Abdunabiyeva Noilaning " Psixofiziologiya"
Download 369 Kb.
|
Neyronlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tug`ma shartsiz reflekslar
Toshkent viloyati angren shahar angren universiteti P.p 105-guruh talabasi Abdunabiyeva Noilaning “Psixofiziologiya” fanidan Mustaqil ish Mavzu:
Neyronlar Qabul qildi: Gaziyeva N Reja: 1. Reflekslar anatomiyasi, fiziologiyasi, zararlanishi va tekshirish usullari 2. Bosh miya nervlarining anatomiyasi , fiziologiyasi , zararlanish belgilari va tekshirish usullari 3. Sezgi tizimi anatomiyasi , fiziologiyasi , zararlanish belgilari va tekshirish usullari 4. Vegetativ asab tizimi anatomiyasi, fiziologiyasi , zararlanish belgilari va tekshirish usullari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Reflekslar anatomiyasi, fiziologiyasi, zararlanishi va tekshirish usullari Refleks degan so`z fanga birinchi bo`lib XVII asrda fizik olim Dekart tomonidan kiritilgan. Refleks so`zi akslanish yoki qaytarish degan ma`noni anglatadi. Goll refleks yoyining tuzilishini aytib o`tgan. Odamda refleks hosil bo`lishi refleks yoyiga bog`liq. Refleks ikki xil bo`ladi: shartli va shartsiz. Shartli reflekslar tug`ilgandan keyin paydo bo`ladi. Shartsiz reflekslar tug`ma reflekslar deb ataladi yoki shu reflekslar bilan odam tug`iladi. Shartsiz reflekslar deb organizmning tashqi va ichki ta`sirlarga asab tizimi orqali javob qaytarishiga aytiladi. Oddiy va murakkab shartsiz refleksfarqlanadi. Oddiy shartsiz reflekslar orqa miya faoliyati natijasida paydo bo`ladi. Murakkab shartsiz reflekslar esa miya ustuni va bosh miya yarimsharlarining po`stloqosti tugunlarida paydo bo`ladi. Har bir refleksning o`z reflektor yoyi bo`ladi Tug`ma shartsiz reflekslar ikkita katta guruhga bo`linadi: I. Y u z a k i r e f l e k s l a r, yuzadan chaqiriladi. Bu reflekslar o`z navbatida quyidagilarga bo`linadi: a) shilliq pardalardan chaqiriladigan reflekslar, ya`ni ko`z shox pardasi refleksi va konyuktival reflekslardir; b) yutish refleksi – bu refleksni chaqirishda tomog`ning tanglay qismiga shpatel tekkiziladi. Javob reaksiyasida qusish paydo bo`ladi; d)teri reflekslari – bu reflekslar teriga ta`sir qilish natijasida chaqiriladi; e) tuxum (kremaster) refleksi – bu refleks sonning ichki qismidan tepaga qarab ikki tomondan ta`sirlanadi. Natijada, o`ng yoki chap tomonga ta`sir ko`rsatilganda shu tomondagi tuxum yuqoriga ko`tariladi. II . C h u q u r r e f l e k s l a r g a suyak va paylardan chaqiriladigan reflekslar kiradi. A. Karporadial refleks (KR) – qo`ldagi suyakning boshchasidan chaqiriladi, reflektor yoyi C5_6. B. Pay reflekslari: qo`llarda bukilish refleksi (BR) – bilakdagi ikki boshli mushakning payidan chaqiriladi. Reflektor yoyi C5_6; qo`llarda yozuvchi reflex (TR) – bu refleks bilakdagi uch boshli mushak payidan chaqiriladi. Reflektor yoyi C7_8; tizza refleksi (PR) – bu refleks sonning 4 boshli mushagining payidan chaqiriladi. Reflektor yoyi L3_4; Axill refleksi (AR) – Axill payidan chaqiriladi, reflector yoyi L5 – S 1 (14-rasm). Sog`lom odamlarda reflekslar ikki: o`ng va chap tomondan chaqiriladi. Patologik reflekslar ikki xil bo`ladi: 1. Periferik asab tizimi kasallanganda reflekslar past bo`ladi (giporefleksiya) yoki yo`qoladi (arefleksiya). 2. Markaziy asab tizimi kasallanganda esa reflekslar yuqori bo`ladi (giperrefleksiya). Agar reflekslar chaqirilganda o`ng yoki chap tomonda yuqori yoki past bo`lsa (D > S ; D < S ), bu anizorefleksiya deb ataladi. Markaziy paralichlarda patologik reflekslar uchraydi. Ular ikki guruhga bo`linadi: 1.Yozuvchi patologik reflekslarga Babinskiy, Oppengeym, Gordon, Sheffer reflekslari kiradi. 2. Bukuvchi patologik reflekslarga Mendel – Bexterev, Jukovskiy, Rossolimo, Churayev kiradi. Bu reflekslar, asosan, oyoqlardan chaqiriladi (15-rasm). Download 369 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling