139
o‘zgarayotgan narsalarning yuqori va pastidan shartli chiziq o‘tkazganda,
mazkur
shartli chiziqlar borib ufq chizig‘ining tutashuv nuqtasiga taqaladi (21 - rasm).
21 - rasm. Temir yo’l va simyogochning perspektiv ko’rinishlari
22 - rasm. Interyer perspektivasi
140
Chiziqli perspektivaning asosiy qoidalari quyidagilardir:
1. Chizayotgan vaqtimizda biz ikki o‘lchamga ega bo‘lgan qog‘ozda qanday
qilib perspektiva qoidalaridan foydalangan holda uch o‘lchamga ega bo‘lgan
hajmli predmetni tasvirlashni o‘ylashimiz kerak.
2. Predmetlar tasviri biz kuzatayotgan joyga bog‘liq holda o‘zgarishini
unutmaslik kerak.
3. Bir xil o‘lchamga ega bo‘lgan predmetlar tasvirlanayotgan
bazada agar
bizga yaqin bo‘lsa – katta, uzoqroq borgan sari kichkina bo‘lib ko‘rinadi (22, 23, -
rasmlar).
4. Ufq chizig‘i ko‘z balandligidan o‘tadi deb faraz qilinadi.
5. Naturadagi parallel chiziqlar gorizont chizig‘ining ma‘lum
bir nuqtasida
tutashadi.
23- rasm. Eksteryerda perspektiva holatlari