Abdunabiyeva Noilaning " Psixofiziologiya"


Sezgi tizimi anatomiyasi , fiziologiyasi , zararlanish belgilari va tekshirish usullari


Download 369 Kb.
bet9/16
Sana13.04.2023
Hajmi369 Kb.
#1352010
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Neyronlar

Sezgi tizimi anatomiyasi , fiziologiyasi , zararlanish belgilari va tekshirish usullari
Odamzod paydo bo`libdiki, u tashqi muhit bilan muloqotda bo`ladi. Tashqi ta`sirlarni qabul qiladi, uni bosh miya po`stlog`igacha yetkazib, u yerda tahlil qiladi. Ko`rish, hid bilish, eshitish, issiq-sovuqni sezish – hammasi sezgi sohasiga bog`liq. Sezish analizatori – bunda qabul qilish joyi – retseptor, o`tkazish qismi va markaziy oxirgi qismi bor. Markaziy qism bosh miya po`stlog`ida tugaydi, bu analizator deb ataladi. Sezgi hamma vaqt tashqaridan – sirtdan boshlanadi.
Sezgida albatta qabul qilib oluvchi – retseptorlar bo`lishi kerak. Ular quyidagilar:
1. Ekstroretseptorlar – bu retseptorlar tashqarida teri ektodermasida va shilliq qavat pardalarida uchraydi. Ular ikki xil bo`ladi: kontakt retseptorlar – ta`sir etish natijasi yuzaga keladi (og`riq, issiq-sovuqni sezish); distan retseptorlar – masofadan sezish (ko`rish, eshitish, hid bilish).
2. Proprioretseptorlar – chuqur to`qimalardagi retseptorlarga (pay, mushak, suyak, bo`g`im). Masalan, bemor ko`zini yumib, ko`rsatkich barmog`ini yuqoriga yoki pastga qaratilganda bemor shu holatni bilishi kerak.
3. Introretseptorlar – ichki a`zolardagi sezgilarni biladi: masalan, oshqozon yoki buyrakdagi og`riqlar. Sezgi ikki xil bo`ladi:
1. Yuzaki sezgi: bunga og`riqni sezish, issiqsovuqni sezish, qisman taktil (paypaslab silash) sezish kiradi. Yuzaki sezgi yo`llari: birinchi neyron umurtqalararo gangliyada joylashgan. Dendritlar tashqaridan ta`sirlarni qabul qiladi, akson esa ichkariga kirib, orqa miyaning orqa shoxidagi sezgi hujayralarida tugaydi. Ikkinchi neyron – orqa miyaning orqa shoxidagi sezgi hujayralaridan boshlanib, har segment sohasida qarama-qarshi tomonga o`tadi. Orqa miyaning yon ustiga borib, tepaga ko`tariladi va ko`ruv do`mbog`ida
tugaydi. Uchinchi neyron – ko`ruv do`mbog`idan boshlanib, ichki kapsula orqa sonining orqa qismidan o`tadi va bosh miya po`stlog`I tepa qismining orqa markaziy egatida tugaydi.
2. Chuqur sezgi – bunga quyidagilar kiradi:
a) mushak-bo`g`im sezgisi;
b) bosim va og`irlik sezgisi;
d) jismlarni paypaslab bilish sezgisi – steriognoz;
e) vibratsion sezgi – retseptorlari mushakda, bo`g`imda, suyakda, payda yotadi. Chuqur sezgi yo`llari: birinchi neyron boshlanadi, retseptorlardan dendritlar umurtqalararo neyronga qarab yo`naladi, akson ichkariga kiradi, ya`ni orqa miyaning orqa ustuniga boradi. So`ngra o`z tomonidan yuqoriga ko`tariladi
va uzunchoq miyaning pastki qismidagi yadrosiga borib tugaydi.
Ikkinchi neyron – uzunchoq miyadagi yadrodan boshlanib qaramaqarshi tomonga o`tib, ko`tarilib ko`ruv do`mbog`ida tugaydi. Uchinchi neyron boshlanadi, ko`ruv do`mbog`idan ichki kapsula orqa sonining orqa tomonidan o`tib, bosh miya po`stlog`ining tepa qismidagi orqa markaziy egatda tugaydi (18-rasm).

Download 369 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling