Abdunabiyeva Noilaning " Psixofiziologiya"


VI juft uzoqlashtiruvchi KBM nervi


Download 369 Kb.
bet5/16
Sana13.04.2023
Hajmi369 Kb.
#1352010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Neyronlar

VI juft uzoqlashtiruvchi KBM nervi. Yadrosi Vorolev ko`prigi rombovid chuqurchaning tagida joylashgan. Yadrodan ikkinchi periferik neyron boshlanib, Vorolev ko`prigi va uzunchoq miya chegarasida, miyadan va kalla suyagidan esa tepa ko`z oralig`idan chiqadi. Bu yerdan chiqib, tashqi lateral mushakni nerv bilan ta`minlaydi. Bu mushak ko`z olmasini tashqariga tortib turadi.
Zararlanishi. Periferik neyron zararlansa, ichkariga qarab qolgan g`ilaylik hamda diplopiya kuzatiladi. VI jufi nervning ham markaziy neyroni bo`lib, u bosh miya po`stloq qismining peshanadagi oldingi markaziy egatidan boshlanadi. Pastga
tushib ichki kapsulani tizzasidan o`tadi va yadroga kelib tugaydi.
Demak, bu nervning ham markaziy falajlanishi kuzatilmaydi (16- rasm).
VII juft yuz KBM nervi. Yadrosi uzunchoq miya bilan Vorolev ko`prigi chegarasida joylashgan. Yadrosi ikki: tepa va pastki qismdan iborat. Markaziy neyroni bosh miya po`stlog`i peshana qismining oldingi markaziy egatidan boshlanib, ichki kapsulaning tizzasidan o`tadi va yadroning tepa qismiga ikki tomonlama kelib tugaydi. Pastki qismi esa qarama-qarshi tomondan kelib tugaydi. Shunday qilib, pastki yadrosi bir tomondan qarama-qarshi tomon bilan bog`langan. Yadrodan
Ikkinchi periferik neyron boshlanib, miyada ko`prik – miyacha burchakdan tashqariga chiqadi. Keyin yuz nervi eshitish nervi bilan birgalikda chakka suyagi piramidasi ichiga kiradi, piramida suyagining ichki qismida eshitish nervi ajralib, yuz nervining kanaliga o`tadi. Bu yerda yuz nervining tashqi tizzasini hosil qilib, foramen stilomastoideum orqali tashqariga chiqadi. So`ng quloq suprasi tagidan o`tib yuz mimik mushaklarini nerv bilan ta`minlaydi.
Sog`lom odamlarda yuz tinch holatda turganda peshana ajinlari ikki tomondan bir xil, qosh ikki tomondan bir xil kenglikda, ko`z oraliqlari bir xil, burun-lab qatlami ikki tomondan bir xil, og`iz burchagi bir xil tekislikda joylashgan bo`ladi. Yuz nervining qaysi neyroni zararlanishiga qarab ikki xil falajlik bo`ladi? Tinch holatda: peshana ajinlari bir xil, qoshlar bir tekislikda, ko`z
oralig`i bir xil, qarama-qarshi tomonda zararlanishdan burun-lab qatlami silliqlashgan va shu tomonda og`iz burchagi pastga tushgan bo`ladi.
Markaziy falajlik mimik sinovlarida esa bemor ikki tomondan qoshlarini yaxshi ko`taradi, ko`zlarni yaxshi yumadi, tishlarni tirjaytirganda zararlangan tomondan qarama-qarshi tomonda burun-lab qatlami tashqariga ketmaydi. Shu tomondan bemor labini oldinga chiqara olmaydi, lunjini shishira olmaydi, natijada, og`zidan havo chiqib ketadi. Yadrodan tepada zararlanish ro`y bersa, markaziy falajlanish kuzatiladi. Yuz nervining periferik falajlanishida qaysi
tomon zararlansa, shu tomonda o`zgarish bo`ladi. Masalan, chap tomonda yuz nervining periferik nervi zararlansa, shu tomonda yuz nervining periferik falaji kuzatiladi. Bunda tinch holatda chap tomonda yuz asimmetriyasi, ya`ni yuz bir xil emas, chap tomonda peshana ajinlari silliqlashgan, qosh biroz pastda, ko`z oralig`i kengaygan, burun-lab qatlami silliqlashgan va og`iz burchagi pastga tushgan bo`ladi. Bemor mimik sinovlarda kuzatilganda chap tomondagi qoshini ko`tara olmaydi, achchiqlana olmaydi, ko`zini yuma olmaydi (lagoftalm yoki quyon ko`zi, Bella belgisi), tishlarini ochib tirjaytirganda burun-lab qatlami tashqariga ketmaydi, lunjini shishira olmaydi (17-rasm).

Download 369 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling