Abdunabiyeva Noilaning " Psixofiziologiya"


IV juft g`altaksimon KBM nervi


Download 369 Kb.
bet4/16
Sana13.04.2023
Hajmi369 Kb.
#1352010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Neyronlar

IV juft g`altaksimon KBM nervi. Bu nerv yadrosi o`rta miyada – S ilveyev suv yo`lining tagida joylashgan. Miya asosi va kalla suyagining tepa ko`z oralig`idan chiqib, bitta mushakni – tepa qiyshiq mushakni nerv bilan ta`minlaydi. Bu mushak ko`z olmasini pastga va tashqariga buradi. Markaziy neyron bosh miya po`stlog`ining peshana qismi oldingi markaziy egatidan boshlanadi. Pastga tushib, yana ichki kapsulaning tizzasidan o`tadi va yadroga kelib, o`z tomonidan va qarama-qarshi tomondan kelib tugaydi. Shuning uchun markaziy falajlanish bo`lmaydi.
Zararlanishi. Diplopiya faqat pastga qaraganda paydo bo`ladi, bu ko`zning ichkariga qarab qolgan g`ilayligi, u faqat pastga qaraganda, ayniqsa, bu narsa zinadan pastga tushayotganda ma`lum bo`ladi.
V juft uch shoxli KBM nervi aralash nervlardan tuzilgan bo`lib, harakat va sezishni bajaradi. Harakat qismi markaziy neyroni bosh miya po`stlog`ining oldingi markaziy egatidan boshlanib, ichki kapsulaning tizzasidan o`tadi va Vorolev ko`prigidagi yadrosiga kelib,
o`z tomonidan va qarama-qarshi tomondan kelib tugaydi, ya`ni yadrosi bosh miya po`stlog`i bilan ikki tomonlama bog`langan. Yadrodan ikkinchi periferik neyron boshlanadi. Kalla suyagidan tashqariga chiqib, chaynov mushaklarini nerv bilan ta`minlaydi.
Zararlanishi. Agar markaziy neyron bir tomonlama zararlansa, markaziy falajlanish bo`lmaydi, chunki yadrosi bosh miya po`stlog`i bilan ikki tomonlama bog`langan. Agar periferik neyron bir tomonlama zararlansa, shu tomonda chaynash buziladi, ikki tomonlama zararlansa, pastki jag` osilib qoladi.
Uch shoxli nervning sezgi qismi gangliya Gasserada birinchi neyron tanasi yotadi. Uchta katta dendritlari bor: ramus oftolmikus, ramus maksillaris, ramus mondibularus. Bular yuzni sezgi bilan ta`minlaydi. Aksoni esa ichkariga kirib, yadroda tugaydi. Bu yadro Vorolev ko`prigida joylashgan. Yadrodan ikkinchi neyron boshlanib, qarama-qarshi tomonga o`tadi va ko`z do`mbog`ida tugaydi. III neyron esa ko`z do`mbog`idan boshlanib, ichki kapsuladan o`tadi va miya
po`stlog`i tepa qismining orqa markaziy egatida tugaydi.
Zararlanishi. Birinchi shoxchasi zararlanganda shu joyda sezgi yo`qoladi. Qaysi shoxlarda zararlanish bo`lsa, shu joyda nevritik tipda sezgi yo`qoladi. Agar yadrosi zararlansa, unda segment xilida sezgi yo`qoladi. Yuzda halqasimon sezgi yo`qolishi kuzatiladi.

Download 369 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling