Abdunabiyeva Noilaning " Psixofiziologiya"
Sezgi tizimi anatomiyasi , fiziologiyasi , zararlanish belgilari va tekshirish usullari
Download 369 Kb.
|
Neyronlar
Sezgi tizimi anatomiyasi , fiziologiyasi , zararlanish belgilari va tekshirish usullari
Odamzod paydo bo`libdiki, u tashqi muhit bilan muloqotda bo`ladi. Tashqi ta`sirlarni qabul qiladi, uni bosh miya po`stlog`igacha yetkazib, u yerda tahlil qiladi. Ko`rish, hid bilish, eshitish, issiq-sovuqni sezish – hammasi sezgi sohasiga bog`liq. Sezish analizatori – bunda qabul qilish joyi – retseptor, o`tkazish qismi va markaziy oxirgi qismi bor. Markaziy qism bosh miya po`stlog`ida tugaydi, bu analizator deb ataladi. Sezgi hamma vaqt tashqaridan – sirtdan boshlanadi. Sezgida albatta qabul qilib oluvchi – retseptorlar bo`lishi kerak. Ular quyidagilar: 1. Ekstroretseptorlar – bu retseptorlar tashqarida teri ektodermasida va shilliq qavat pardalarida uchraydi. Ular ikki xil bo`ladi: kontakt retseptorlar – ta`sir etish natijasi yuzaga keladi (og`riq, issiq-sovuqni sezish); distan retseptorlar – masofadan sezish (ko`rish, eshitish, hid bilish). 2. Proprioretseptorlar – chuqur to`qimalardagi retseptorlarga (pay, mushak, suyak, bo`g`im). Masalan, bemor ko`zini yumib, ko`rsatkich barmog`ini yuqoriga yoki pastga qaratilganda bemor shu holatni bilishi kerak. 3. Introretseptorlar – ichki a`zolardagi sezgilarni biladi: masalan, oshqozon yoki buyrakdagi og`riqlar. Sezgi ikki xil bo`ladi: 1. Yuzaki sezgi: bunga og`riqni sezish, issiqsovuqni sezish, qisman taktil (paypaslab silash) sezish kiradi. Yuzaki sezgi yo`llari: birinchi neyron umurtqalararo gangliyada joylashgan. Dendritlar tashqaridan ta`sirlarni qabul qiladi, akson esa ichkariga kirib, orqa miyaning orqa shoxidagi sezgi hujayralarida tugaydi. Ikkinchi neyron – orqa miyaning orqa shoxidagi sezgi hujayralaridan boshlanib, har segment sohasida qarama-qarshi tomonga o`tadi. Orqa miyaning yon ustiga borib, tepaga ko`tariladi va ko`ruv do`mbog`ida tugaydi. Uchinchi neyron – ko`ruv do`mbog`idan boshlanib, ichki kapsula orqa sonining orqa qismidan o`tadi va bosh miya po`stlog`I tepa qismining orqa markaziy egatida tugaydi. 2. Chuqur sezgi – bunga quyidagilar kiradi: a) mushak-bo`g`im sezgisi; b) bosim va og`irlik sezgisi; d) jismlarni paypaslab bilish sezgisi – steriognoz; e) vibratsion sezgi – retseptorlari mushakda, bo`g`imda, suyakda, payda yotadi. Chuqur sezgi yo`llari: birinchi neyron boshlanadi, retseptorlardan dendritlar umurtqalararo neyronga qarab yo`naladi, akson ichkariga kiradi, ya`ni orqa miyaning orqa ustuniga boradi. So`ngra o`z tomonidan yuqoriga ko`tariladi va uzunchoq miyaning pastki qismidagi yadrosiga borib tugaydi. Ikkinchi neyron – uzunchoq miyadagi yadrodan boshlanib qaramaqarshi tomonga o`tib, ko`tarilib ko`ruv do`mbog`ida tugaydi. Uchinchi neyron boshlanadi, ko`ruv do`mbog`idan ichki kapsula orqa sonining orqa tomonidan o`tib, bosh miya po`stlog`ining tepa qismidagi orqa markaziy egatda tugaydi (18-rasm). Download 369 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling