Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

GIPOTEZA (TAXMIN) — ma’lum masalani yechishning taxmini, un-
ing loyihasi. 
DEDUKTSIYA - umumiy hukmlardan yakka hukmlarga qarata borish 
orqali mantiqiy xulosa chiqarishdan iborat tafakkur jarayoni. 
MASALA - ma’lum sharoitda berilgan topshiriq maqsad. 
AQL - kishining umumiy bilish qobiliyati bo‘lib, uning bilim va 
tajribalarni egallashga va uni amalda qo‘llashga tayyorligi, shu bilan bir 
qatorda kishi muammoli vaziyatlarda aql-farosat bilan o‘zini tuta olishidir. 
INDUKTSIYA - tafakkur jarayonida yakka hukmlardan umumiy 
hukmlarga qarata borish orqali mantiqiy xulosa chiqarish. 
INSAYT - ayrim muammolarni hal qilish zarurligini shu zahotiyoq an-
glab yetish. 
YAQQOL-HARAKATLI TAFAKKUR - tafakkur turlaridan bo‘lib, bu 
predmetlar bilan ishlash jarayonida ularni bevosita idrok qilishda ifodalanadi.
TAFAKKUR - psixik aks ettirishning ancha umumiy va bevosita usuli 
bo‘lib, bu narsa va hodisalar o‘rtasida o‘zaro bog‘lanish va munosabatlarni 
bilib olishda ifodalanadi. 
KO‘RGAZMALI-OBRAZLI TAFAKKUR - tafakkur turlaridan 
bo‘lib, bu tasavvur qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashni 
xarakterlab beradi. 
UMUMLASHTIRISH -voqelikdagi narsa va hodisalarni umumiy va 
muhim belgilariga qarab fikran birlashtirishdan iborat tafakkur jarayoni. 


423 
BAVOSITALIK - borliqdagi narsa va hodisalarni yordamchi vosi- 
talarni qo‘llash orqali bilish usuli. 
TUSHUNCHA - voqeliqdagi narsa va hodisalarning muhim belgi va
xususiyatlarini bitta so‘z yoki so‘zlar guruhi bilan ifodalashdan iborat 
tafakkur usuli.
MUAMMOLI VAZIYAT - intellektual faoliyat bilan bog‘liq 
masalalarni hal qilish jarayonida yuzaga keladigan vaziyat. 
AQL-FAROSAT - voqelikni nazariy tomondan o‘zlashtirishning yuksak 
formasi bo‘lib, kishining fikrlash qobiliyatida namoyon bo‘ladi. 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling