Abdunabiyeva Noilaning " Psixofiziologiya"


Yuzaki sezgini tekshirish


Download 369 Kb.
bet11/16
Sana13.04.2023
Hajmi369 Kb.
#1352010
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Neyronlar

Yuzaki sezgini tekshirish. Og`riq va haroratni sezuvchanlik yuzaki sezgiga kiradi. Tekshirish uchun shifokor bemorning o`ng tomonida turib, igna yordamida avval sog`lom tomonidan, keyin kasal tomonidan igna sanchib ko`radi. Bunda sezgining bir xilligi, o`tkir va o`tmasligi chap va o`ng tomondan tekshirib boriladi. Avval yuqori yuz qismdan boshlab, keyin qo`l, tana va oyoqlar hamda old va orqa tomondan tekshiriladi. Bunda og`riq bor yoki yo`qligi aniqlanadi. Harorat sezuvchanligini tekshirishda ikkita shisha idish olinib, birinchisiga 40–50°C issiq suv, ikkinchisiga 20– 25°C li iliq suv solinadi. Bemorlarni tekshirishda avval issiq shisha idishni, keyin esa iliq shisha idishni tananing ikki tomoniga ko`zlar yumilgan holda, birin-ketin teriga tekkizilib, bemordan sovuq-issiqligi so`rab boriladi.
Chuqur sezgini tekshirish.
1. Ta k t i l s e z g i n i tekshirish uchun qog`oz yoki paxta yordamida bemorning badaniga tekkiziladi. Bunda bemor shu tekkizilgan narsani sezishi kerak.
2. Mu s h a k - b o ` g ` i m s e z g i s i n i tekshirish uchun bemorning ikkala ko`zi yumilgan holda qo`l va oyoq bo`g`imlari istalgan tomonga bukiladi. Me`yorda bemor qaysi bo`g`imni, qaysi tomonga bukilganligini aytadi. Agar chuqur sezgi zararlangan bo`lsa, bemor sezmaydi.
3.V i b r a t s i y a ( t e b r a n i s h ) s e z g i s i, bunda kamerton suyaklar ustiga qo`yiladi, bemor kamerton tebranishini bir-ikki soniyada
sezishi kerak. Agar suyak o`tkazuvchanligi zararlansa, bemor sezgini sezmaydi. 4. S t e r e o g n o z – ko`zni yumgan holda bemorga tanish buyumlar – kalit, soat, tanga beriladi. Agar bemor bu narsalarni bilsa, stereognoz deb ataladi. Bu miya po`stlog`ining sintez qilish faoliyatining zararlanishi yoki teri va harakat sezgilarining yo`qolishida kuzatiladi.
5. Teriga chizilgan shakllarni sezish – bemor tanasiga o`tmas buyumlar bilan har xil shakllar, raqamlar va harflar chiziladi. Me`yorda bemor chizilgan narsalarni aytadi, zararlanganda esa aytib bera olmaydi.
Vegetativ asab tizimi anatomiyasi, fiziologiyasi , zararlanish belgilari va tekshirish usullari
Asab sohasi ikkita katta tizimdan iborat:
1. S om a t i k a s a b t i z i m i – bu tizim ko`ndalang targ`il mushaklarni,
ya`ni yuz mushaklarining harakati, qo`l va oyoqdagi hamda tanadagi mushaklarni nerv bilan ta`minlaydi.
2. Ve g e t a t i v a s a b t i z i m i – bu tizim avtonom bo`lgani bilan bosh miya po`stlog`ining nazoratida bo`lib turadi. Bu degani, somatic asab tizimi va vegetativ asab tizimi bir-biri bilan uzviy bog`langan. Vegetativ asab tizimining asosiy vazifasi odam tanasidagi silliq mushaklarni va butun ichki a`zolarning faoliyatini idora etadi. Vegetativ asab tizimi qon aylanish, nafas olish, ovqat hazm qilish, tana haroratini bir me`yorda saqlash, qon tomirlarni turli muhitga moslashtirish, shuningdek, organizm ichki muhiti turg`unligi (gomeostaz) ni, moddalar almashinuvini me`yorida boshqarib turadi. Bundan tashqari, ichki a`zolar, limfa va qon tomirlar, ichki bezlar, silliq va ko`ndalang targ`il mushaklar hamda sezgi a`zolarni ta`minlaydi. Bu a`zolar ishini ma`lum tartibda borishini boshqarib turadi.
Vegetativ asab tizimi ikkiga bo`linadi: simpatik va parasimpatik asab tizimlari. Ikkala tizim bir-biri bilan kelishilgan holda ishlaydi.

Download 369 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling