalan, o‘qigan maktabimiz yonidan o‘tib keta turib, beixtiyor bizga ta’lim bergan o‘qituvchi yoki maktabdosh do‘stlarning obrazlarini namoyon qilishimiz mumkin. Ixtiyoriy eslashda ongli ravishda maqsadga ega bo‘lgan holda eslaymiz. Bunday maqsad bo‘lib o‘tmish tajribamizdan biror voqeani yodga tushirishga intilish, masalan, yaxshi yod olgan she’rni esga tushirish maqsadini ko‘zlaganimizdagi vaziyat hisoblanadi. SHuningdek, eslashning turli xillari: haqiqiy eslash, yodga tushirish, tanish mavjud. Alohida o‘rinni xotiralar – shaxsning tarixiy esdaliklari egallaydilar. Esga tushirishda ko‘zlangan maqsad – biror narsani eslash – asosiy masalani hal qilish imkonini beruvchi oraliq maqsadlarga erishish yordamida amalga oshiriladi. Masalan, qandaydir voqeani eslash uchun bu bilan u yoki bu darajada bog‘liq bo‘lgan dalillarni eslashga harakat qilamiz. Bunda oraliq zanjirlardan foydalanish ongli xususiyatga ega bo‘ladi. Esga tushirish, shuningdek, irodaviy jarayon bo‘lib hisoblanadi. Biror ob’ektni tanish uni idrok qilishda sodir bo‘ladi va insonda ob’ekt haqida hosil bo‘ladigan tasavvurlar, uning shaxsiy taassurotlari (xotira tasavvurlari) yoki so‘z bilan ta’riflash (xayol tasavvurlari) asosida shakllangan ob’ektni idrok qilish sodir bo‘layotganin bildiradi. Masalan, tanishimiz yashaydigan, lekin o‘zimiz hech qachon u erda bo‘lmagan uyni taniymiz, tanish esa, tasavvurimizda aks etgan, bizga avval ta’rifi keltirilgan izlab topish mumkin belgilar asosida sodir bo‘ladi. Tanish jarayonlari bir- biridan ta’riflanish darajasiga ko‘ra farqlanadi. Biz ob’ektga nisbatan tanish hissini tuyganimizda, lekin o‘tmish tajribadagilarga o‘xshata olmaganimizda tanish darajasi kamroq bo‘ladi. Masalan, yuz tuzilishi tanishdek tuyulgan odamning kimligini va u bilan qanday vaziyatlarda uchrashishimiz mumkinligini eslay olmaymiz. Bunga o‘xshash vaziyatlar tanishning Download 4.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling