Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
3. QIPCHOQQA QIRG‘IN
Kechki soat to‘rtlarda Qoymas darbozasidan qaytib shaharga kirdilar-da, darbozadan o‘n adim narida boshi tanidan oling‘an uch kishining gavdasiga yo‘liqdilar. Otabek bu holga tushunmadi, chunki ahyonda osiladirg‘on gunohkor Eski namozgoh doriga elitilar edi. Shunga ko‘ra darbozabonni hujrasidan chaqirib so‘-radi: — Bular qanday gunohkorlar ekan? Darbozabon bekni tanib qo‘l qovishtirdi: — Taqsir, qipchoqlar. — Gunohlari nima ekan? Darbozabon yotgan gavdalarga qarab oldi va bekning yaqinig‘a keldi: — O‘zlari bilarlar-ku, taqsirimning... begimga aytkulugi yo‘q... — Gunohlari nima, axir? — Axir qipchoqlar-da, to‘ram. Otabek diqqatlandi: — Qipchoqlar ekanini bildim, ammo gunohlari nima deb sizdan so‘rayapman! Darbozabon qo‘l qovishtirg‘ancha Otabekka ajablanib qaradi: — Aniq xabarlari yo‘qmi taqsirimning? — deb yana so‘radi. — Yo‘q! — Voy-boyov taqsir, bu kun ertalabdan beri ko‘rin-gan qipchoqni so‘yib yurdilar-ku. Gunohlari surishtirilmadi, taqsir, — dedi va o‘luklarning yonig‘a yurib kelib izoh berdi, — manovisini uyidan olib chiqib so‘ydilar, manovisi manim yonimda turg‘an darbozabon edi — rahmatlik. Manovisini tanimayman va lekin o‘zi qipchoq bo‘lsa kerak. Otabek dahshatlanib yonidag‘i Aliga qaradi, Ali esa yotqan jonsiz gavdalarga qarab labini tishlab turar edi. — Kimlar o‘ldirdi? — deb Otabek dahshat ichida darbozabondan so‘radi. — Bu yerga kelguchilar yigirma chog‘liq edilar, o‘zimizning Toshkand yigitlaridan ham bor, qo‘qonliqlar ham ko‘rinadilar. O‘zlari ham qipchoqni qidiraberib hamma yoqni tozayam g‘alvir qilib yubordilar-da, taq-sir... Qo‘qonga ketkan beklardanmi, xondanmi, ishqilib, shunaqa buyruq kepti-da, taqsir... Bizlar xizmatkor odam — nimani bilaylik, to‘ram! Otabek masalaga tushungandek bo‘ldi va dahshat ichida Ali bilan yo‘lg‘a tushdi. O‘ttiz qadam bosmay tag‘in ikki o‘lukka uchradilar. O‘n adimda bir jonsiz gavda... Endi Ali so‘ramay chidamadi: — Nauzanbilloh, bu nima degan gap, bek aka?! — So‘ramang! — Yo‘g‘-a, — dedi Ali, — axir hammasi ham gunoh-kormikin? — Gunohkor!.. — deb zaharxanda qildi bek, — Musulmonqulni bilarsiz, albatta? — Nega bilmay, ikki oy ilgari qochig‘ini ham ko‘rdim... — Bilsangiz, — dedi bek, — bularning hammasi o‘shaning gunohiga o‘ldirilg‘an o‘xshaydir! |
ma'muriyatiga murojaat qiling