Abdunabiyeva Noilaning " Psixofiziologiya"
Download 369 Kb.
|
Neyronlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qon tomir reflekslarini tekshirish yoki dermografizm.
- Ko`z-yurak refleksi (Danini-Ashner refleksi).
- Klino-ortostatik reflekslar.
Tekshirish usullari. Vegetativ asab tizimining simpatik va parasimpatik qismlar faoliyatini tekshirish uchun avval bemorning shikoyatini o`rganish va uni kasallikning kechishi bilan taqqoslash kerak. Bemorning tashqi ko`rinishi, terisining ahvoli, terlashi, allergic holati so`raladi. Yurak-tomir faoliyatini aniqlash uchun chap va o`ng qo`1-oyoqlarda qon bosimi o`lchanadi, yurak tovushi eshitib ko`riladi.
Qon tomir reflekslarini tekshirish yoki dermografizm. Dermografizmning ikki turi mavjud – mahalliy va reflektor. Mahalliy dermografizmda terining ma`lum joyiga o`tmas buyum bilan chizib ko`riladi. Shunda mayda qon tomirlardagi qo`zg`alish xususiyati qay ahvolda ekanligi aniqlanadi. Teri chizilgan joy qizaradi yoki oqrang hosil bo`ladi. Qizilrang bir necha daqiqadan so`ng yo`qolishi kerak. Mabodo, chizilgan joyda oqrang hosil bo`lsa, bu qon tomirlar tonusi oshib ketganligidan dalolat beradi. Agar qizil rang uzoq vaqtgacha yo`qolmay tursa, aksincha, qon tomirlar tonusi susayib ketganligini bildiradi. Agar kishida allergiya holati bo`lsa, chiziq o`tkazilgan joyda shish paydo bo`ladi. Reflektor dermografizm teriga to`g`nag`ich uchi bilan chizish orqali paydo qilinadi. Bunda terining chizilgan joyida ma`lum kenglikda aylanasi jimjimador qizarish paydo bo`ladi va bir necha daqiqadan so`ng yo`qolib ketadi. Periferik nervlar, orqa miya shoxlari, ba`zan orqa miyaning turli qismlari zararlansa, tananing shu zararlangan joyida reflektor dermografizm bo`lmaydi. Ko`z-yurak refleksi (Danini-Ashner refleksi). Ikkala yumuq ko`zga barmoqlar bilan bosilganda, yurak urishi bir daqiqada 6–12 taga sekinlashadi. Agar yurak urishi bir daqiqaga 12–16 tagacha kamaysa, bu hol parasimpatik asab tizimi tonusining oshganligini bildiradi. Agar yurak urishi sekinlashmasa yoki bir daqiqaga 2–4 taga tezlashsa, u simpatik asab tizimi tonusi oshganligidan dalolat beradi. Klino-ortostatik reflekslar. Bemor yotgan holatda tomir urishi va qon bosimi o`lchanadi, keyin tezda o`rnidan turg`iziladi (ortostatik refleks). Tikka turganida tomir urishi bir daqiqada 6–30 tagacha ko`payadi, qon bosimi simob ustuni bo`yicha 20 taga oshadi. Tik holatdan yotish holatiga o`tganda esa qon bosimi va yurak urishining tezligi 3 daqiqadan so`ng oldingi holatga qaytadi (klinostatik refleks). Agar ortostatik refleksda 1 daqiqada tomir urishi 12 tadan oshib ketsa, simpatik asab tizimi qo`zg`aluvchanligi oshadi. Agar klinostatik holatda tomir urishi sekinlashsa, parasimpatik asab tizimi qo`zg`aluvchanligi oshgan bo`ladi. Download 369 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling