Abdunabiyeva Noilaning " Psixofiziologiya"
Download 369 Kb.
|
Neyronlar
Simpatik asab tizimi. Umurtqa pog`onasining ko`krak va bel qismlari-da asab tizimining hujayralarida orqa miyaning C8_L2 segmentlari orqa miyaning yon shoxlarida joylashgan. Bulardan preganglionar tolalar boshlanadi. Umurtqa pog`onasidan chiqqandan keyin nerv tolalari zanjir ko`rinishida umurtqa pog`onasi bo`ylab joylashadi va bir-biri bilan qo`shiladigan tugunlarda tugallanadi. Bu chegara ustuni deb ataladi. O`ng va chap tomondagi chegara ustunlari 3 ta bo`yin, 12 ta ko`krak, 5 ta bel, 4 ta dumg`aza va 1 ta dum simpatik tugunlardan tashkil topgan. Mana shu tugunlardan postganglionar tolalar chiqib ichki a`zolar, tomirlar, silliq mushaklar va bezlarga borib tugaydi. Bu bo`linish shuning uchun kerakki, har biri ma`lum qismlarni idora etadi.
1.Bo`yin simpatik tugunlari boshning soch qismlarini, vertebrobazillar qon tomirlarini idora etadi. 2.Ko`krak tugunlari ko`krak qafasi ichidagi a`zolar (o`pka, bronx, traxeya, yurak) ni idora etadi. 3. Qorin tugunlari qorin ichidagi a`zolar (jigar, oshqozon, taloq, ichaklar) ni idora etadi. 4. Chanoq tugunlari kichik chanoqdagi a`zolar (qovuq, bachadon, jinsiy a`zolar, to`g`ri ichak)ni nerv bilan ta`minlaydi. Simpatik asab tizimining vazifasi: ko`z qorachig`i va bronxlarni kengaytiradi, so`lak ajralishini kamaytiradi, tomirlarni toraytiradi, qon bosimini ko`taradi, yurak urishini tezlashtiradi, terlashni kamaytiradi, qondagi qand miqdorini ko`taradi, ichak harakatini kamaytiradi. Parasimpatik asab tizimlari quyidagi qismlardan iborat: 1.O`rta miya qismi – ko`z olmasini aylantiruvchi nerv yadrolari. Bularning qorachiqning torayishiga va akkomodatsiyaga aloqasi bor. 2.Miya ustuni uzunchoq miya qismi 9–10 juft nerv yadrolariga aloqasi bor. So`lak chiqishi, ko`zyosh oqishi, ta`m bilish a`zolarini nervlar bilan ta`minlaydi. Bu yadrolardan tolalar ko`krak va qorin bo`shlig`idagi barcha a`zolarga boradi. 3. Dumg`aza qismi S2_3 segmentlardan boshlanib, kichik chanoqda joylashgan a`zolarni parasimpatik nervlar bilan ta`minlaydi. Parasimpatik asab tizimining vazifasi: qon tomirlarni kengaytiradi, qorachiqni toraytiradi, yurak faoliyatini sekinlashtiradi, oshqozon-ichak harakatini, jigar, oshqozon-ichak bezlarining vazifasini kuchaytiradi, bronxlarni toraytiradi, siydik pufagi va yo`g`on ichakni bo`shatishda ishtirok etadi. Simpatik va parasimpatik asab tizimlarining faoliyati o`zaro ma`lum bir muvozanatda saqlanib, ichki a`zolar ishi va ichki jarayonlarning me`yorda kechishini ta`minlaydi. Download 369 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling