Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet218/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 216

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



— Ko‘nglim.


Otabekning hamma badani titrab ketdi, shundog‘ bo‘lsa ham o‘zini qattig‘ ushladi:
— Qatiq ichirib ko‘rdingizmi? — dedi onasig‘a.
— Yo‘q.
— Qatiq buyuring!
Oybodoq qatiq keltirguncha Kumush yana jomga intildi. Bir-ikki o‘qchib qusqandan keyin, Otabekning qo‘lidag‘i suv bilan og‘zini chaydi va piyoladagi qatiqdan bir-ikki ho‘plab, o‘zini yostiqqa tashladi. Harorati kuchlik, yurak urishi favqulodda tez edi. Otabek uning manglayini qo‘li bilan bosib ushlagan edi, bir oz tinchigandek bo‘ldi. O‘zbek oyim burchakda bola ko‘tarib o‘lturgan Zaynabdan chaqaloqni olib, uni jomni to‘kib kelishka buyurdi. Otabekni manglayida turg‘an qo‘li qizib ketib, ikkinchi qo‘lini almashdirishg‘a majbur bo‘ldi. Manglayida sovuqliq his etib Kumush ko‘zini ochdi.
— Ko‘nglingiz bosildimi?
Kumush javob o‘rnida yostiqdan qo‘zg‘aldi. Jom yo‘q edi. Otabek shoshib tokchadag‘i xitoyi norin tovoqni oldi. Kumush qusdi. Bu gal qusuq boyag‘i qatiq aralash ko‘kimtil va sarg‘imtil narsalar edi. Og‘zini chayg‘andan keyin Otabek qatiqni taklif qilg‘an edi, ichmadi va o‘zini yostiqqa otdi...

Tabib keldi xabarini eshitib, Otabek jonlang‘andek bo‘ldi. Uy eshigiga jom ko‘tarib kelgan Zaynab keyiniga qaytdi. O‘zbek oyim ham chaqaloqni ko‘tarib uydan chiqdi. Otabek tabibning hurmatiga turishni unutib Kumushning manglayini bosqancha o‘lturar edi. Tabib Otabekdan voqi’ani so‘rab bilgandan so‘ng Kumushning tomirini ko‘rib labini tishlab qoldi va tovoqdag‘i qusuqni hidlab qaradi:


— Bu kun nima xo‘rak qilg‘an ekan?


— Atala.

— O‘sha taomdan bir oz qolg‘ani bormikin?


— Bor! — dedi Otabek va boya onasi ko‘rsatkan joydan kosani olib tabib qo‘lig‘a berdi.Tabib kosadan barmog‘ig‘a bir oz elashdirib yaladi va darrav tuflab tashladi.

— Zahar ichibti!


Otabek sapchib ketdi, tusi qo‘rqunch holga kirgan edi...
— Bekor gap!
Tabib Otabekning hozirgi holatidan dahshatka keldi...
— Men hozir daf’i uchun doru yuboraman, — dedi va qo‘zg‘aldi. Otabek ham uning bilan birgalashib o‘rnidan turdi:

— Zaharni kim beradi?


Nima deyishka ham hayron tabib:
— Man... man... o‘zingiz o‘ylab ko‘ring-chi... Man darrav doru yuboray, darrav ichiring, tuzikmi? — dedi.

— Bildim, bildim! — dedi bechora Otabek. — Zay-nab, Zaynab, Zaynab... Jalab! Yuboring, yuboring, darrav yuboring!


Tabib ketdi, Otabek telbalarcha yugurib Kumushning boshig‘a keldi, yuzini ochib manglayini bosdi va o‘pdi... Kumush ko‘zini ochib kuch bilan so‘l qo‘lini erining yelkasiga tashladi... Qo‘lida chaqaloq bilan O‘zbek oyim kirdi.


— Zaynabni chaqir, Zaynabni!


O‘zbek oyim tabib so‘zidan xabardor edi:
— Zaynab! Zaynab!
Zaynab yugurib uyga kirdi. Tusi murdadek oqarg‘an edi. Otabek Kumushni qo‘yib yerdagi atalani oldi:

Ich muni, ich jalab!








Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling