Abdunabiyeva Noilaning " Psixofiziologiya"


Download 369 Kb.
bet2/16
Sana13.04.2023
Hajmi369 Kb.
#1352010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Neyronlar

Babinskiy refleksi – oyoq kaftiga o`tmas igna bilan chizilganda bosh barmoq yuqoriga qarab bukiladi. Gordon refleksi – ikki qo`l orasida boldir mushaklari qisiladi,
bunda oyoqning bosh barmog`i yuqoriga qarab bukiladi. Oppengeym refleksi – katta va ko`rsatkich barmoq bukilgan holda boldir suyagi ustidan pastga qarab yurgiziladi. Shunda oyoq panjasining bosh barmog`i yuqoriga qarab bukiladi.
Rossolimo refleksi – shifokor qo`l bilan bemorning oyoq panjalariga urganda oyoq barmoqlarining hammasi pastga bukiladi.
Bosh miya nervlarining anatomiyasi , fiziologiyasi , zararlanish belgilari va tekshirish usullari
Bosh miya (KBM ) nervlarining yadrolari kalla suyagining ichida joylashgan bo`lib, 12 juft KBM nervlaridan iborat. Bu nervlar xarakteriga qarab sezuvchi, harakatlantiruvchi va aralash nervlarga bo`linadi. Sezuvchi nervlarga quyidagilar kiradi: I juft hidlov nervi, II juft ko`ruv nervi, VIII juft eshituv nervi; harakatlantiruvchi KBM nervlariga III juft ko`z olmasining harakatlantiruvchi nervi, IV juft g`altaksimon nerv, VI juft uzoqlashtiruvchi nerv, VII juft yuz nervi, XI juft qo`shimcha nerv, XII juft tilosti nervi yoki tilni harakatlantiruvchi nervlar. Aralash bosh nervlari 2 xil vazifani bajaradi, bular harakatlantiruvchi va sezgi vazifasidir. Bularga V juft uchlamchi nerv
yoki uch shoxli nerv, IX juft til-halqum nervi, X juft sayyor yoki adashgan bosh miya nervlaridir.
I juft hidlov nervi. Bu faqat sezgi nervi bo`lib, burun ichidan tepa qismidagi shilliq pardalardan, bu yerdagi neyroepitelial hujayralardan boshlanadi. Bu hujayralar hidlov hujayralari deyiladi. Retseptor sifatida hid qabul qilinib, aksonlari suyak orqali miya asosiga kiradi va bulbusni hosil qiladi. Keyin qadoqsimon tanani aylanib o`tib, bosh miya po`stlog`idagi chakka qismining gipokamp degan joyida tugaydi.
Z a r a r l a n g a n d a. Agar bemor burunning ikkita teshigi bilan hidni sezmasa, unda mahalliy kasalliklar – gripp, URVI , burun polipi va qiyshiqligini inkor etishimiz kerak. Agar burunning bir tomoni hidni sezmasa, unda kasallikni miya asosining zararlangan tomonidan izlash zarur. Bular bosh miya leptomeningiti, o`smalar, meningit va boshqa kasalliklarda kuzatiladi. Agar bosh miya po`stlog`i zararlansa, unda hidlov gallutsinatsiyasi bo`ladi, ya`ni yo`q hidlarni sezish.

Download 369 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling