Abdunabiyeva Noilaning " Psixofiziologiya"


Download 369 Kb.
bet10/16
Sana13.04.2023
Hajmi369 Kb.
#1352010
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Neyronlar

Sezgining zararlanishi.
1. Nevritik xilida sezgi yo`qolishi, bunda alohida-alohida nerv sohasidagi sezgi yo`qoladi. Masalan, quymich nervi zararlanganda sonning orqa qismida sezgi yo`qoladi yoki son nervi zararlanganda sonning oldingi qismida sezgi yo`qoladi. 2. Polinevritik xilida sezgi yo`qolishi, polinevrit kasalligida, ya`ni ko`p
nervlarning yallig`lanishi natijasida paydo bo`ladi. Bu sezgi yo`qolishi qo`l va oyoqlarning pastki qismida, qo`llarda «qo`lqopsimon», oyoqlarda «paypoqsimon» sezgi yo`qoladi.
3. Segmentar xilida sezgi yo`qolishi; orqa ildiz, umurtqalararo tugunlar va orqa shoxlar zararlanganda sezgi yo`qoladi.
4.O`tkazuvchanlik xilida sezgi buzilishi. Bunda o`tkazuvchi yo`llar zararlanganda, sezgi buzilishi shu zararlangan joydan pastda bo`ladi. Orqa miyaning bel qismi zararlanganda pastda ikkala oyoqda sezgi yo`qoladi, bunga paraanesteziya deyiladi. Orqa miyaning ko`krak qismi zararlanganda qorin va bel sohalarida sezgining yo`qolishi va paraanesteziya bo`ladi. Orqa miyaning bo`yin qismi zararlanganda tetraanesteziya (ikki qo`l va ikki oyoqda sezgining yo`qolishi) va tanada ham sezgi yo`qoladi. Miya ustuni va ichki kapsula bir tomondan zararlanganda – gemianesteziya (tananing o`ng yoki chap tomonida sezgining yo`qolishi), qarama-qarshi tomonda o`tkazuvchanlik xilida sezgi yo`qoladi. 5. Bosh miya tepa qismi orqa markaziy egati va gulbog`i zararlansa, monoanesteziya (bitta qo`l yoki bitta oyoqda sezgining yo`qolishi) qarama-qarshi tomonda o`tkazuvchanlik xilida kuzatiladi.
Anesteziya – sezgining butunlay yo`qolishi, analgeziya – og`riq sezgisining yo`qolishi, termanesteziya – harorat sezgisining yo`qolishi, gipesteziya sezgining pasayishigiperesteziya – sezgining kuchayib ketishi, dizesteziya – sezgining buzilishi, masalan, taktil (ip va qil) taassurotni og`riq deb, sovuqni issiq deb his qilish, giperpatiya – kuchsiz ta`sirlarni sezmaydi, lekin bemor kuchli ta`sirlarga chidab bo`lmaydigan og`riq borligini aytadi, og`riqni qayerda ekanligini ko`rsatib bera olmaydi.
Paresteziya – bunda bemorlar badanida har xil uvishish, jimirlash, chumoli yurgandek holat paydo bo`ladi.

Download 369 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling