Abdullayev sayfulla fayzullayevich azimov sanjar samadovich avezov sherali naimovich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet60/102
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1810815
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   102
Bog'liq
TASVIRIY SAN‟AT VA MUHANDISLIK OQUV QOLLANMA

 Qalamtasvirda perspektiva
―Perspektiva‖ so‘zi – fransuzcha bo‘lib, ―uzoqqa qarash‖ yoki ―to‘g‘ri 
ko‘ryapman‖, yunoncha ―oyna orqali to‘g‘ri va aniq ko‘raman‖ degan ma‘nolarni 
anglatadi. Umuman olganda, perspektivani tasviriy san‘atning grammatikasi deyish 
mumkin. 
Perspektivaga oid boshlang‘ich ma‘lumotni biz Anaksagor (eramizdan 500 yil 
oldin), Demokrit (e.a. 460 - 370 y), mashhur astronom Ptolomey va boshqalar 
ishlarini ham uchratamiz. 
Uyg‘onish davrining buyuk siymosi, italiyalik mashhur rassom va olim
Leonardo da Vinchi perspektivada uch yo‘nalish borligini aniqladi. Birinchidan, bir 
xil kattalikdagi narsalar uzoqlashtirilgan sari, bir to‘g‘ri chiziq bo‘yicha kichrayib 
borishini o‘rganib, buni chiziqli perspektiva deb nomladi. Ikkinchidan, narsalarning 
kuzatuvchidan uzoqlashgan sari havo qatlami ta‘siri ostida rangi o‘zgarib borishini 
aniqladi. Uchinchidan, narsalarning chegaralari chizuvchidan uzoqlashishi 
natijasida asta - sekin xiralashib borishini kuzatdi. Ushbu ma‘lumotlar asosida u 
―Perspektiva tasviriy san‘atning rulidir‖ deya yozgan edi. 
20 - rasm. Perspektiv tasvir 


138 
Ma‘lumki, narsalar shakli va o‘lchamining katta - kichikligi o‘zgarishi 
ularning uzoq-yaqinligi va holatiga bog‘liq. Shuning uchun qog‘oz tekisligiga 
hajmli narsaning ifodalanishi faqatgina uning tashqi ko‘rinishini chizishni emas
perspektiv o‘zgarish qoidalarini tushunishni ham talab etadi. Hajmiy shaklni 
tasvirlash bu – tasvirlovchi, tasvirlanayotgan predmet va atrof - muhit aloqalarini 
aniqlash natijasidir. 
Hajmli predmet atrof-muhitdan ma‘lum tekisliklar, qirralari va uchlari bilan 
ajralib turadi. Tasvirda atrof - muhitni predmetlar va fon tashkil etadi. Predmet 
tekisligi – biz chizayotgan tekislikka yer, stol usti, natura qo‘yadigan joy 
mansubdir. 
Ikki o‘lchamli qog‘ozda (kartina tekisligi) biz predmet tekisligini ifodalash 
yordamida chuqurlikni, uzoq planlarni ko‘rsatishga erishamiz. Atrof - muhitning 
elementi fon hisoblanadi. Fon tasvirlanayotgan narsaning orqa tomoni bo‘lib, 
buyumlarni ajratib turadi. Fon tekis yoki chuqur fazo bo‘lishi mumkin.
Kartina tekisligida hajmli buyumni chizganda, biz fazoviy erkinlik va 
chuqurlikni ko‘rsatmoqchi bo‘lamiz. Buning uchun perspektiva qoidalarini bilish 
zarur. Ular quyidagilardir: ufq chizig‘i, ko‘rish nuqtasi, tutashuv nuqtasi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling