Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

 
Klassifikatsiyalash – bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga 
o‘xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab 
narsalarni turkumlarga ajratish tizimidir. D.I.Mendelevni “Elementlarning 
davriy tizimi” jadvali bunga yorqin misoldir.
Sistemalashtirish – tizimga solish shundan iboratki, bunda ayrim 
narsalar, faktlar, hodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi, vaqtdagi 
tutgan o‘rniga yoki mantiqiy tartibda joylashtiriladi. Shu sababli makon
xronologiya va mantiqiy belgilar asosida tizimga solish turlariga ajratiladi. 
 
Tafakkur shakllari 
Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. 
Odamda nutq tafakkur jarayonida hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar 
shaklida ifodalanib keladi. 
Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki 
inkor qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi.
Narsa va hodisalarda voqelikda haqiqatan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan 
belgilar, alomatlar hukmlarda bog‘liq ravishda ko‘rsatib berilsa yoki 
voqelikda bir-biridan ajratilgan narsalar hukmlarda ajratib ko‘rsatilsa bu chin 
hukm deb ataladi. Moddiy olamda haqiqatdan bog‘liq bo‘lmagan narsa 
hukmda bog‘liq qilib ko‘rsatilsa, bunday hukm xato hukm deb ataladi

Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan 
biz ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz.
Xulosa chiqarish uch turga bo‘linadi: induktiv, deduktiv va analogiya. 
 
Induktiv xulosa chiqarish – bu xulosa chiqarishning shunday 
mantiqiy usulidirki, bunda bir necha yakka va ayrim hukmlardan umumiy 
hukmga o‘tiladi, yoki ayrim fakt va hodisalarni o‘rganish asosida umumiy 
qonun va qoidalar yaratiladi. 
 
Deduktiv xulosa chiqarishda umumiy va yakka hukmlardan yakka 
yoki juz’iy hukm keltirib chiqariladi.

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling