Abdusaitova maftuna sadriddin qizining bitiruv malakaviy ishi mavzu: ertak va topishmoqlar vositasida
Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi
Download 451.93 Kb.
|
BITIRUV M.I. ABDUSAITOVA MAFTUNA
Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, har bir bobda ikkitadan qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati, ilovalardan iborat.
1-BOB. XALQ OG`ZAKI IJODI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA NUTQINI O`STIRUVCHI VOSITA 1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining shakllanishi haqida tushuncha Maktabgacha ta’limning asosiy vazifasi bolalarni maktabda ta’lim olishga tayyorlashdan iboratdir, ya’ni bolalar maktabgacha ta’limda aniq bilimlarnigina emas, fikrlash ko`nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat ko`rsatishi talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq orqali to`g`ri ifodalashi o`zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega bo`lishi zarur. Bu vazifani bajarishda, albatta, MTTlarida nutq o`stirish mashg`ulotlarining o`rni, ahamiyati kattadir. Chunki til kishilarning o`zaro aloqa vositasi bo`lib, u barcha kishilar uchun baravar, teng xizmat qiladi, shu bois til ijtimoiy hodisa bo`lib, jamiyat taraqqiyotidagi o`zgarishlar, yangilanishlar tilda o`z aksini topadi. Til birliklari nutqni hosil qiladi, ya’ni har bir inson o`z fikrini boshqalarga til orqali, til birliklari orqali bayon qiladi, boshqalari fikrini til orqali egallaydi, tushunadi. Ya’ni nutq tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar haqidagi fikr mulohazalarni boshqalarga yetkazishdir. Shuning uchun til va nutq inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’limda nutq o`stirish, nutq o`stirish usullarini bilish, har bir yosh guruhda bolalar nutqini o`stirish vazifalarini to`g`ri hal etish imkonini beradi, bolalarni maktabga tayyorlash vazifasining bajarilishini ta’minlaydi. O`zbek tili qadimiy til sifatida taraqqiy etgan, jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida jamiyat a’zolari uchun xizmat qilmoqda. Respublikamiz mustaqilligi o`zbek tili taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etdi, tilimiz mustaqillikning mohiyatini ifodalash, ta’lim tizimining barcha bosqichida ona tili ta’limini takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Maktabgacha ta’limda bolalar nutqini o`stirish ularga ona tilini amaliy o`rganish demakdir. Dastavval «nutq» tushunchasiga murojaat qilamiz. Nutqqa nisbatan ilmiy tadqiqot obyekti sifatidagi umumiy yondashuvlarni tahlil qilish psixik rivojlanishning barcha jihatlarini tushunish uchun o`rganilishi favqulodda muhim bo`lgan ushbu hodisaning o`ta murakkabligi va ko`p qirraliligi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. «Nutq o’ziga xos faoliyat sifatida boshqa faoliyat turlari bilan bir qatorda turmaydi, u psixologik rivojlanish jarayonida markaziy o`rinni egallaydi…» (A.N.Leontev). Tilni turli nuqtai-nazardan tavsiflovchi mazkur yondashuvlarni taqqoslash orqali nutqning ilmiy o`rganish obyekti sifatidagi umumiy xususiyatlarini ajratish mumkin. Nutq - bu tilni ishga solish jarayonidir (I.A.Zimnyaya, V.M.Solnsev). Subyektning nutqiy faoliyati ichki vosita va uni amalga oshirish usullari sifatida til va nutqni o`z ichiga oladi. Nutq - bu psixik hodisa, kishilarning shaxslararo o`zaro muayyan hamkorligi sharoitida rivojlanadigan, individual xususiyatlarga ega bo`lgan shaxs mulkidir. U tildan farqli ravishda ijtimoiy-tarixiy sharoitlarda rivojlanadigan xalq ijtimoiy mulki hodisasidir. Lingvistika, psixofiziologiyaga doir ishlar zamonaviy tadqiqotlarda nutq semantikasi masalasi birinchi o`ringa qo`yilishi (T.N.Ushakova, A.M.Shaxnorovich), ushbu muammolar bo`yicha sinov ishlanmalariga qiziqish ortib borayotganligi haqida so`z yuritish imkonini beradi. Nutqni tushunish borasida yuqorida bayon qilingan fikrlar va tavsiflardan kelib chiqqan holda «Nutqni rivojlantirish» tushunchasiga murojaat qilamiz. «Nutqni rivojlantirish - bu oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga o`tishdan iborat bo`lgan o`zgarish; miqdoriy o`zgarishlarning asta-sekin yig`ilishi sifat o`zgarishlarining yuz berishiga olib keladigan jarayondir». Bolalarga ona tilini o`rgatish va ularning nutqini rivojlantirishga doir ishlar maktabgacha tarbiya tashkilotidagi ta’lim-tarbiya ishlari ichida alohida o`rin tutadi. Ushbu ishning maqsadi quyidagilardan iborat: bolalarga nutqiy muloqotning muhim shakli - og`zaki nutqni adabiy til me’yorlariga muvofiq holda egallashni, to`liq ko`rinishda esa tushunish va faol nutqqa kirishishni o`rgatish. Mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda, maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish borasidagi vazifalar quyidagilar hisoblanadi: nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash; lug`atni boyitish, mustahkamlash va faollashtirish; nutqning grammatik to`g`riligini takomillashtirish; og`zaki (dialogik) nutqni o`rgatish; ravon nutqni rivojlantirish; badiiy so`zga qiziqishni tarbiyalash; savod o`rganishga tayyorlash. Nutq va muloqot masalalarini, maktabgacha davrdagi bolalikning barcha yosh bosqichlarida ushbu yo`nalishdagi pedagogik ishlardan ko`zda tutilgan vazifalarni batafsil ko`rib chiqamiz. Maktabgacha ta’limda bolalarning nutqini o`stirishdagi vazifalar quyidagilardan iborat: 1. Bolalar bog`lanishli nutqini o`stirish. 2. Bolalar lug`atini boyitish. 3.Nutqning grammatik tomonini tarbiyalash, so`zlarning gapda o`zaro birikishi va gap hosil qilish uchun zarur bo`lgan turli grammatik shakllar, qo`shimchalardan foydalanishni o`rgatish. 4. Nutqning tovush tomonini tarbiyalash, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutq tovushlarini to`g`ri talaffuz qilish, ovoz-ohangni tushunish, nutqiy nafas olishni to`g`ri bajarishni shakllantirish. 5. Maktabgacha ta’limda bolalarning nutqni tushunish, tinglash malakalarini shakllantirish, kattalarga nutq orqali murojaat qilish, dialogik va monologik nutqini o`stirish, hikoya tuzishga o`rgatish. 6. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish, badiiy asarlar, ertak, hikoyalarni o`rganish, kitobga bo`lgan muhabbatni shakllantirish, asar mazmunini tushunish, obrazlar xususiyati, nutqini ajrata bilishga o`rgatish. 7. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash. Maktabgacha ta’limda bolalar nutqini shakllantirish, bolalarda insonlar bilan o`zaro muloqot, muomala qilishga o`rgatishdir. Maktabgacha yoshdagi bolalar 2-3 ming so`z boyligiga ega bo`lish va undan foydalanish, eshitganlarini so`zlab berish, ko`rganlari haqida aytib berish, suratlarga qarab ularning mazmuni bo`yicha hikoya tuzib, gapirib berish, asosiy tayanch so`zlar yordamida hikoya tuzishga o`rgatiladi. Shuningdek, nutqning ifodaliligi, nutq tovushlarini to`g`ri, aniq talaffuz etish, tilning grammatik shakllaridan nutqda to`g`ri foydalanish, badiiy asarni tinglash, tushunish, mazmunni eslab qolish va so`zlab berish, asar qahramonlari nutqi xususiyatlarini ajrata bilish, obrazli bayon etish kabi amaliy intellektga ega bo`lishni rivojlantiradi, maktabga nutqiy jihatdan tayyorlaydi. Bu vazifalarni bajarishda nutq o`stirish metodikasi o`zining metodologik asosi bo`lgan pedagogika fani yutuqlariga, g`oyaviy-nazariy asosi bo`lgan milliy g`oya va milliy mafkuramiz tamoyillariga asoslanadi. Shuningdek, nutq o`stirish metodikasi maktabgacha ta’limda nutq o`stirishni tashkil etishda ilg`or pedagoglarning amaliy tajribalari, tajriba-sinov natijalari, ilmiy- usulik adabiyotlarda tavsiya etilgan fikr-mulohazalarga asoslanadi, natijada yaxshi vazifalarni, muammolarni va tavsiyalarni chuqur talqin etadi, eng maqbulini ta’limga joriy etadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida nutqni rivojlantirish mashg`lotlari kichik guruhda haftada 1 marotaba, o`quv yili mobaynida 36 marotaba; o`rta guruhda haftada 2, o'quv yili mobaynida 72 marotaba; katta guruhda haftada 2, o`quv yili mobaynida 72 marotaba; tayyorlov guruhlarida haftada 1, o`quv yili mobaynida 36 marotaba o`tkaziladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining shakllantirishda bolaning imkon doirasidagi va undan tashqaridagi nutq vositalari bilan faol muloqotga kirishish, kattalarning savollariga va takliflariga javob berish, o`z istak-xohishlarini, hissiyotlarini, fikrlarini ifoda qilgan holda tashabbus ko`rsatib fikr bildirishga intilishini qo`llab-quvvatlash; tengdoshlari ishlariga qiziqishini, o`z taassurotlarini ular bilan o`rtoqlashishni istashini, o`yin harakatlarini, ro`y berayotgan hodisaga munosabatini nutq bilan ifodalashga qiziqishini rag`batlantirish; shaxsiy tajribadan kelib chiqqan holda bolaning o`ziga yaqin mavzular bo`yicha, hayvonlar hayoti, transport (shahar) haqida vaziyatdan tashqari muloqot qilishga, bolalarni buyumlar, ularning harakati va sifatini belgilash uchun so`zlardan foydalanishga undash; lug`atni so`zlar bilan - kishilar, o`simliklar, oziq-ovqatlar, kiyim-boshlar, mebellar, uy hayvonlari va ularning bolalari, o`yinchoqlarning nomlari bilan, buyumlar qismlarining nomlari (ko`ylak yengi va yoqasi; mashina kuzovi va g`ildiriklari) bilan boyitib borish; o’yinlarda bolalarga harakatlarning so`zdagi ifodasini o`z ifoda harakatlari va o`yinchoqlar harakatlari bilan taqqoslashni o`rgatish; nutqning grammatik qurilishi; bildirilgan fikrlarni grammatik rasmiylashtirishni, ya’ni so`zlarni o`zgartirish (soni, kelishigi va vaqtiga qarab), ularni gapda kelishtirish, kichraytiruvchi-erkalovchi nomlarni, tugallangan va tugallanmagan fe’llarni vujudga keltirishni o`zlashtirish; nutqning tovush madaniyati; bolalarga unlilarni va oddiy undosh tovushlarni to`g`ri talaffuz etish; tovushga taqlid qilishga oid so`zlardagi tovushlar bilan mustaqil o`yinlarni va o`yin harakatlarini turli xil tovushlar bilan kuzatib borish; tovush taqlidiga qarab personajlarni tanib olishga o`rgatiladi. Nutqning grammatik qismining shakllanishi va rivojlanishi 3-5 yoshga to`g`ri keladi. Bolalar so`zlarni shakllantirishni kattalar nutqidan ko`chiradilar va intuitiv ravishda ushbu qoidalarga muvofiq nutqni o`zlashtirishga harakat qilishadi. "Nutq, muloqot, o`qish va yozish malakalari" sohasidagi o`quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so`ng 6-7 yoshli bola: • nutqni eshitadi va tushunadi; • o`z nutqida to`g`ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap konstruksiyalaridan foydalanadi; • ikkinchi tilni o`rganishga qiziqish namoyon qiladi; • ikkinchi tilni egallash bo`yicha dastlabki bilimlarini ko`rsatadi; • badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi; • so`zning lug`aviy, bo`g`inli va fonetik tuzilishi to`g`risida tasavvurga ega bo`ladi; • turli ma`no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so`zlab berishni biladi; • yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi. Download 451.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling