Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 112
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy — Odamgarchilig‘ingizdan o‘rgulay, — dedi kampir va og‘zig‘a kelgan so‘zlar bilan duo minnatdorchilik qila boshladi. Boyag‘i so‘zdan keyin uyalg‘anicha bizdan uzoq-roqda o‘lturgan Saodat sekingina bizning yong‘a keldi va qog‘ozg‘a o‘ralg‘an kiyimlikni ochib atlasni oldi. «Bu mengami?» deb mendan so‘radi va javobimni kutib ham turmay yo‘llik bo‘zni oldi. «Bu Sayfiga», dedi. Uning orasidag‘i odimi bo‘zni ko‘rub: «Bu oyimga», dedi. Saodat bu narsalarni juda oddiy qilib ko‘rdi va soddacha haligi so‘zlarni aytib qo‘ydi. Go‘yo bu narsalarni ilgaridan kutkan edi. Atlasni yaxshilab ko‘rib chiqg‘ach, yoqtirg‘andek bo‘ldi, bir menga va bir atlaska qarab turib nimadir aytmakchi bo‘lsa ham aytalmadi. Men nima demakchi bo‘lg‘anlig‘ini sezgan edim. Bu orada biz kampir bilan hasratlashib turg‘an edik, ul kelib so‘zni bo‘ldi: — Ustaka, — dedi, men qaradim. — Ro‘zamisiz? — Ro‘zaman. — Ro‘za bo‘lmasangiz choy qaynatar edim, — dedi. Onasi kuldi. — Choyni hayitda kelganimda qaynatib berarsan, — dedim. — Hayitda kelsangiz osh ham qilib berar edim, — dedi va onasig‘a qaradi. — Akangga har narsa qilsang ham arziydir, qizim,— dedi kampir va na uchundir ko‘ziga yosh oldi, men ham arang ko‘z yoshimni to‘xtatib qoldim. — Bo‘lmasa bu kun iftor qilaqoling. — Saodatning bu so‘ziga onasi ham qo‘shilishdi. Men uzr aytdim. Lekin haqiqatda esa, Saodat bilan birga o‘lturib iftor qi-lishni ko‘ngil istay boshlag‘an edi. Uzoq so‘zlashib o‘lturdim, bu uydan chiqib ketkim kelmas, bir soat orasida tamoman ochilib-sochilib ketkan Saodatning bolalarcha qilig‘ini ko‘rib to‘ymas edim. Saodat goh men bilan, goh atlas bilan mashg‘ul, boyag‘i uyalib turishini bir yoqqa yig‘ishdirib qo‘yg‘an, onasi bilan meni kuldirib, ancha-gina ko‘tarilib qolg‘an latif ko‘kragi ustiga «senginadan aylaniy!» deb atlasni bosib quchoqlar edi. Men bo‘lsa go‘yo atlas emas, quchoqlang‘uchi o‘zim bo‘lg‘andek kayflanar edim. Men kampir bilan xayrlashib chiqa boshlag‘an edim, Saodat «Panjshanba kun boraymi», deb so‘radi. Men kampirning oldig‘a qaytib bordim-da, aytdim:— Saodatingizning bo‘yi cho‘zilib qolg‘an ko‘rinadir, mundan so‘ng maktabdan bo‘shag‘an vaqtida Sayfini yuborsangiz qalay bo‘lar ekan va qo‘lim bo‘shag‘an kezlarda o‘zim ham kelib turarman, — dedim. Go‘yo kampir ham mendan shu so‘zni kutib turg‘an ekan, hamiyatimga va aqlimga tahsin o‘qudi va qizig‘a qaradi. «Ana, eshitdingmi ustakangning so‘zini, endi vaqt-bevaqt ko‘chaga ham chiqaberma!» dedi. Men chiqaturib Saodatka qarag‘an edim, mendan o‘pkalagansumon ko‘rindi. Ammo maning bu so‘zim bekorga emas, balki xalfa shogirdlardan ba’zilarining unga yomon ko‘z bilan qarag‘anlarini payqag‘anim uchun edi. Shu yo‘sunda Saodatning onasi ham mendan qochmay qo‘yib, aloqamiz tag‘in ham qattig‘lashdi. Kutmagan bu muvaffaqiyatim bir necha kungacha ko‘zimdagi uyquni ham qochirib qo‘ydi. Uch-to‘rt kun go‘yo bu kun-erta Saodatka uylanaturg‘an kabi hovliqib ham yurdim. Uncha-muncha narsani ayamag‘anim uchun bo‘lsa kerak, tez zamonda go‘yo Saodatlar oilasining boshlig‘i holini olib qoldim. Jum’a kunlari masallig‘ni ko‘tarib Saodatlarnikiga borar, Saodatning qo‘lidan osh qildirib yeb qaytar edim. Saodat kundan-kunga o‘sib borar, shu nusbatda husniga husn qo‘shilar va men battar uning maftuni kesilar edim. Shu holda oradan ikki yil chamasi fursat o‘tib ketib, Saodat ham o‘n olti yoshlarg‘a yetib qoldi. Endi maning oshiqona termulishlarim ma’nosini ongliy boshlag‘an, negadir «aka» deb qilaturg‘an xitob-larnida tark etkan edi. Ikki yildan beri kampirning oldig‘a sovchi kirguzishni o‘ylab kelgan bo‘lsam-da, ammo nima uchundir Saodatdek qizg‘a uylanish baxtiga erishmakni o‘zimga tasavvur qilolmas edim. Bu to‘g‘rida bo‘lgan hamma umidim Saodatning onasidan edi, balki o‘zi so‘z ochar va yokim orag‘a kishi |
ma'muriyatiga murojaat qiling