Abdunabiyeva Noilaning " Psixofiziologiya"


Adrenalin bilan sinov o`tkazish


Download 369 Kb.
bet14/16
Sana13.04.2023
Hajmi369 Kb.
#1352010
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Neyronlar

Adrenalin bilan sinov o`tkazish. Bemor terisi ostiga 0,1 ml adrenalin yuboriladi, terining dori yuborilgan joyida 5–10 daqiqadan so`ng oq dog` paydo bo`ladi. Bu oq dog` atrofini qizil tasma o`raydi. Qizil tasma bilan o`ralgan bu dog` 15–20 daqiqa davomida saqlanib turishi kerak. Bu sinamada yurak urishi ortadi va qon bosimi ko`tariladi. Agar bunday holat uzoq muddat davomida saqlanib tursa,
simpatik asab tizimi tonusi oshganligidan dalolat beradi.
Gidrofillik (teridan suv so`rilishi) xususiyatini tekshirish. Tirsakning pastki uchdan bir qismiga 0,2 ml fiziologik eritma yuboriladi. Yuborilgan joyda papula (shish) hosil bo`ladi. Papulaning yo`qolgan vaqti me`yorda 40–60 daqiqaga to`g`ri keladi. Mabodo, papula tez so`rilib ketsa, to`qimalarning gidrofilligi me`yoridan oshgan bo`ladi.
Ter ajralishini Minor usulida tekshirish. Bemor tanasiga minor eritmasi bir tekis surkab chiqiladi. (Minor suyuqligi tarkibida 90 g 96° li toza spirt, 10 g kanakunjut moyi, 1,5 g kristallangan yod bor.) Bu eritma qurigandan so`ng ustidan bir xil qalinlikda kraxmal kukuni sepiladi, so`ngra bemorga 1,0 g aspirin va bir stakan issiq shirin choy ichirib, u elektr vanna ostiga yotqiziladi. Bemor terlashi natijasida eritma tarkibidagi yod kraxmal bilan birikib, tananing terlagan qismlarida qoramtir rang hosil qiladi. Ter ajralmagan joylarda tana rangi o`zgarmaydi.
Pilomotor refleksini tekshirish. Bemor bo`yin terisining orqa tomoniga sovuq ta`sir ettirilsa (efir yoki sovuq suv), bemor tanasining shu tomonida terisi g`oz terisiga o`xshab, tuklari tik bo`lib qoladi. Orqa miya kasalliklarida orqa miyaning shikastlangan segmentlari sohasida pilomotor refleks bo`lmaydi.
Chanoq a`zolarining faoliyati va ularning zararlanishi Siydik pufagining devorida ikki xil silliq mushaklar bo`lib, birinchisi m.sphincter – siydik pufagini qisqartiradi, ikkinchisi m.detruzor – siydik pufagini bo`shatadi. Siydik pufagi ikkita asab tizimi bilan ta`minlangan: 1) simpatik nerv tolalar orqa miyaning yon shoxida joylashgan bo`lib, siydik pufagidagi mushakni qisqartirgan holda saqlaydi va detruzorni bo`shashtiradi. Agar simpatik asab tonusi oshsa, siydik ajralmaydi. 2) parasimpatik nerv tolalari orqa miyaning S1 – S3 segmentlarida joylashgan bo`lib, harakat tolalari detruzorni qisqartiradi va sfinkterni bo`shashtiradi. Parasimpatik markaz qo`zg`alsa, siydik pufagi bo`shaydi. Siydik pufagi uchun orqa miyaning shu segmentlarida vezikospinal markaz bo`lib, bu markaz hamma vaqt bosh miya po`stlog`i, po`stloqosti tuzilmalarining nazoratida turadi. Sog`lom kishilarda siydik pufagi siydik bilan to`lgandan keyin pufakdagi shilliq pardalarni ta`sirlaydi va sezgi tolalari orqa miyaning
orqa shoxiga S4 segmentiga boradi, qisman bosh miya po`stlog`iga ko`tariladi va siyish holati yuzaga keladi, qisman orqa miyaning siydik pufagi markaziga boradi. Shuning uchun siydikni ma`lum vaqtgacha siydik pufagida ushlab tura oladi.

Download 369 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling