Abdunabiyeva Noilaning " Psixofiziologiya"


Yuz nervining topik zararlanishi


Download 369 Kb.
bet6/16
Sana13.04.2023
Hajmi369 Kb.
#1352010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Neyronlar

Yuz nervining topik zararlanishi. Agar Vorolev ko`prigi va uzunchoq miya chegarasidagi yadro zararlansa, shu tomonda yuz nervining periferik falajligi, qarama-qarshi tomonda esa gemiplegiya markaziy xarakterda va gemianesteziya o`tkazuvchanlik xilida bo`ladi.
Bu falajlik alternashgan falajlik deb ham ataladi. Agar miyacha ko`prik burchagi zararlansa, shu tomonda yuz nervining periferik falaji, giperakuziya – quloqning o`ta eshitishi, ko`z va og`izning qurishi kuzatiladi, tilning oldingi qismi ta`m bilmaydi (ageziya). Agar parus akustikus internus ichi zararlansa, miyacha ko`prik burchagidagi belgilar kuzatiladi. Agar kanalis facialis ichi zararlansa, unda shu tomondagi yuz nervining periferik falajligi kuzatiladi, og`iz va ko`z quriydi, tilning oldingi qismi ta`m bilmaydi. Agar faramen stillomostadeum dan keyin zararlansa, yuz nervining periferik falaji shu tomonda bo`ladi.
VIII juft eshitish KBM nervi ikki nerv tizimidan iborat:
Koxlear nerv eshitishga aloqasi bor. Koxlear nervning gangliyasi bo`lib, dendritlari ta`sirlarni tashqaridan qabul qiladi, aksonlari esa kalla suyagi orqali miya ustuniga uzunchoq miya va Vorolev ko`prigi chegarasidagi yadrolarda tugaydi. Bu birinchi neyron deb ataladi. Ikkinchi neyron chegaradagi yadrolardan boshlanib, o`z tomonidan va qarama-qarshi tomonga o`tib, yuqoriga ko`tariladi
va birlamchi eshitish markazida o`rta miya to`rt tepalikning oxirgi do`mboqchasida to`xtaydi. Uchinchi neyron shu joydan boshlanib, ichki kapsuladan o`tadi va bosh miya po`stlog`ining chakka qismidagi Geshlya egatida tugaydi.
Zararlanishi. Agar gangliyadan yadrogacha birinchi neyron zararlansa, shu tomonda quloq eshitmaydi, bu anakuziya deb ataladi, quloqning kam eshitishi gipakuziya deyiladi. Agar ikkinchi neyron bir tomondan zararlansa, eshitishga aloqasi bo`lmaydi, chunki yadrosi po`stloq bilan ikki tomonlama bog`langan. Agar po`stloq zararlansa unda eshitish gallutsinatsiyasi bo`ladi.

Download 369 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling