Abdunabiyeva Noilaning " Psixofiziologiya"


XI juft qo`shimcha nervlar


Download 369 Kb.
bet8/16
Sana13.04.2023
Hajmi369 Kb.
#1352010
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Neyronlar

XI juft qo`shimcha nervlar harakat vazifasini bajarib, yadrosi uzunchoq miyaning pastida, orqa miyaning teparog`ida – oldingi shoxlarda joylashgan. Markaziy neyron ikki tomon: yadrodan, miya po`stlog`idan keladi. Periferik asab neyroni esa yadrodan boshlanib tashqariga chiqadi va m. sternocleidomastoideus (boshni o`ng va chap tomonga burish hamda oldinga va orqaga egishda ishtirok etadi) hamda
m. trapesius (yelkani ko`tarishda qatnashadi) mushaklarini nerv bilan ta`minlaydi. Zararlanganda faqat periferik falajlik kuzatiladi. Bunda shu tomonda bo`yin-yelka mushaklarining oriqlanishi, bo`yinning shu tomonga qiyshayishi kuzatiladi. Agar periferik nerv ikki tomonlama zararlansa, bunda bemorning bo`yin va yelka mushaklari oriqlanishi bilan birga bosh oldinga osilib qoladi.
XII juft tilosti nervi harakat nervlari bo`lib, tilni harakatga keltiradi. Yadrosi uzunchoq miyada joylashgan. Yadrogacha markazdan bosh miya po`stlog`idan markaziy neyron keladi va qarama-qarshi tomonga o`tadi. Shunday qilib, yadrosi bosh miya po`stlog`i bilan faqat bir tomonlama qarama-qarshi tomon bilan bog`langan. Periferik neyron esa uzunchoq miya olivasi piramidalari orasidan hamda kalla suyagidan chiqib, tildagi mushaklarni nerv bilan ta`minlaydi. Me`yorda til og`izdan to`g`ri chiqadi, hamma tomonga harakat qiladi, atrofiya
bo`lmayd i, fibrillyar qaltirash kuzatilmaydi.
Zararlanishi. Agar markaziy neyron zararlansa, bemor tilini chiqarganda tilning uchi zararlangan tomonga qarama-qarshi tomonga buraladi, oriqlash, fibrillyar qaltirash bo`lmaydi. Gapirish o`zgaradi – dizartriya, noaniq gapiradi. Agar periferik nerv zararlansa, tilni chiqarganda til zararlangan tomonga buraladi, shu tomondan tilning yarmida oriqlanish hamda gapirish noaniq bo`ladi. Agar XII juft nervning uzunchoq miyadagi yadrosi zararlansa, u vaqtda til qiyshayishi, oriqlanish, bemorning noaniq gapirishi hamda tilde fibrillyar qaltirash kuzatiladi. Agar bu nerv ikki tomonlama zararlansa, bemor tilni og`iz ichidan chiqara olmaydi.

Download 369 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling