Abdunabiyeva Noilaning " Psixofiziologiya"


Download 369 Kb.
bet1/16
Sana13.04.2023
Hajmi369 Kb.
#1352010
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Neyronlar




Toshkent viloyati angren shahar angren universiteti
P.p 105-guruh talabasi
Abdunabiyeva Noilaning
Psixofiziologiya” fanidan


Mustaqil ish

Mavzu:



Neyronlar
Qabul qildi: Gaziyeva N
Reja:
1. Reflekslar anatomiyasi, fiziologiyasi, zararlanishi va tekshirish usullari
2. Bosh miya nervlarining anatomiyasi , fiziologiyasi , zararlanish belgilari va tekshirish usullari
3. Sezgi tizimi anatomiyasi , fiziologiyasi , zararlanish belgilari va tekshirish usullari
4. Vegetativ asab tizimi anatomiyasi, fiziologiyasi , zararlanish belgilari va tekshirish usullari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar




Reflekslar anatomiyasi, fiziologiyasi, zararlanishi va tekshirish usullari Refleks degan so`z fanga birinchi bo`lib XVII asrda fizik olim Dekart tomonidan kiritilgan. Refleks so`zi akslanish yoki qaytarish degan ma`noni anglatadi. Goll refleks yoyining tuzilishini aytib o`tgan.
Odamda refleks hosil bo`lishi refleks yoyiga bog`liq. Refleks ikki xil bo`ladi: shartli va shartsiz. Shartli reflekslar tug`ilgandan keyin paydo bo`ladi. Shartsiz reflekslar tug`ma reflekslar deb ataladi yoki shu reflekslar bilan odam tug`iladi. Shartsiz reflekslar deb organizmning tashqi va ichki ta`sirlarga asab tizimi orqali javob qaytarishiga aytiladi. Oddiy va murakkab shartsiz refleksfarqlanadi. Oddiy shartsiz reflekslar orqa miya faoliyati natijasida paydo bo`ladi. Murakkab shartsiz reflekslar esa miya ustuni va bosh miya yarimsharlarining po`stloqosti tugunlarida paydo bo`ladi. Har bir refleksning o`z reflektor yoyi bo`ladi
Tug`ma shartsiz reflekslar ikkita katta guruhga bo`linadi:
I. Y u z a k i r e f l e k s l a r, yuzadan chaqiriladi. Bu reflekslar o`z
navbatida quyidagilarga bo`linadi:
a) shilliq pardalardan chaqiriladigan reflekslar, ya`ni ko`z shox pardasi refleksi va konyuktival reflekslardir;
b) yutish refleksi – bu refleksni chaqirishda tomog`ning tanglay qismiga shpatel tekkiziladi. Javob reaksiyasida qusish paydo bo`ladi;
d)teri reflekslari – bu reflekslar teriga ta`sir qilish natijasida chaqiriladi;
e) tuxum (kremaster) refleksi – bu refleks sonning ichki qismidan tepaga qarab ikki tomondan ta`sirlanadi. Natijada, o`ng yoki chap tomonga ta`sir ko`rsatilganda shu tomondagi tuxum yuqoriga ko`tariladi.
II . C h u q u r r e f l e k s l a r g a suyak va paylardan chaqiriladigan reflekslar kiradi. A. Karporadial refleks (KR) – qo`ldagi suyakning boshchasidan chaqiriladi, reflektor yoyi C5_6. B. Pay reflekslari: qo`llarda bukilish refleksi (BR) – bilakdagi ikki boshli mushakning payidan chaqiriladi. Reflektor yoyi C5_6; qo`llarda yozuvchi reflex (TR) – bu refleks bilakdagi uch boshli mushak payidan chaqiriladi. Reflektor yoyi C7_8; tizza refleksi (PR) – bu refleks sonning 4 boshli mushagining payidan chaqiriladi. Reflektor yoyi L3_4; Axill refleksi (AR) – Axill payidan chaqiriladi, reflector yoyi L5 – S 1 (14-rasm).
Sog`lom odamlarda reflekslar ikki: o`ng va chap tomondan chaqiriladi. Patologik reflekslar ikki xil bo`ladi:
1. Periferik asab tizimi kasallanganda reflekslar past bo`ladi (giporefleksiya) yoki yo`qoladi (arefleksiya).
2. Markaziy asab tizimi kasallanganda esa reflekslar yuqori bo`ladi (giperrefleksiya). Agar reflekslar chaqirilganda o`ng yoki chap tomonda yuqori yoki past bo`lsa (D > S ; D < S ), bu anizorefleksiya deb ataladi.
Markaziy paralichlarda patologik reflekslar uchraydi. Ular ikki guruhga bo`linadi:
1.Yozuvchi patologik reflekslarga Babinskiy, Oppengeym, Gordon, Sheffer reflekslari kiradi.
2. Bukuvchi patologik reflekslarga Mendel – Bexterev, Jukovskiy, Rossolimo, Churayev kiradi. Bu reflekslar, asosan, oyoqlardan chaqiriladi (15-rasm).

Download 369 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling