Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet56/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 55

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



— Masalan, biz otangiz bilan eringizni nima uchun osmoqchi bo‘ldiq?


— Haqsiz, gunohsiz!
— Bu maktub bilan eringizni o‘limdan qutila olishini sizga kim aytdi?
— O‘zim bildim.
— Bo‘lmasa ilgaridan eringizning o‘sha harakatini ham bilar ekansiz-da?
— Yo‘q, taqsir, — dedi Kumush. Qushbegining maqsadig‘a endi tushunib olgan edi, — men onam bilan to shu kungacha ularning nima gunoh bilan qamalg‘an-larini bilalmay hasratda edik. Faqat bu kun kishilarning og‘zidan eshitib bildikki, siz uni Toshkanddan isyon chiqarg‘ali kelguchi, deb gunohkor qilur ekansiz. Onam bilan manim baxtimga kutmagan joydan mo‘’jizadek bu maktub topildi-da, men xizmatingizga yugirdim... — Kumush so‘zini tugata olmadi, chopishidan halloslagan Pirmat dahlizdan ko‘rinib, bekka qulluq qildi:
— Dor yonidan qaytishdilar!
Kumushbibi sachrab Pirmatning yuziga qaradi va uzoq tin olib qo‘ydi. Shu choqg‘acha xat o‘qub o‘lturgan ponsadboshi maktubdan yaxshi asarlangan edi. Maktubni yonidag‘ig‘a berar ekan, qushbegiga dedi:

— Bu xat toshkandlik Yusufbek to‘g‘risidagi fikri-mizni tamom o‘zgartadir, taqsir! Uning Azizbek tomonliq bir kishi ekanligi Farg‘onaning har bir xos va omi og‘zida naql qilinsa ham ammo hech bir kimsa uning ichiga kirib chiqmagandir. Har kimning ko‘ng-lidagini yolg‘iz bir xudodan boshqa kim bilsin!


«Yov qochsa botir ko‘payar» qabilidan shu choqg‘acha lom demay o‘lturgan shahar a’yonlari ham masalani onglab, so‘zga aralasha ketdilar:


Xudo haqni nohaq qilmadi, bechora yosh yigitning haqsizga qoni to‘kilmadi.


— Qutidordek qo‘ymizoj bir odamning bunday zo‘r ishka oralashqanlig‘iga aql ham bovar qilmas edi.

Go‘yo bu so‘zlar Kumushbibining o‘chkan charog‘ini qaytadan yoqarlar, umid osmonining yo‘qolib, yashi-rinib ketkan yulduzlari yana qaytadan o‘z o‘rinlariga kelib qo‘ng‘andek bo‘lurlar, uning ko‘z o‘ngida joy olgan qoraliqlar shu yoqila boshlag‘an najot sham’lari partavi bilan o‘z-o‘zlaridan yo‘qolg‘andek ko‘rinarlar edi.


Dahliz eshigi ostida bir durkum oyoq tovushlari eshitilib qo‘rboshi ko‘rindi.


— Kelishdilar, taqsir, kirsinlarmi?
Qushbegi javob berish o‘rniga maktubni olib ko‘rpacha ostig‘a yashirdi va Kumushbibini tanbihladi: «Majlisda manim ruxsatimdan boshqa so‘zlashingiz otangiz bilan eringizning o‘limlarini tilashingizdir, tushundingizmi?» Kumush qabul ifodasini bergandan so‘ng qushbegi dahlizda qarab turg‘an qo‘rboshig‘a «Kirsinlar» dedi.

Kumushbibi ularni boya yo‘l ustida, yigitlar orasida ko‘rgan bo‘lsa ham biroq dahshat ichida faqat o‘rdaga qarab yugira bergan edi. Endi «Kirsinlar» jumlasini eshitgach, yuragi ortiqcha sho-pirinib ketdi, uning istiqbolig‘a turishni va bo‘ynig‘a osilib yig‘lashni tilasa-da, qarshisidagi «olabo‘jilar» bunga moni’ edilar. Shu vaqt yigitlar oldida, qo‘llarida kishan bo‘lg‘ani holda Otabek bilan qutidor kirdilar.


— Yigitlar, siz chiqingiz! Qo‘rboshi, siz kishanlarni yeshingiz! — deb buyurdi qushbegi. O‘zining mundan keyingi ko‘rguliklarini foji’alar vodiysida ko‘rgan qo‘rboshi boshlab


kishan kalidini qutidor qo‘lig‘a soldi. Kalidni burar ekan, uning qo‘li dirdir qaltiramoqda edi. Homidning noma’lum bir g‘arazi yo‘lida qurbon qilinayozg‘an va bu g‘arazda o‘zining ham ishtirokining borlig‘ig‘a qoyil bo‘lg‘an qo‘rboshi ishni bu yanglig‘ akslanishidan sirning ochilg‘anini muqarrar bilib, o‘zini shu soat jallod qo‘lig‘a topshirilishini aniq kutmakda edi. Ming balo bilan qutidor qo‘lini bo‘shatib, gal Otabekka yetdi. Otabek qo‘llarini bo‘shatg‘uchi qo‘rboshining bunchalik titrab, qaltirashidan o‘z raqiblaridan bittasi shu kishi bo‘lg‘anini o‘yladi. Garchi o‘zining najoti hali qorong‘u ersa-da,








Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling