Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


hukm: «Bu odam hech qachon aldov yo‘liga kirmaydi». Xususiy hukm


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

hukm: «Bu odam hech qachon aldov yo‘liga kirmaydi». Xususiy hukm
«Ba’zi metallar suvdan og‘irroq». Umumiy hukm: «Suyuqlikdagi har bir 
jismga u siqib chiqargan suyuqlikka teng bo‘lgan bosim ta’sir ko‘rsatadi». 
Hukmlarning ob’ektiv voqelikni aks ettirishiga ko‘ra ular chin va soxta 
bo‘lishi mumkin. CHin hukm jismlar va ularning xossalari o‘rtasidagi 
voqelikda mavjud bo‘lgan aloqalarni ifodalaydi. «Massa – inertlik o‘lchovi» 
chin hukmdir. Xato hukm ob’ektiv hodisalar o‘rtasidagi voqelikda mavjud 
bo‘lmagan aloqani ifodalaydi, masalan: «Barcha odamlar uchun o‘lim 
muqarrar emas». 
Bir yoki bir necha hukmlardan yangi hukm yuzaga keladigan tafakkur 
shakli xulosa deb ataladi. Boshqa hukmlar keltirib chiqariladigan 
boshlang‘ich hukmlar xulosa dalillari deb ataladi. Masalan, barcha 
slanetslarning yonuvchanligi ma’lum, va ushbu modda slanets bo‘lsa, u holda 
«ushbu moddaning yonuvchanligi» haqida xulosa yasash mumkin. 
Xulosa chiqarishning sodda va tipik shakli sillogizm hisoblanadi. 
Masalan: «Barcha metallar – elektr o‘tkazuvchi. Qalay – metall bo‘lgani 
uchun, qalay – elektr tokini o‘tkazadi». 
Inson asosan xulosalarning ikki turi – induksiya va deduksiyadan 
foydalanadi. Induksiya – bu xususiy xulosalardan umumiy xulosalarni 
keltirib chiqarish, ayrim dalillar va hodisalarni o‘rganish asosida umumiy 
qoidalar va qonunlar o‘rnatish usuli. 
Deduksiya – bu umumiy mulohazalardan xususiy mulohazalar keltirib 
chiqarish, umumiy qonunlar va qoidalar asosida ayrim dalillar va hodisalarni 
bilish. 


185 
 
3. Тафаккур операциялари ва 
қонуниятлари
Fikrlash jarayonida inson atrof-
olamni o‘ziga xos aqliy opersiyalar 
vositasida o‘rganadi. Asosiy fikrlash 
operatsiyalariga analiz va sintez, taqqoslash, abstraksiya va umumlashtirish, 
aniqlashtirish, tasniflash va tizimlashtirish kiradi. 
Analiz – bu yaxlitlikni fikran qismlarga yoki yaxlitlikni tomonlar
harakatlar, munosabatlarga ajratish. Stolni, masalan, qopqog‘i, tirgaklari, 
g‘aladonlari va boshqalarga bo‘lish mumkin. Fikrlash jarayoni bevosita
nutqiy faoliyatga kiritilganida analiz amaliy, va nazariy holatda aqliy bo‘ladi. 
Sintez – bu qismlar, xossalar, harakatlarni fikran yaxlitlikka birlashtirish. 
Xuddi shunday, o‘quvchi biror mavzuni o‘rganishda matnning hammasini 
o‘qib chiqadi, so‘ngra esa alohida ma’noga ega bo‘lgan qismlarni ajratadi, 
ya’ni matnni tahlil qiladi. Keyin eslab qolish uchun reja tuzadi – bu sintez 
operatsiyasi bo‘ladi. 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling