Abdunabiyeva Noilaning " Psixofiziologiya"


Download 369 Kb.
bet3/16
Sana13.04.2023
Hajmi369 Kb.
#1352010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Neyronlar

II juft ko`rish nervi. Ko`z tubidagi to`rsimon pardadan ta`sirlarni qabul qiluvchi retseptorlar bor. Tayoqchasimon retseptorlar oq-qora narsani qabul qiladi, kolbachalar esa rangli narsalarni qabul qiladi. Ganglioz hujayralar birlashib ko`z nervi bo`ladi va ular o`z tomonidan miya asosiga kiradi. Bu turk egari sohasigacha ko`ruv nervi deyiladi. Shu joyda faqat ichki tolalar kesishadi, tashqi tolalar esa kesishmaydi. Kesishmagandan keyingi yo`l ko`z yo`li deyiladi. Keyin bu tashqi tizzali tanacha va talamus yostiqchasida tugaydi. Tizzali yostiqchadan tolalar boshlanib, Groshale tutamini hosil qiladi va bosh miya po`stlog`i ensa
qismida tugaydi. II juft ko`rish va ranglarni ajratish uchun kerak. Za r a r l a n g a n d a. Agar ko`z nervi zararlansa, shu tomonda ko`z ko`rmay qoladi, bu amovroz deb, ko`zning kam ko`rishi ambliopiya deyiladi. Agar kesishgan joy va ko`rish yo`li zararlansa, unda gemianopsiya bo`ladi. Agar markaz kasal bo`lsa, ensa qismida ko`rish gallutsinatsiyasi, ya`ni yo`q narsalarni ko`rish paydo bo`ladi.
III juft ko`z olmasini harakatlantiruvchi nerv. Bu nerv yadrolari bir necha xil bo`ladi.
1.Yuqori qovoqni ko`taradigan nerv ko`taradigan mushakni nerv bilan ta`minlaydi.
2.Tepa to`g`ri mushak – ko`z olmasini tepaga va biroz ichkariga harakat qildiradi.
3. Medial to`g`ri mushak – ko`z olmasini ichkariga buradi.
4.Pastki qiyshiq mushak – ko`z olmasini tepaga va biroz tashqariga buradi.
5. Pastki to`g`ri mushak – ko`z olmasini pastga va ichkarigaburadi. Bu yadrolar katta hujayrali yadrolarga kiradi. Yana mayda hujayrali parasimpatik yadrolar bo`lib, bu yadrolardan nervlar chiqib, qorachiqni toraytiradigan mushakni nerv bilan ta`minlaydi. Juftsiz yadrosi bor parasimpatik qism esa, siliar mushakni nerv bilan ta`minlaydi. Bu mushak akkomodatsiya vazifasini bajaradi. Ill juft KBM nerv yadrolari o`rta miyada joylashgan, yadrogacha markaziy neyron bo`lib, u peshana qismining oldingi markaziy egatidan boshlanadi. Keyinchalik pastga tushib, ichki kapsulaning tizzasidan o`tadi va yadroga kelib, o`z tomonidan hamda qaramaqarshi tomonda tugaydi yoki yadrolar bosh miya po`stlog`i bilan ikki tomonlama bog`langan bo`ladi. Periferik nerv neyronlari esa yadrodan boshlanib, tashqariga – mushaklarga chiqadi va yuqorida
qayd etilgan mushaklarni nerv bilan ta`minlaydi.
Zararlanishi. Ptoz – ko`z yuqori qovog`ining tushib qolishi, g`ilaylik (ctrabizm) – ko`z olmasining tashqariga qarab qolishi, ekzoftalm – ko`z olmasining kasallangan tomonga chiqib qolishi, midriaz – ko`z qorachig`ining kengayishi, mioz – ko`z qorachig`ining torayishi, diplopiya – ko`zga narsalarning ikkita bo`lib ko`rinishi.

Download 369 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling