Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

Jism shakli idrokida konstantlik hodisasi xuddi shunday saqlanib qoladi. 
Masalan, yon tomonimizda joylashgan kvadrat yoki dumaloq jismga 
qaraganimizda uning to‘r pardadagi proeksiyasi ellips yoki trapetsiya 
shaklida bo‘ladi. SHunday bo‘lsada, aynan bir jismni bir xilda, bir shaklga 
ega holatda ko‘ramiz. 
Uzoq masofada joylashgan jism shaklining idroki o‘zgarishi mumkin. 
Xuddi shunday, shaklning mayda detallari jismning uzoqlashgani sayin 
yo‘qolib boradi, uning shakli sodda ko‘rinishga kelib qoladi. 
Katta hajmli shakl idroki juda murakkab jarayondir. Odam ko‘zlari 
binokulyar ko‘rish qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun shakl hajmini idrok 
etamiz. Binokulyar ta’sir odamning ikkala ko‘zi bilan ko‘rishiga bog‘liqdir. 
Binokulyar ta’sirning mohiyati, ikkala ko‘z bir xil jismga qarab turganida, bu 
jismning chap va o‘ng ko‘zlar to‘r pardasidagi tasviri turlicha bo‘ladi. 
Lekin, binokulyar ko‘rish jism hajmli idrokining yagona sharti emasdir. 
Jism katta hajmini idrok qilishda, ushbu jism hajmli belgilarini bilish,
shuningdek, katta hajmli jismda yorug‘lik va soyaning tarqalishi ahamiyatga 
egadir. 


137 
Insonning fazoni idrok qilishi qator o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Bu 
fazoning uch o‘lchamliligi bilan bog‘liq, shuning uchun, idrok qilishga bir 
qator hamkorlikda faoliyat ko‘rsatuvchi analizatorlarni ishga tushirish lozim. 
Bunda fazoni idrok qilish turli darajalarda kechishi mumkin. 
Uch o‘lchamli fazo idrokida, avvalambor, ichki quloqda joylashgan 
maxsus vestibulyar apparatning vazifalaridan foydalaniladi. Vestibulyar 
apparat ko‘zni harakatlantiruvchi mushaklari bilan uzviy bog‘langan, va 
undagi har bir o‘zgarish ko‘z holatidagi refleksli o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. 
Fazoviy idrokni, va, avvalambor, uning chuqurligini ta’min etuvchi 
ikkinchi vosita binokulyar ko‘rish apparatidir. CHuqurlikni idrok qilish 
jismlarning ko‘rish masofasining idroki va bir-biriga nisbatan joylashishiga 
bog‘liq. Binokulyar ko‘rish – bu jismlar ko‘rish masofasini idrok qilishning 
shartlaridan biri. 
Jismlar uzoqligi va fazo chuqurligining idrokida ko‘zlarning 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling