Abdunabiyeva Noilaning " Psixofiziologiya"
Download 369 Kb.
|
Neyronlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- IX juft til-halqum KBM nervi
- X juft adashgan yoki sayyor nerv.
- Zararlanishi.
Vestibular nerv – vestibular apparatiga aloqasi bor nerv quloq ichida gangliyalar bo`lib, dendritlari tashqaridan ta`sirlarni qabul qiladi. Aksonlar esa kalla suyagi orqali ichkariga uzunchoq miya va Vorolev ko`prigi chegarasidagi yadrolarda tugaydi. Shu joydagi yadrolar pastdan orqa miya bilan, tepadan ko`z olmasini harakatlantiruvchi nerv va miyacha hamda bosh miya po`stlog`i bilan bog`langan. Agar vestibular nerv zararlansa, bemorda vestibular ataksiya kuzatiladi. Bunda bemorda ko`ngil aynishi, bosh aylanishi, nistagm va muvozanatning buzilishi kuzatiladi.
IX juft til-halqum KBM nervi aralash nervlardan iborat bo`lib, harakat, sezuvchi va ta`m biluvchi tolalardan tuzilgan. Yadrosi uzunchoq miyada markaziy neyron o`z tomonidan yadrogacha va qarama-qarshi tomondan bog`langan. Yadrodan ikkinchi neyron boshlanib, miyadan oliva miyachaning pastki oyoqchasi orasidan chiqadi. Kalla suyagidan chiqib, bitta mushakni nerv bilan ta`minlaydi, bu mushak tomoqni ko`taradigan mushakdir. Bu nerv tilning orqa tomonidagi ta`mni sezadi. Tildan neyronlar boshlanib, uzunchoq miyadagi yadroda tugaydi. Tilning orqa tomoni achchiq va sho`rni sezadi. X juft adashgan yoki sayyor nerv. Harakat neyroni yadrodan boshlanib miyadan oliva miyacha oyoqchalari orasidan chiqadi,kalla suyagidan chiqib yumshoq tanglay mushaklarini, qizilo`ngach mushaklarini, ovoz bog`lamlarini nerv bilan ta`minlaydi. Bu nerv ichki a`zolardagi silliq mushaklar, bronxlar, qizilo`ngach, oshqozonichak, qon tomirlar, yurak-o`pka mushaklari, limfa bezlari, sezgi neyronlaridan boshlanib, uzunchoq miyadagi yadroda tugaydi. Zararlanishi. Disfagiya – yutinishning buzilishi, bemor yuta olmaydi. Afoniya – ovozning yo`qolishi, bemorda bundan tashqari, ovoz reflekslari hamda tilning orqasida ta`m bilishning yo`qolishi kuzatiladi. Bular bulbar falajligi deyiladi. Chunki kalla bosh miya nervlarining yadrosi zararlanganda, asosiy belgisi – yutinish refleksi yo`qoladi, til og`izdan chiqmaydi. Patologik reflekslar bo`lmaydi. Psevdobulbar falajlik yadrodan tepadagi markaziy neyron ikki tomonlama zararlanganda kuzatiladi. Bunda bemor yuta olmaydi, gapira olmaydi, lekin yutish reflekslari bo`ladi. Bulbar falajlik periferik asab tizimi zararlanganda, psevdobulbar falajlik esa markaziy neyronlar zararlanganda kuzatiladi. Download 369 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling